October 18

Toshkent xalqaro investitsiya forumi 1,2,3 (O`zbekistonga nima beradi) tahlili

Bu forumlarni tashkil qilishdan maqsad birinchi navbatda mamlakatimizga xorijiy investorlarni jalb qilish,mamlakatimizdagi tadbirkorlar va investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlarni ko'rsatish uchun yaxshi bir ko'rgazma,hamda,O'zbekistonni "Jahon Savdo Tashkiloti"ga qo'shilishi uchun yana bir qadam bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi.Chunki,forumlardan keyin tadbirkor va investorlar uchun yaratilayotgan islohotlar "JST"ning talablariga to'laqonli mosdir.Bunga misol qilib fiskal tizimidagi islohotlarni QQSning 12%ga tushurilganligi,xorijiy investorlar aksiyalaridan oladigan dividentlari solig'i 3 yil muddatga ozod qilinganini aytsak bo'ladi.Bundan tashqari,1-TIIFdan so'ng bir yil mobaynida ya'ni 2022- yil va 2023-yil oralig'ida mamlakatimizda 100ga yaqin yangi korxonalar yaratilgan,yillik kiritilgan xorijiy investitsiyalarning hajmi 10mlrd dollarga yetgan,1 millionga yaqin aholi kambag'allikdan chiqarilib,kambag'allik darajasi 17%dan 14%ga tushurilgan.Yuqorida bu forumlar xorijiy investorlarni jalb qilish,mamlakatimizdagi tadbirkorlar va investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlarni ko'rsatish uchun yaxshi bir ko'rgazma deb takidlab o'tdim.Buning isboti sifatida Javdat Yilmaz (Turkiya respublikasi vitsa-prezidenti)ning 3-TIIF so'zlagan nutqini aytsak bo'ladi. Javdat Yilmaz:"O'zbekiston islohotlarni amalga tatbiq qilgan va uning ijobiy natijalarini butun dunyoga namuna qilib ko'rsatgan mamlakatlardan biridir.Shuning uchun ham mamlakatga investitsiyalar oqib kirmoqda",-deb takidlab o'tgan.Bulardan ko'rinib turubdiki,bunday forumlarni o'tqazish faqatgina mamlakatimiz rivoji uchun ijobiy ta'sir ko'rsatadi.