Bu forumlarni tashkil qilishdan maqsad birinchi navbatda mamlakatimizga xorijiy investorlarni jalb qilish,mamlakatimizdagi tadbirkorlar va investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlarni ko'rsatish uchun yaxshi bir ko'rgazma,hamda,O'zbekistonni "Jahon Savdo Tashkiloti"ga qo'shilishi uchun yana bir qadam bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi.Chunki,forumlardan keyin tadbirkor va investorlar uchun yaratilayotgan islohotlar "JST"ning talablariga to'laqonli mosdir.Bunga misol qilib fiskal tizimidagi islohotlarni QQSning 12%ga tushurilganligi,xorijiy investorlar aksiyalaridan oladigan dividentlari solig'i 3 yil muddatga ozod qilinganini aytsak bo'ladi.Bundan tashqari,1-TIIFdan so'ng bir yil mobaynida ya'ni 2022- yil va 2023-yil oralig'ida...