Hayol
-Yana tong?
-Qanaqa tong bu? - yuzlariga yopishgan sochlarini qo'llari bilan ohista har tomonga otayotgan Dilnur quyoshning ko'zlari tomon qilayotgan hujumiga qarshi chiqa boshlagandi. Yelkasini og'rig'iga o'rmalanib turar, ko'zlarini arang ochib atrofga jim qarab turardi. Yoyilgan kiyimlar, yirtilgan kitob sahifalari, hali oxirgacha bo'yalmagan "Medeya" portreti, har tarafga sochilib yotgan puzzle bo'laklari... boshqa tomonda esa uning oyisi. Egilgan holatda xonani tozalashga urunar, Dilnur esa burchak tomonga tayanib borar, oyoqlarini jipslashtirib, atrofni jim kuzatardi. Onasi har egilganida bir marta uni chaqirar, yoniga kelib qo'llaridan ushlab qo'yar, boshlarini silar ... u esa befarq... eshita olmasdi.
-Dilnur? Tirikmisan? - nihoyat uning onasi oldiga o'tirib, qizini ko'zlariga tikilib turishni boshladi. Dilnur payqamas edi, sezmasdi, onasi uning ishgan qovoqlari tomon barmoqlarini yo'naltirib, goh-gohida tegib qo'yar, yana o'zini repertuarida bir narsalar haqida gapirishni davom etardi.
-Ona? Soat necha bo'ldi? - shartda berilgan savol Dilnurning onasini galdiraklab qo'ydi. Boshida javob berishga urundi, keyin esa qizini adashtirmaslik uchun telefonini qidirib ketdi, topa olmadi shekil, birozdan so'ng, televizorni baland qilib yoqib, soat millari ko'rsatilgan kanalni qidira boshladi.
Bu vaqti Dilnur yoyilgan sochlarini bir siqimga yig'ar, oldidagi o'chib qolgan telefonini yoqishga urunardi. Yoqildi. Vaqtga qaradi. Hali universitetga ketishiga 3 soat bor. O'rnidan turdi, joyini yig'di, oynasini sovuq bo'lishiga qaramay bor kattaligicha ochdi, stulni olib kelib o'tirdi va osmonda uchayotgan qushlarni sanay boshladi. Shu vaqti onasi xonga yugurib kelib, qiziga bugun kun qanday ekanligini, vaqt necha ekanligini g'urur bilan ayta boshladi. Qiz onasiga e'tibor bermas, uchayotgan har qushning harakatlarini jiddiylik bilan kuzatardi.
Onasi uni nonushtaga chaqirdi. Bunga javoban, rozilik ohangida jilmayib qarab qo'ydi. Uzun yupkalari bilan kuygan oyoqlarini berkitar, ko'zlarini bo'yash uchun oyna tomonga jilmayib qarar, silliq jingalak sochlarini avaylab tarardi.
-Ona, men ketdim! - uning onasi bilan kunlik gaplashadigan muloqot shundan iborat edi. Deyarli gaplashmasdi, otasi bilan ko'rishmaganiga yillar bo'lgan bo'lsa kerak. Otasini ikkinchi bor uylanganini u ko'tara olmas edi. Negadir shunchalik e'tiborsizligi, otasi uchun kelgan vaqt ishlab qolar edi. Universiteti ham ko'nglidek bo'lib chiqmagani ba'zi-ba'zida ta'bini xira qilar, lekin ustozlariga bo'lgan muhabbat uni bu yerdan ketishga undamayotganini tushunib yetib borishiga xizmat qilar edi.
Iliq shabada...
Yer hidi...
Sokinlik... unga mana shu sokinlik ba'zida yoqar, ba'zida yoqmas, shu holatni buzadigan buzg'unchi doim o'zi ekanligini anglashga yo'latardi. Aslida, buzg'unchi Dilnur emas edi... u edi. Har safar unga qadalgan ko'zlari qiz bechorani hayollar domida qoldirar, ba'zida hatto qayerda ekanligini unutar, qayta-qayta shu hayolni davom ettirishi uchun soatlab bekatda qolib ketardi. Bugun ham shunday... Bugungi qism: Dilnurning u bilan uchrashuvni muzeyda ot'kazishi... ushbu qismlar uning asablarini torlarini har safar chertib qayta-qayta aylanar, har aylanganida yuragiga tuganmas olov yoqar va yana qayta so'ndirar edi. U shunchalik bu hayollarga o'rnashib qolganidan, ba'zida haqiqat va hayolot o'rtasidagi farqni bilmas, hech kimni eshitmas, hech kim bilan gaplashmaydigan holatga borgandi.
Lekin bugun...
Bugun boshqacha.... tabiat o'zgacha tarovatlangan. Dilnur ham atrof muhitga e'tibor berishni boshlagan, qurigan barglarni donalab yerga tushishini kuzatish o'rniga, oliygohi tomon shoshib ketayapdi. Afsus... uzoqqa cho'zilmagan harakatlar... har safar Dilnur uning shu vaqti darsi tugashini bilgan holatda shoshib ketmoqda, uni ko'rish ilinjida shuncha harakat bilan.
Keldi...
Kelishi bilanoq ostona oldida uni ko'rdi.
Va hammasi to'xtadi.
Bu safar u jur'atni topgan holatda qo'llarini uning ko'ksi tomon yo'naltirib, jilmayib salom bera boshladi. U uning nozik qo'llarini ushlab, jilmaygan holatda unga ergashdi. Kutmagandi... titragan qo'llari hayajonda ekanligini bildirar, qaltirayotgan lablari biror so'zni topa olmasdi.
-Dilnur edingiz-a? Sizni bilaman, afishada ko'rgandim, San'at muzeyidagi ko'rgazmangizda ham qatnashganman ishonasizmi? Medeya... o'shani zo'r chizgansiz... san'atingizga qiziqaman. - shu mazmunda gaplarini davom ettirar, ha deb Dilnur tomonga jilmayar, qo'lini qo'yib yubormas, ba'zida qo'llari bilan qizning o'yanyotgan sochlarini yuzlarida uloqtirardi. Dilnur hushidami yo'qmi bilmadim. U jim. U kulganda kular, atrofga qaraganda atrofga qarar, har savoliga rozilik bildirish bilan ovora edi.
-Meni tanishingizni bilmagan edim. Siz ham chizar edingiz to'g'rimi?
-Shunday. Lekin menda sizning asarlaringizda uchraydigan muhabbat yo'q.
Ular uzoq vaqt universitet ostonasida gaplashib qolishdi, o'tgan-ketgan hali ko'rishishdan charchamagan qo'llarni uzilishini istamasdan, noqulay holatda yoki qizni yoki bolani turtib ketishga majbur edi. Lekin... bu ham uzoqqa bormadi, ustozlari ularni kirish eshigi oldida turib "dardlashmaslik"larini so'radi. U esa Dilnurni o'qishlariga yaqin kafega taklif etdi. Darsi borligini ham unutgan qiz u bilan ergashib ketdi va barchasini unutdi. Ularning hikoyasi faqat u gapirar, Dilnur uni uzoq va jim holatda tinglash bilan ovora edi.
-Meni eshitayapsizmi?
-Ha eshitayapman. - ushbu javob yigit sho'rlikni yuzlarini qizartirib, oqargan qo'llariga qon rangini yugurtirib yubordi.
-Balki, ertaga u bu joyga borarmiz? - Dilnur taklifni eshitgani zahoti kulib boshlarini qimirlatishni boshlab, qo'llarini bir-biriga qovushtirib :
-Men roziman...
-Rozisiz?
-Ha.
-Qizim, nimaga rozisan? - Dilnurning onasi Robiya opa unga tikilib.
Dilnur ko'zlarini ishqalay boshladi, ko'z oldidagi kelishgan yigit hayronlikda qiziga tikilib qolgan onaning ko'zlariga, shinam kafe esa oynalari hali ochilishga ulgurmagan dim va o'ylangan xonaga aylangandi.