Global iqlim o‘zgarishi teri kasalliklarini yuzaga keltiruvchi zararkunanda hashorotlarning ko‘payishiga olib bo‘ladi.
Yevropa Yuqumli kasalliklar va Klinik Mikrobiologiya kongressi ma'lumotiga ko‘ra, Dengiz isitmasi, ensefalit, chikungunya va leishmaniaz kabi hashorotlar hududlarda tez tarqalib, katta maydonni qoplashni davom etmoqda. Ushbu tendentsiya sayyoramizdagi haroratning ko‘tarilishi bilan bog'liq. Bu hashorotlar uchun yanada qulay sharoit yaratishga olib kelmoqda.
Olimlar, Shimoliy Yevropada muqaddam mavjud bo'lmagan joylarda ham hashorotlar keltirib chiqarayotgan kasalliklarning epidemiyalarini kuzatdilar. Kasallik tarqalishining qulayligi nafaqat issiq-nam havo, balki xalqaro sayyohlik va savdo globallashuvining ko'payishi ham sabab bo‘lmoqda. Natijada hashoratlar katta masofani bosib o'tib, ilgari ma'lum bo'lmagan hududlarga bemalol kirib kelish holatlari kuzatilmoqda.
Uzoq muddatli issiq mavsum vektor kasalliklari tarqalishini oshirmoqda hamda tropik infeksiyalarning keng maydonda tarqalishiga olib keladi.
Iqlim o'zgarishi chivin infektsiyalarini faol ravishda ko'payishi va tarqalishiga sabab bo‘lmoqda. Shunday qilib, so'nggi o'n yil ichida Gresiyada bezgak epidemiyasi, Xorvatiya va Fransiyada dengiz isitmasi, Italiya va Fransiyada chikungunya viruslari, shuningdek, janubi-sharqiy Yevropadagi G'arbiy Nil pashshasi kabi kassallik keltiruvchi faol hashorotlarning ''o‘choq''lari qayd etildi.
Past havo haroratlari pashsha lichinkalari va tuxumlari uchun halokatli, ammo global isish har xil kasalliklarni ko‘p miqdorda katta maydonda yoyilishiga imkon beradi.
Shunga o'xshash tendentsiya kasalliklar turlari orasida ham namoyon bo'ladi. Issiq-nam iqlim hamda qish mavsumlarining iliq kelishi kasalliklarning ko‘payishiga olib keladi.
Iqlim o'zgarishi 2060-yillarning oxiriga qadar janubiy Yevropada pashshalar haddan tashqari ko‘p miqdorda tarqalishiga olib keladi.
Manba- https://racurs.ua/newsamp/120720-globalnoe-poteplenie-privedet-ko-vspyshkam-transmissivnyh-zabolevaniy-uchenye.html
Meteorolog: Abdulaxatov E.I