...uni tushunib bo'lmasdi. Qabrini oldida entikib u haqida o'ylasam ham, qayta-qayta uni unutib borishga bo'lgan ishonchim oshib boraverdi. Baribir unutiladi. Unutilishga mahkum. Boshidan uni anglashga bo'lgan harakatlarim bir kun kelib yengilishini bilar edim, na iloj,ko'ngil ishlari...unga bog'langanman. Gap sevgi yo muhabbatda emas, gap shunchalik biz topa olmayotgan his tuyg'ularda...Ikkimiz ham hissiz edik, faqat oramizda yagona darbadar u bo'lgan, nihoyat buni ham isbotladi. Bir kun kelib shu yorug' olamni tark etishiga ishonmasdim, ba'zida uning o'ylarini ob-havoga o'xshatsam-da, bora-bora shuni tushundimki, u tuproqqa qiyos. Ba'zida to'lqindek uzoqlardan toilib senga sapchisa-da, huddi tinchlikka yo'g'rilgandek chil-chil bo'lib...