November 13, 2024

Uyimizda shayton yashaydi kitobi uchun review 

Kitob qiziqarli boshlanadi, ochiq so'zlar ko'p ishlatilgan. Kitob davomida siz Shayx Tantoviydek insonni qanday qilib shayton yo'ldan ozdirganiga guvoh bo'lasiz. Shayton shunchalik ayyorlik va fitna bilan inson hayotiga kirib keladiki, hayotdan uzilib tarki dunyo qilgan shayxni ham yo'ldan ozdiradi. Buni orqasidan butun bir mamlakat buzilib ketadi. Eng qiziqarlisi buni bir dona dunyoga hirs qo'ygan ayol qo'li bilan amalga oshiradi va payg'ambarimiz (s.a.v) ning hadislari yana bir bor isbot qiladi.


Payg'ambarimiz (s.a.v) etganlaridek erkaklar uchun dajjoldan keyingi eng kotta fitna bu ayollardir, shayton ham aynan shu narsadan foydalanadi.


Shayton ishni doimgidek ibodatlarga yengil qaratishdan, olimlarni yo'ldan ozdirishdan boshlab keyin esa gunohlarni yengil sanashgacha, zino, hamir yoyishga insonni bu dunyoni aldamchi rohatlariga sig'inishgacha olib boradi.

Kitob oxirlarida shayx nima qilib qo'yganini yaxshi anglaydi, ko'zlari ochiladi, lekin u davrda shahvatlar keng yoyilgan, insonlarni qalblari shaytonga qul bo'lib bo'lgan bo'ladi. Va ko'zlari ochilgan nima bo'layotganini tushunib yetgan shayx do'stlarini yig'ib shayton bilan kurashishni boshlaydi va kitob yakunlanadi.

Eng achinarlisi bo'lsa biz ham huddi shu zamonda yashamoqdamiz. Kitobda shayton nima ishlar qilgan bo'lsa bizning davrda ham huddi usha ishlar bo'lmoqda. Shuning uchun kitobni o'qib shaytoning fitnalaridan ogoh bo'ling.