Italiyada global iqlim o'zgarishi - hududlarda zaytun hosilini kamayishiga olib kelmoqda.
Italiyada 2018-yil oxirgi 25 yillikdagi mamlakatda eng yomon zaytun hosildorligi yili bo'ldi. Natijada, davlat zaytun mevalarini qo'shni davlatlardan import qilishiga to'g'ri keldi.
Professor Flik Omar Barif fikricha, Ekstremal ob-havo hodisalari Italiyada zaytun hosili kamayishining asosiy omiliga aylandi. Meva hosilining 57% gacha kamayishi Rimda hatto noroziliklarga sabab bo'ldi. The Guardian gazetasi ma'lumotiga ko'ra, O'rta Yer dengizi mintaqasida joylashgan zaytun daraxtlari xavfli ob-havo hodisalari tufayli, nafaqat zararlanmoqda, balki, hosili ham yo'qolmoqda. Buning asosiy sababi, erta bahorda yog'ingarchilikning ayrim holatlarda qor ko'rinishida yog'ishi, shamol va yozda kuchli qurg'oqchilik kunlarining ko'payib ketishidir.
Bundan tashqari, olimlar global iqlimning afzalliklarini ham qayd etdilar. Yevropa-O'rta Iqlim o'zgarishi markazi direktori Rikkardo Valentini fikricha: "Bunday ekstremal ob-havo hodisalari hosildorligi ortib borayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish samaradorligini kamaytirishning asosiy omiliga aylanganligi kuzatishlardagi aniq namoyon bo'lmoqda" deydi. " Bahor faslida O'rta Yer dengizi mintaqasidagi sovuq kunlar biz uchun anomaliyadir. Har qanday holatda ham, bu ekstremal ahamiyatga ega va iqlim o'zgarishi senariyalari bo'yicha oldindan shunday prognoz qilingan edi", deya qo'shimcha qildi u.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqlim o'zgarishi bo'yicha hukumatlararo guruhi (IPCC) ning bir nechta ma'ruzalari hozirda atmosferadagi o'zgarishlar aniq iqlim o'zgarishining asosiy natijasi ekanligini ko'rsatmoqda. "Biz kelajakda bunday xavfli hodisalar va anomaliyalar bundanda ko'proq bo'lishini hozir ham bemalol oldindan ayta olamiz" deydi Valentini. Olimlar muzliklar erishi tezlashishini qayd etmoqdalar, uning zararli oqibatlari nafaqat, shimoliy mintaqalar, balki Italiyada ham kuzatilmoqda. Yevropa komissiyasi 2018-2019 yillarda boshqa mamlakatlarda ham zaytun hosili kamayishini taxmin qilmoqda. Portugaliyada ular 20 foizga, Gretsiyada esa 42 foizga kamayishi kutilmoqda. Sanoat bilan bog'liq manbalarda esa, bu qiymatlar yanada yomonlashishi mumkin deb taxmin qilinmoqda.
Meteorolog: Abdulahatov E.I