March 4, 2025

"Qalbi singanlarga" kitobidan iqtibos

Qazoga rozi bo‘lishdan, Allohga nisbatan odob chegarasida turishdan ko‘ra Allohga suyukliroq ish yo‘q. Banda qanchalar og‘ir sinovlarga uchramasin, baribir bandadir. Alloh qanchalar og‘ir sinovlar yubormasin, Robbimizligicha qolaveradi. Qul o‘z sayyididan rozi bo‘lishi kerak. Qalbida mana shunaqa iymon o‘rnashganlargina Allohga yetishgan!
 
Bir a’robiyning lalmi-suvsiz yeri bor edi, unda ekin ekib tirikchilik qilardi. Ekinlari bo‘y cho‘zgan davrda ofat tushib ekinlarga talafot yetkazdi. A’robiy qo‘llarini osmonga ko‘tarib dedi: «Ey Robbim! Nima qilsang qilaver. Rizqimni beradigan O‘zingsan!»
 
Bir a’robiy ayolning qo‘ylarini chaqmoq urdi. Birorta qo‘yi qolmadi. Ayol dedi: «Mendan chetlab, qo‘ylarim tomon o‘tib ketgan musibat hamd aytishga munosib musibatdir. Ey Robbim! Senga shukrlar bo‘lsin!»
 
Bu dunyo sinov, qayg‘u va mashaqqat dunyosidir. Bunda olish ham bor, yo‘qotish ham bor. Bunda salomatlik ham bor, bemorlik ham bor. Bunda omonlik ham bor, xavf ham bor. Bunda yetishish ham bor, ajralish ham bor. Saodatli inson mana shu holatlarning barida Alloh bilan birga bo‘lgan insondir. U boshiga yaxshi ko‘radigan holati kelsa shukr qiladi, yoqimsiz holatlar kelsa sabr qiladi!
 
Allohning qadariga rozi bo‘ling. Norozilik uni o‘zgartira olmaydi. Norozilik sabab sizga dunyodagi alam va oxiratdagi ziyon jamlanadi!
 
Ko‘p bemorlarni ziyorat qildim. Ular shunaqangi shukr qilishadiki, o‘zingizdan uyalib ketasiz. Ammo bir voqeani unuta olmayman. Qachon esimga tushsa, qalbim alamdan qiynaladi. Bir qari insonni ko‘rgani bordim. U kishini chiroyli so‘zlar bilan sabrga chaqirdim. Alloh taolo baloga mubtalo bo‘lgan bandasini yaxshi ko‘rishini aytdim. Shunda u kishi dedi:
– Yo‘q, do‘stim, bu chala muhabbat!
U kishi bir necha kundan so‘ng vafot qildi. Men Allohning ishiga aralasha olmayman. O‘zi biladi nima qilishni. Uning rahmatidan umidvor bo‘lib haligi kishini mag‘firat etishini so‘rayman. Ammo banda taqdiridan norizo holda Robbiga yo‘liqishi musibatdir!

🚗 Oʻzbekiston boʻylab yetkazib berish xizmati mavjud!

✉️ • Xarid qilish uchun:
✍🏻 @Falaq_nashr_admin
+998771919131 | +998771919141

@Falaqnashr