August 14, 2023

"Ikkimiz"

Tilsim

II qism

Majlis tugadi.
Hayrlashdik, hamma tarqaldi. Rejaga ko'ra, bizning maktabning "eng a'lochi o'quvchilar"i darslardan ozod qilinib, maktab sha'ni uchun "Bilimlar bellashuvid"da shahid bo'lishi lozim. Dod... darsdan qolish shartmikan? Kirmasamchi? degan allambalo hayollar chulg'ab olgan bir paytda, anavi Abror degan bola kimligiga qiziqib, o'ylanib o'tirardim. Bir necha soatdan keyin esa bu ham yodimdan ko'tarildi. Tarixdan g'olib bo'lishimni hech kim xohlamagandi, hatto o'zimning sevimli ustozim ham. Uning tayyorlayotgan o'quvchisi bor edi. Men esa ularni qachon tayyorlanishini bilib, har safar darsga qo'shilib o'tirardim. Shu fan juda zarurdek ergashib olgan ustozimga. Fizikani esa kechalari uxlamasdan, masalalarini yechishga oshiq bo'lgandim. Mazza qilardim. Har kuni, har safar maktab jadvalida fizika fani qo'yilgan bo'lsa, o'sha darsga mo'ljallangan mavzularni o'qib, testlarni yechib borar edim. Men uchun fizika - kosmos edi. Tarixga qaytaylik...
Majlis tugashi bilan biroz o'ylanib, uyga ketdim. Soat tushki 3 lar edi. Uylarni yig'ishtirib, sevimli buterbrodimni tanavvul qilib, shuni orasida teatr spektaklini televizor orqali tomosha qilishni boshlab uyquga ravona bo'ldim. Ko'zimni ochganimda, soat kechki 7 , hamma uyda ovqatlanib bo'lishgan bo'lar edi odatda.
Salomlashib, darsimni qilish bilan ovoralashib, tonggi 2gacha o'tirib chiqar edim. Tarixni o'qish qiyin emas edi, aslida, lekin yoqimsizlashib ketayotgan edi. Ichki hissiyotlarimni ba'zida hech kimga ayta olmasdim. Menimcha, shunga o'ta hissiz ko'ringan bo'lsam kerak o'sha vaqtlarda...
Yana maktabdaman... Direktorni aytganini pinagimga olmay, darsga kirib , o'zlashtirish bilan hayolim joyida emas. O'zi qachon hayolim joyida bo'lgan? Hayronman.