Books 📚
November 23, 2024

Dor ostidagi odam kitobiga review

Kitob hazl ortida achiq haqiqatlarni yoritib beradi, yozuvchi juda ham so'zga usta. U bir paytning o'zida sizni kuldirib ham yig'latishi ham mumkin. Asar ilm yo'lida, islom yo'lida yurgan isnonning dorga osilish kechasi haqida, ha bu voqealar hammasi bir kun ichida sodir bo'ladi, lekin shu bir kun ichida juda ma'noga to'la qissalarni mahbuslar og'zidan tinglashingiz mumkin va o'ta ketgan yomon insonni ham shu bir kun o'zgartirib yuborganida guvoh bo'lishingiz mumkin. Kitobning eng kulgili va yomon deb o'ylagan qahramoni, kitob so'ngida hammani yig'latib do'sti uchun nima qilganini o'zingiz kitobni o'qib bilib olasiz degan umiddaman. Kitobni o'qishni hammaga tafsiya qilaman.