1946-yilning 27-dekabrida Toshkentshahrida ziyoli oilasida dunyoga kelgan. Toshkent Davlat Universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy Universiteti)ning jurnalistika fakulteti kechki boʻlimida oʻqib, kunduzi qurilish ishlarida qatnashgan. 1966-yildan beri Oʻzbekiston radiosida, gazeta va jurnallar tahririyatida, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasida, nashriyotlarda faoliyat yuritgan. Hozirgi kunda „Sharq“NMAK Bosh tahririyatida muharrir.