Books 📚
November 23, 2024

Peshonamdagi Nur kitobi uchun review (Mehmet Olaqosh)

10/10 ball

Kitobni o'qish davomida hayot haqiqatlarini inson anglab yetadi, har doim ham unga berilgan dard, unga berilgan sinov yomonlik bo'lmasligini, Alloh insonga ba'zi qiyinchiliklarni Allohga qaytish uchun berishini anglab yetadi. Buni yaqqol misolini, Turkiyaning boy og'alaridan biri, kibr osmon, puliga ishonch qo'ygan, hamma narsani hal qila olaman, qayga desa pulim yetadi digan insonga Alloh boshiga o'simta berib qo'yadi va umri 6oy qolganidan habardor bo'ladi. Ha O'lim digan haqiqat oldida shuncha mol dunyosi, shuncha yig'gan pullar, yuqori mansabi, zavod va fabrikalari xich nima ekanligini anglab yetadi. Va u Allohga qaytadi, robisini taniydi, namoz o'qishni boshlaydi, qalbi ochiladi, va umri davomida yig'gan mol dunyosi berolmagan saodatni his qiladi. Kitobda voqealar shunchaki qalbga kiradigan sodda, hayajonli va ta'sirli qilib berilgan, o'qishni har bir insonga tafsiya qilaman.