18 ta kutilmagan holat yugurishni sevadiganlar bilan sodir bo‘ladi Yugurish – yo‘qotilgan kilogramlargina emas.
18 ta kutilmagan holat yugurishni sevadiganlar bilan sodir bo‘ladi Yugurish – yo‘qotilgan kilogramlargina emas. Yugurish bu deyarli yangi hayotdir. Lifehaq.uz ga a'zo bo'lish Yugurish sog‘liqqa shubhasiz ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun ko‘pchilik ortiqcha vaznni yo‘qotish, yurak-qon tomir tizimini mustahkamlash, organizmni chiniqtirish uchun u bilan shug‘ullanishni boshlaydi. Biroq jismoniy ta’sir bilangina cheklanib qolmay, yugurish qabam-baqadam hayotingizni butunlay o‘zgartirib yuboradi. Bu maqolada yugurish bilan shug‘ullanish qanday kutilmagan oqibatlar keltirishi haqida so‘z yuritamiz.
1. Siz odam anatomiyasi va fiziologiyasi haqida bilishni boshlaysiz.
2. Sog‘lom ovqatlanish foydasini tushunasiz. Bayram va katta miqdorda yeyilgan kechki ovqatlardan keyin yugurish qanchalik qiyin ekanligini ko‘rgach, o‘zingiz bilmagan holda meva, sabzavot va sulini yoqtirib qolasiz.
3. Har qanday suhbatda o‘z rekordingiz bilan maqtanishni o‘rganasiz.
4. Yaqinlaringiz ham yugurishni yoqtirib qolishadi. Bunga shubha yo‘q.
5. Tanangiz o‘zgarishni boshlaydi. Qorningiz biroz yog‘ qatlamini yo‘qotadi, oyoqlaringizda mushaklar paydo bo‘ladi. Bu o‘zgarishlar asta-sekinlik bilan yuz beradi, biroq bu sezilarli darajada kechadi, shuning uchun sizni ancha vaqtdan beri ko‘rmagan tanishlaringiz bilan uchrashganingizda ularning ko‘zlari hayratdan kattalashadi.
. Odamlar boshqa mamlakatga uchib borib, ko‘kraklariga raqam osib olish va o‘zlariga o‘xshagan «ahmoqlar» bilan birgalikda yugurish huquqi uchun bir necha ming dollar to‘lashga tayyor ekanliklari sizni hayratga solmay qo‘yadi.
2. Do‘stlaringizni yugurishga qiziqtirishga harakat qilib ko‘rasiz. Bu qay darjada natijasiz ekanligini tushunasiz.
3. Shuning uchun sizda yangi do‘stlar paydo bo‘ladi. Yangi krossovka va oyoqni to‘g‘ri qo‘yish texnikasi to‘g‘risida dildan chiqqan suhbatlar sizlarni deyarli qarindoshlarga aylantiradi.
4. Shaxsiy tajribangizda kilometr turli uzunlikka ega ekanligini bilib olasiz. Bir kilometrga masofa yakunida ikki yoki uchta odatdagisi sig‘adi.
5. Mashqlar haqiqiy zavq keltirishni boshlaydi. Endorfinlar mavjud va yosh bo‘yicha cheklovlarsiz uni qo‘lga kiritish mumkin ekan.
6. So‘z boyligingizda «lat yeyish» paydo bo‘ladi. Undan keyin esa «badanni qizitib olish mashqi», «egilish» va balki hatto «yoga» ham paydo bo‘lishi mumkin.
7. Ob-havo qo‘shimcha ma’noga ega bo‘ladi.
8. Sport texnologiyalarining farqiga borishni boshlaysiz. Matolarning suv o‘tkazishi, choklarga ishlov berish usullari va poshna yuzasining tarkibi to‘g‘risidagi suhbatlar sizni ancha paytgacha o‘ziga jalb etadi.
9. Sport kiyimlariga bo‘lgan munosabatingiz o‘zgaradi. Endilikda u o‘z o‘rniga ega bo‘ladi va vazifasiga ko‘ra foydalaniladi. Aniqrog‘i uni do‘konga yoki sayr uchun emas, sport bilan shug‘ullanish uchun kiyasiz.
10. Asta-sekinlik bilan asosiy maqsadingiz ikkinchi o‘ringa tushib qoladi. Siz allaqachon ozdingiz, sog‘lom va chiroyli ko‘rinishga ega bo‘ldingiz, biroq yugurishni tashlay olmaysiz.
1. Sizda vanihoyat yangi musiqa, audiokitob va podkastlarni tinglash uchun vaqt paydo bo‘ladi.
2. Sizni ahmoq deyishni boshlashadi. Aslida bu to‘g‘ri yo‘lda ekaningizni anglatadi.
3. Masofa yakunida ba’zida o‘zingizga endi hech qachon va hech narsa evaziga deysiz. Ertasi kuni finishdan so‘ng yangi start to‘g‘risida kelishishni boshlaysiz.