Soyabon
Yozuvchi : Leonid Yengibarov
Tarjima qiluvchi : Farzona Kayumova
...Biroz sukutdan so‘ng: U aytdi: “Lekin yashashga joyimiz yo‘q, uyimiz yo‘q”.
U esa kulib, qo‘lida soyabon borligini, tugmani bir marta bosgandan so‘ng o‘z-o‘zidan ikkisini ham bag'riga olishini aytdi. Soyabon - chiroyli uy, ikki kishi uchun juda qulay. To'g'ri, uning devorlari yo'q, lekin unda yashashga arziydi va siz unda yilning qaysi fasli atrofda sayr qilib yurganini bilishingiz mumkin, masalan, bahor ketgan yoki hali ham davom etmoqda.
Soyabon kabi uy bilan sayohat qilish qulay, yomg'irni tinglash yoqimli va yana ...
-“Yana nima...” degan savol u tomonidan yangramadi va u barcha qulayliklarga ega bir xonali kvartirasi bo'lgan boshqasining oldiga ketdi, lekin, menimcha, unda hali ham bunday soyabon yo'q, agar bor bo'lsachi?
Unda nega odamlarga ikkita uy kerak? Bu juda kulguli...
Ko'p yillar o'tgach, u nihoyat, o'sha soyabonni qanday ajoyib uy ekanligini angladi. Huddi kichik parashyut, uni birga ushlab, uzoqlarga, juda uzoqlarga, ayniqsa yomg'irli kunlarda uchishimiz mumkin ...
U esa allaqachon 3 xonali kvartirasida yolg'iz qolgan, chunki kvartira qanchalik katta bo'lsa, unda yashaydiganlar shunchalik taftdan uzoqroq bo'ladi, va endi yana yomg'ir yog'sa, u hammasidan kechgan holda tashqariga otilib, o'z soyabonini topishga tayyor, lekin, bir savol, o'n beshinchi qavatdan qaysi soyabon sizniki ekanligini anglay olasizmi?
Anglasangiz ham, sizni pastga tushirishi mumkin bo'lgan lift to'g'ri ishlayotganligi - noma'lum.