February 4, 2019
Global muammoning ayanchli muhri (foto)
Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda 2,1 milliard inson uy sharoitida xavfsiz ichimlik suvisiz yashaydi, bu esa ularning sog‘lig‘iga, ta’lim olishiga va yashashiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Quyidagi fotojamlanma ushbu global muammoning ayanchli oqibatlarini yaqqol namoyon etadi...
Suvni asrang!
Hindistonning Gujarot shtatidagi katta quduq suviga navbat.
Hindiston. Toza suv ilinjida.
Notoza suvdan yuqqan infeksiya oqibatida dunyoda har daqiqada bitta inson nobud bo‘ladi.
Keniyada ichimlik suvini botqoqlikdan olishadi.
Hindiston. Kalkuttada ayrimlar uchun tong shunday boshlanadi.
Yaman. Uzoqdagi quduqdan suv olib kelish uchun ko‘proq idish olvolish kerak.
Sahroda urug‘ qadasang. Dehqon ekinni chelakda suv tashib sug‘ormoqda.
Mumbayda suvni ko‘lmakdan olish mumkin. Faqat poyezd urib yubormasa bo‘ldi.
Mumbay xarobalari. Ichimlik suvi «qirg‘oq»ning narigi tarafida.
Chuqurroq kavla. Suriyada aholi quduq qazimoqda.
Hindiston. Ahmadobodda suvga navbat.
Kep qoling, suv keldi! Peru.
Pokistondagi qo‘lbola suv nasosi.
Myanma. Yomg‘ir suvi — ichish uchun yaxshi tanlov.
Taslim bo‘lma. Nepaldagi suvi qurib borayotgan quduq.
«Menga alam qilar, tilla baliqcha Bir ko‘lmak hovuz deb bilar dunyoni…» (s)
«Juda badbo‘yku!» Iroq.
Chanqoq. Efiopiya.
Topilgani shu ko‘lmak. Janubiy Sudan.
Hovuz quridi. Xitoy.
Yamun (Nyu-Deli) daryosi. Yo‘q, bu qor yoki muz emas, ifloslanishdan paydo bo‘lgan ko‘pik.
Xitoy provinsiyasidagi quduq.
Qizcha ko‘lmakdan amallab suv yig‘di. Janubiy Sudan.
Suriya. Bolakaylar Aleppo vayronalarida suv tashishmoqda.
Suv mashaqqati. Myanma.