Falaq nashriyoti
@falaqnashr
2 posts

"Qalbi singanlarga" kitobidan iqtibos

Ezop o‘zining masallaridan birida shunday deydi: «Eman daraxti qamishga aytdi: – Namuncha zaifsan?! Bitta chumchuq ustingga qo‘nsa, egilib ketasan. Yengil shabada essa, boshing qiyshayadi. Mana, menga qara, qanday mustahkam turaman. Quyosh nuri bilan kurashaman. Shamolni yengaman. Sen uchun bo‘rondek bo‘lgan shamol men uchun yengil shabadadir. Menga hech kimning kuchi yetmaydi! Qamish Emanga dedi: – Men shamoldan sendek qo‘rqmayman. Shamol esganida o‘tib ketishi uchun egilib turaman. Sen tik turganing uchun shoxlaring sinib ketadi! Qamish gapini tugatar-tugatmas bir shamol keldi. U yana boshini egdi. Emanning esa shoxlari birma-bir sinib tusha boshladi». Bu hikoyani o‘qishim bilan xotiramga Nabiy sollallohu alayhi vasallamning: مَن...

"Qalbi singanlarga" kitobidan iqtibos

Qazoga rozi bo‘lishdan, Allohga nisbatan odob chegarasida turishdan ko‘ra Allohga suyukliroq ish yo‘q. Banda qanchalar og‘ir sinovlarga uchramasin, baribir bandadir. Alloh qanchalar og‘ir sinovlar yubormasin, Robbimizligicha qolaveradi. Qul o‘z sayyididan rozi bo‘lishi kerak. Qalbida mana shunaqa iymon o‘rnashganlargina Allohga yetishgan! Bir a’robiyning lalmi-suvsiz yeri bor edi, unda ekin ekib tirikchilik qilardi. Ekinlari bo‘y cho‘zgan davrda ofat tushib ekinlarga talafot yetkazdi. A’robiy qo‘llarini osmonga ko‘tarib dedi: «Ey Robbim! Nima qilsang qilaver. Rizqimni beradigan O‘zingsan!» Bir a’robiy ayolning qo‘ylarini chaqmoq urdi. Birorta qo‘yi qolmadi. Ayol dedi: «Mendan chetlab, qo‘ylarim tomon o‘tib ketgan musibat hamd...