January 29, 2019

Suv haqida ilmiy faktlar

Suv ajoyib modda ekanligini ilm-fan tasdiqlaganiga kam vaqt bo’lmadi. Uning bir qarashda oddiy bo’lib ko’ringan tarkibiy tuzilishi hozirgi vaqtgacha ko’p sirlarni o’zida saqlab kelmoqda. Hozirgi vaqtga qadar har kuni suv haqidagi oldingi tasavvurlarni rad etuvchi yangi ajabtovur faktlar ochilmoqda. Suv haqidagi ayrim ilmiy tomondan faktlar sizning ushbu ajoyib modda haqidagi tassavvuringizni boyitishga hizmat qiladi.

Sovuq suvga qaraganda issiq suv tezroq muzlaydi.
Hech qanday aralashmasiz, mutlaq shaffof suv 0 C dan past haroratda muzlaydi.
Olimlar suvning suyuq fazasida 5 va muzlaganida esa – 14 holatga ajratadilar.
Suvni aralashmasiz -120 C gacha muzlatilganda egiluvchan substantsiyani hosil qiladi, -135 C dan past haroratgacha muzlatilganda esa shishaga o’xshash kristal reshotkasiz qattiq amorf moddaning hususiyatiga ega bo’ladi.
Barcha suyuqliklar orasida suvning issiqlik sig’imi eng yuqori hisoblanadi.
Tabiatda suv toza (H2O) ko’rinishda uchramaydi, chunki universal erituvchi hisoblanganligi sababli uning tarkibida turli moddalarning eritmasi mavjud bo’ladi.
Suv mutlaqo siqilish hususiyatiga ega emas, ammo temperatura o’zgarishi bilan suvning zichligi ham o’zgaradi.
Suv – suyuq holatdan qattiq holatga o’tayotganida — hajmi oshadigan ma’lum bir moddalardan biri hisoblanadi.
Tarkibida oqsil moddasi bo’lgan hayot shakllari suvsiz hayot kechirolmaydi (mavjud bo'lmaydi).
Suvning eng yuqori zichlik ko’rsatkichi +4 C haroratda kuzatiladi.
Suv 0 C dan yuqori haroratda ham muzlashi mumkin.
Suv faqat Quyosh nurining faqat ko’rinadigan spektorlarini o’tkazadi, infroqizil nurlar va radiatsiyalarni esa yutadi.