Suv – hayot manbai
Tabiatda yaratilgan barcha ne’matlar juda mukammal yaratil-gan.Ayniqsa suv juda ajoyib bir mo’jizaning o’zginasi.
Ko’pincha ayrim insonlar bu ne’matni qadriga yetmaydi. Ayrim davlatlarda bu ne’matga zor insonlar va bu ne’matga yetisha olmay, to’yib-to’yib icha olmaydiganlar ham bor.
Biz tabiatning beminnat ne’matlariga to’la go’zal yurtda yaщayotganligimizga yana bir bor shukronalar keltiramiz.
Suv organizm hayot faoliyatining barcha jarayonlarida ishtirok etadi.
Suv inson va hayvon organi-zmining 2/3 qismini tashkil etsa, o’simlik organizmlarining bundan ham ko’prog’ini tashkil etadi.
Katta yoshdagi odamlar uchun bir kunda o’rtacha 1,8-2,2 litr suv kerak bo’ladi. Inson o’z extiyoji uchun zarur bo’lgan suvning yarmini oziq – ovqat mahsulotlari hisobiga, qolgan qismini esa ichimlik suvi va boshqa suyuq ichimliklar hisobiga oladi.
Ba’zi mahsulotlar tarkibida suvning miqdori juda kam. Shakar va qandda suvning miqdori 0,1%dan 0,4 %gacha,o’simlik va hayvon yog’larida 0,2%dan 1,0%,quritilgan sut va choyda 0,5%dan 7,0 %gacha, o’simlik va hayvon yog’larida 0,2% dan 1,0 % gacha bo’ladi.Un va makaron mahsulotlarida, quritilgan meva sabzavot mahsulotlarida, g’alla don mahsulotlarida 12-17% uchraydi.
Ba’zi oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy tarkibini suv tashkil qiladi.
Ho’l meva va sabzavotlarda 65%-96% gacha, sutda 90%,baliqda 84%, hayvonlar go’shtida 74%gacha bo’ladi.
Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va saqlanish muddati faqatgina ularning tarkibidagi suvning miqdori bilangina o’lchanmay, balki suvning mahsulot tarkibida qanday holatda uchrashi bilan ham o’lchanadi.
Oziq-ovqat mahsulotlarida suv qancha ko’p bo’lsa ularning kaloriyaligi shuncha kam, tez buziluv-chan bo’ladi va kam saqlanadi. Masalan, qand pechene, un, yorma, makaron mahsulotlari tarkibida suv miqdorining belgilangan normadan oshishi sifatning pasayishiga, ta’mning o’zgarishiga va mog’orlanishiga olib keladi.Oziq ovqat mahsulotlarining nam tortish xossasi yoki namligini yo’qotishi ularning kimyoviy tarkibiga,saqlanayotgan joyining harorati va havoning nisbiy nam-ligiga ko’p jihatdan bog’liqdir. Buning uchun doimo havoning nisbiy namligini o’lchab turilsa maqsadga muvofiqdir. Tabiatda hamma ne’matlarning asrab avaylab, ularni ehtiyotlab berilgan elementlarini saqlangan xolatda, tabiiyligicha ehtiyotlab ishlatish insonlarning o’ziga bog’liq.