February 26, 2019

Mevalar inson xarakteridan so'zlaydi

Ruxshunoslarimiz shunchalik o'z kasblariga berilib ketishdiki, xattoki inson xarakteri va mevalar o'rtasidagi bog'liqlikni ham aniqlab chiqishdi. Inson sevib iste'mol qilayotgan mevalar uning xarakterlaridagi ko'pgina qirralarini ochib berishi mumkin ekan. Buni ko'plab tajribalar yaqqol isbotlab berdi. Siz qaysi mevani yaxshi ko’rasiz?

Qovun sevar insonlarni yo’rig’ngizga yurgizaman deb xomtama bo’lmang. Ko’plab o’tkazilgan tajribalarda ular dovyurak insonlar deb topilgan. Shuningdek ular boshqalarning tasiriga ham tushib qolishmaydi. Bunday insonlarning fe’l-atvori mustahkam qo’rg’onga o’xshaydi. Qancha harakat qilsangiz ham buni o’zgartira olmaysiz. Qovunni xush ko’ruvchi insonlar saxiy, oliyjanob bo’lib, sayohat qilishni yaxshi ko’radilar.

Tarvuzni sevuvchilar kamdan kam o’tgan umrlariga afsuslanadilar. Ular barcha xatolarni o’zlari bilib qiladilar, tez xulosa chiqaradilar va hech qachon afsuslanmaydilar. Bunday insonlar hayotda tavakkalchi insonlardir.

Qulupnayni yoqtiradiganlar quvnoq, samimiy, xushmuomala, odamlar bilan tez til topishadigan bo’lishadi. Ularni o’ziga xos jihati shuki - bashang va xushbichim kiyinishni yaxshi ko’rishadi. Ular biroz hasadgo’y insonlar toifasiga ham kiradilar. Bazida esa hasaddan o’t bo’lib yonishlari ham hech gap emas. Bunday insonlar faqat o’z ichki sezgisiga ishonadilar.

Shaftolini sevib istemol qiluvchilar doim atrofdagilar diqqat markazida bolishadi. Ularning atrofida do’stlari ko’p bo’ladi. Yashirin harakatlarini ko’rmaysiz, hammasi oshkora. Ba’zida ularning hazil va chinini ajratish qiyin. Mag’rur bo’lishlariga qaramay oson kechiruvchidirlar. Ammo nafsoniyatiga tekkanlarga munosib javob qaytarmay qo’ymaydilar. Ular ideal insonlar toifasiga kiradilar. Sofdil va ishonchli kishilar bo’lishadi.

Limonni xush ko’ruvchilar ko’proq ko’ngilga quloq soluvchi insonlar bo’lishadi. Juda rahmdil. Boshqalarning o’zi haqidagi tanqidini ko’tara olishmaydi. Bunday insonlar “gunohkorlar albatta jazosini oladi” degan fikrga tayanib ish ko’rishadi. Ular melanxolik xarakterga ega insonlar toifasiga kiradilar. Ammo yaxshi ijodkordirlar.

Xurmo mevasini sevuvchilar har qanday sharoitga moslashuvchan, sabr-matonatli, kuchli insonlardir. Ular shoshib ish qilmaydilar, qiyinchiliklardan aslo qo’rqmaydilar. Atrofdagilar bilan tez munosabatga kirishuvchan insonlar sirasiga kiradilar. Umuman olganda ularni ham ideal insonlar deyishimiz mumkin.

Gilosni sevuvchi insonlarning hayoti doim ham bir tekisda kechmaydi. Hayotlari past-balandliklardan iborat. Ularning tasavvuri keng va hamma ishda ishonchli hamkor sanalishadi. Bunday insonlar his tuyg’ularga asir bo’lishni umuman xushlashmaydi. Shuning uchun har doim yaqinlari davrasiga shoshiladilar.

Uzumni yoqtiradigan insonlar yolg’izlikda o’zlarini yaxshi his qilishadi. His-hayajonga tez beriladilar. Muloqotga kirishuvchandirlar. Kopincha mashhurlikka erishadilar. Mevalar ichida uzumni yaxhsi ko'ruvchilar hayotning har bir kunidan quvonch topishga qodir bo’ladilar. Kutilmagan sovg’alarni yoqtiradilar.

Olmani sevuvchilar g’ayrioddiy xususiyatlarga ega bo’lishadi. Favqulotta xolatlarda ichki sezish qobiliyatlari ishga tushib, yomon hodisalardan himoyalanishadi. O’zlari uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmasliklari mumkin, amma jamoaga yetakchilik qilishda ularga yetadigani yo’q. Juda g’ayratli insonlar toifasiga kiradilar va barcha muammolar yechimini tezda topadilar.

O’rik mevasini ko’p iste’mol qiluvchilar erkinlikni xush ko’ruvchi, birovdan yaxshilikni ayamaydigan insonlar bo’lishadi. Ularni erkinligiga xalal bergan har qanday odamga qattiq qarshilik ko’rsatishdan qaytmaydilar. Atrofdagi insonlarni ishontirish xususiyatiga egadirlar. Shuningdek ijodkorlik qobiliyatiga ega bo’lib, she’r, hikoyalar yozishni qoyil qiladilar. Muloqot qilish va do’st orttirishga usta bo’ladilar. Ammo ularning ichki dunyosiga faqat yaqin insonlarigina kira oladilar.

"Faola Water" 18,9 litr hajmdagi katta idishlarda ichimlik suvi buyurtma berish uchun telefon raqamlariga qo'ng'iroq qiling:
+998 (99) 509-55-95
+998 (62) 770-55-95
Telegram bot: @faolawaterbot