23-yanvar kuni Qozog'istonning Astana shahrida qozog'istonliklar osmonda uchta quyoshni ko'rishdi.
Qozog'istonliklar Qozog'istonning Ostona shahrida 23-yanvar kuni tabiatda juda ham kam uchraydigan bir paytning o'zida osmonda uchta quyosh ko'rinishidagi galo hodisasiga guvoh bo'lishdi deb xabar beradi daryo.uz telegram kanali.
Galo hodisasi- bu, g'ayrioddiy tabiat hidisasi bo'lib, odatda, quyosh va oy atrofida, ba'zan esa ko'cha chiroqlari kabi boshqa kuchli yorug'lik manbalari atrofida ko'rinadi. Galoning ko'p turlari mavjud va ular yuqori troposferada 5-10 km balandlikda asosan, patsimon bulutlardagi muz kristal zarralari bilan bog'liq bo'ladi. Galo turlari patsimon bulutlari kristallarining shakli va joylashganligiga bog'liq. Patsimon bulutlardagi kristal muz zarrachalar kuchli yoruqlik ta'sirida atrofida yorqin yoy shaklidagi kamalakrang hodisani vujudga keltiradi. Galo quyoshning ufqqa botishi davrida juda chiroyli ko'rinadi. Ya'ni bunda quyoshning yorug'ligi ta'sirida bulutning muz krustallariga urilib qaytgan nuri kuchli yorug'lanadi. Bu nur, ko'zimizga yana bitta quyosh ko'rinishida namoyon bo'ladi. 23-yanvar Ostona shahri aholisi aynan shu turdagi Galo hodisasiga guvoh bo'lishgan. Ufqdan ancha uzoqdagi kichik va yirik galolarning unchalik yorqin, aniq namoyon bo'lmaydi.
Ba'zan shamolli havoda galo yer yuzasiga juda yaqin bo'lgan kristallarda shakllanadi. Bunday holda, kristallar yorqin qimmatbaho toshlarga o'xshash (almaz chang deb ataladi) hodisani, quyosh ufqdab yetarlicha past bo'lsa, atrofdagi landshaft fonida galo pastki qismini ko'rish mumkin.
Batafsil- http://dy.uz/sx1Yz
Meteorolog: Abdulaxatov E.I