Farrux Marufjonov
@farruxdeveloper
4 posts

Muhabbat Madrasasi kitobi uchun review

Kitob yozilganiga tahmiman 50yillar bo'lgan, va kitob ichidagi vaqealar Misr va Misrga yaqin joylarda bo'lib o'tgan bo'lsa ham, u O'zbekistonning hozirgi holatiga aynan mos keladi. Etadiku Tarixda qilgan xatolardan xulosa olmas ekanmiz, u yana va yana takrorlanaveradi. Kitobda oilada er xotin o'rtasida, va jamiyatda erkak va ayol o'rtasida yuzaga keladigan turli xil muammolarga javob topishingiz mumkin. Ayniqsa turmush arafasida turgan yigit va qizlarimizga o'qishni qattiq tavsiya qilaman, kech bo'lmasidan turib. Ko'pincha inson sevib qolsa, qarshi jins vakilini kamchiliklari ko'rinmay qo'ladi, bunday insonlarni yuziga shu kitob bilan urish kerak. Albatta bu hazil, shunaqa insonlar bir o'qib chiqishsa, o'zligi nima dimoqchiligimni...

Dor ostidagi odam kitobiga review

Kitob hazl ortida achiq haqiqatlarni yoritib beradi, yozuvchi juda ham so'zga usta. U bir paytning o'zida sizni kuldirib ham yig'latishi ham mumkin. Asar ilm yo'lida, islom yo'lida yurgan isnonning dorga osilish kechasi haqida, ha bu voqealar hammasi bir kun ichida sodir bo'ladi, lekin shu bir kun ichida juda ma'noga to'la qissalarni mahbuslar og'zidan tinglashingiz mumkin va o'ta ketgan yomon insonni ham shu bir kun o'zgartirib yuborganida guvoh bo'lishingiz mumkin. Kitobning eng kulgili va yomon deb o'ylagan qahramoni, kitob so'ngida hammani yig'latib do'sti uchun nima qilganini o'zingiz kitobni o'qib bilib olasiz degan umiddaman. Kitobni o'qishni hammaga tafsiya qilaman.

Uyimizda shayton yashaydi kitobi uchun review 

Kitob qiziqarli boshlanadi, ochiq so'zlar ko'p ishlatilgan. Kitob davomida siz Shayx Tantoviydek insonni qanday qilib shayton yo'ldan ozdirganiga guvoh bo'lasiz. Shayton shunchalik ayyorlik va fitna bilan inson hayotiga kirib keladiki, hayotdan uzilib tarki dunyo qilgan shayxni ham yo'ldan ozdiradi. Buni orqasidan butun bir mamlakat buzilib ketadi. Eng qiziqarlisi buni bir dona dunyoga hirs qo'ygan ayol qo'li bilan amalga oshiradi va payg'ambarimiz (s.a.v) ning hadislari yana bir bor isbot qiladi.