Muvaffaqiyatli kishilar bo‘sh vaqtida shug‘ullanadigan 10 ta mashg‘ulot
Ishdan keyingi vaqtni qanday o‘tkazishimiz, kechki payt, dam olish kunlari va ta'tilda nima bilan bandligimiz kareramizga katta ta'sir ko‘rsatadi. Agar muvaffaqiyatga erishishni istasangiz, hordiqni o‘tkazish usuli tanloviga aql bilan yondashish kerak. Buni aynan hozir boshlash zarur!
1. Sport bilan shug‘ullaning yoki sayr qiling
Bu maslahatni juda ko‘p marta eshitgansiz. Yana va yana eshitishingiz ehtimoli katta. Jismoniy faollikning ahamiyatini baholash mushkul. U ijodkorlik, o‘zimizga ishonch va ham ishdagi, ham shaxsiy hayotdagi hissiy barqarorlikni oshiradi.
Nima bilan shug‘ullanishingizning farqi yo‘q: bu xoh trenajyor zalidagi mashqlar, xoh bog‘dagi sayr bo‘lmasin – agar ishda sakkiz soat davomida samarali bo‘lishni istasangiz, o‘z tanangizga biroz vaqtingizni ajratishingizga to‘g‘ri keladi.
2. Ilhom manbalarini toping va yangi tajribalar uchun ochiq bo‘ling
Atrofimizdagi olamda qiziqarli narsalar shu darajada ko‘pki, kechki payt sevimli divanda yotib, vaqt o‘tkazish - salbiy holat. O‘zingizning qulay muhitingizni ko‘proq tark etib, eng kutilmagan joylardan ilhom izlang. Yangicha holat miyangizni qaytadan ishga tushiradi va o‘zingizning ancha oldingi muammolaringiz yechimini topishga yordam beradi.
Siz bo‘sh vaqtini divanda o‘tirib olib, televizor ro‘parasida o‘tkazadigan yirik kompaniya rahbarlari va novatorlarni uchratganmisiz? Biz esa – yo‘q.
3. Yaqinlar, do‘stlar va hamkasblar bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘ying
Vaqtingiz naqafat uchrashuvlar, balki yaqin kishilar va hamkasblarga qo‘ng‘iroq qilish uchun ham yetmaydi. Biroq «tirik» muloqot muhim. Barcha muammolar bizni yeb bitiradi va ishga diqqatni jamlashga yo‘l qo‘ymaydi. Natijada bu samaradorlikka ta'sir o‘tkazadi.
4. «Yo‘q» deyishni o‘rganing
Aqlli kishilar bir vaqtning o‘zida bir necha joylarda bo‘lish imkoni yo‘qligini yaxshi tushunadilar. Qo‘shimcha loyihaga kirishish, tadbirga taklifnoma olish, hamkasbga yordam berishga rozilik berishdan avval ular o‘zlariga quyidagi savolni berishadi: «Men uchun qaysi maqsad ustuvor? Bu ish meni maqsadimga yaqinlashtiradimi yoki vazifani murakkablashtiradimi?»
Keraksiz ishga «ha» deyish – ba'zida yuzlab muhim ishlarni rad etish demak. Buni qancha erta anglasangiz, o‘zingizga shuncha yaxshi bo‘ladi.
5. Vaqtingizni tabiat qo‘ynida o‘tkazing
Kun bo‘yi konditsionerli xonada nafas olib, sun'iy yorug‘likda ishlanganida yaxshi qad-qomatga ega bo‘lish mushkul. Nafaqat bunday ishlash, balki yashash ham mumkin emas. Maqsad sari intilgan kishilar tabiat qo‘ynida dam olishni ham bilishadi. U kuch va quvvatimizni oshiradi.
6. Oflayn rejimida bo‘ling
«Tinch qo‘ymas» xabarlar,email va ijtimoiy tarmoqlar sutka davomida erkinlik bermaydi. Agar ish vaqtida ko‘pchilik «efirdan chiqolmasa», bo‘sh vaqtdagi raqamli detoksni hamma o‘zi uchun uyushtirishi mumkin. Muvaffaqiyatli kishilarning ishi ham siznikidan kam emas, biroq ularda shaxsan o‘ziga tegishli vaqt belgilangan.
7. Kechki odatlarga ega bo‘ling
Ko‘pchilik tongdagi to‘g‘ri odatlar kun davomida samaradorlik va kayfiyatni oshirishini yaxshi biladi. Biroq uni yakunlash ham muhim ekanini hamma ham bilavermaydi. Ba'zilar fikrini bir joyga to‘playdi, boshqalar – mutolaa bilan shug‘ullanadi. Bu ularga ishdan chalg‘ish, zo‘riqishni olishga yordam beradi. Ayrimlar ertalabgacha telefonini o‘chirib qo‘yadi.
Kechki mashg‘ulotlaringizga e'tibor bering va shaxsiy odatlaringizni shakllantiring. U sizga yangi kunni bo‘lajak vazifalar uchun to‘la quvvat bilan kutib olishga yordam beradi.
8. O‘zingiz uchun haqiqiy ta'til uyushtiring
Kam sonli baxtli insonlargina ta'tilda haqiqatan ham dam olganliklari borasida maqtana olishadi. Hayotning zamonaviy sur'ati hatto ta'tilda ham ishdan xoli bo‘lishga yo‘l qo‘ymaydi. Shunga qaramay, eng muhim rahbarlarning ham ta'tili bo‘ladi. Ular o‘ziga shuni lozim topgan ekan, nima uchun siz hordiq chiqarmasligingiz kerak?
Agar juda «kamyob» xodim bo‘lsangiz, rahbariyat bilan bir necha «daxlsiz» kunlar yoki aloqada bo‘linadigan muayyan vaqtlar to‘g‘risida kelishib oling. Ta'til ta'tildek o‘tishi kerak.
9. O‘zingizga sarmoya kiriting va biror yangi narsani o‘rganing
Bilim olib, ko‘nikmalarni o‘zlashtirib, nafaqat o‘zimizni kuchga to‘ldiramiz, balki aqlni ham charxlab boramiz. O‘rganish jarayoni qay darajada jiddiy bo‘lishining ahamiyati yo‘q, muhimi – jarayon.
Kurslarga obuna bo‘ling, seminarlarga boring yoki oliy o‘quv yurtining sirtqi bo‘limiga o‘qishga kiring. Mablag‘ni o‘zingizga kiritish orqali yanada tajribali va qimmatli xodimga aylanasiz. Bu esa professional sifatida o‘sishga xizmat qiladi.
10. Zo‘riqishni olib, vaqtni o‘zingizga sarflang
Kim bo‘lib qayerda ishlashingizdan qat'iy nazar zo‘riqish doim hamroh bo‘ladi va samaradorlikka ta'sir o‘tkazadi. Muvaffaqiyatli kishilar buni yaxshi tushunadilar va bo‘sh vaqtni sog‘lom hordiqqa sarflab, o‘zlariga e'tibor berishadi.
Bu istalgan narsa bo‘lishi mumkin: meditatsiya, yoga, nafas olish mashqlari. Chalg‘ish va xotirjam bo‘lishga yordam beradigan har qanday mashg‘ulot.
Bir haftada 168 soat bor, undan 40 soatini (yoki shunga yaqin) ishxonada o‘tkazasiz. Ovqat, uyqu, hordiq va boshqa narsalar uchun yana 128 soat qoladi. Siz ularni nimaga sarflaysiz?
Vaqtingizni aql bilan sarflang.