December 24, 2023
Devona
Qo'lim qaltiryapdi...sovuqlikni qurshab olgan dunyoga qarshi chiqish bilan ovoraman... u qani? Qayerda? - hayolllari bilan botqoqlikka botib borayotgan Hamid boshini qo'llari bilan qayta -qayta urdi-da, xonasi tomon oyoqlari bilan qadam tashlay boshladi. Qorong'ulikka yo'g'rilgan "shaxsiy uyi"ga o'ng oyog'i qo'ygani bilanoq, qalbida vahima turdi, o'sha vahima qalbidan vujudiga o'tdi-yu, uni butunlay muzlatib qo'ydi. Muzladi... Yerga tomon o'zini otdi, boshlarini chayqay boshladi, og'riqqa chiday olmadi, savollarga aylangan hayotidan hech qanday ma'no topa olmasdi go'yoki. Borgan sari kurashdan charchayotgan yuragiga yo'l chiroqni yoqadigan guliftorini bilsa ham unga indamasdi. U tushuna olmasdi, tushuna olmaslik bilan kishanlangandi. Jonidan to'ygan shovqinga bo'g'ilib qolgandi, qulog'ini tagida chalinayotgan orkestr ovozidan shunchalik nafratlanar edi-ki, bora-bora quloqlaridan ayrilish o'yi bilan yurgandi. u borliqdan hafa emasdi, u o'zlikdan , ovozlardan, unga taqdim etilgan imkoniyatlardan arazlagandi. Xorg'in ko'zlarini yumdi...
Tun...
Soat millari yangi kunni boshlashiga tayyorgarlik ko'rayotgan vaqti uyg'onib ketdi. Suv ichish uchun o'zini sudrashga tushdi.
Oshxona...
Singan vino idishi, oq paxta rasmlari tushgan "o'zbek piyola"si, singan "SSRlik kosa", guldon, qand-qund idishi... Beparvo bo'lib chiroqni yoqdi, e'tibor bermasdan, siniqlar ustidan yurib kranni ochdi va muzdek suvni qo'llari bilan og'ziga torta boshladi. Yana befarq holatda idishlarni bosib, oshxonani ulug'vorlarcha tark etdi.
Qon...
Qizillik...
Og'riqni sezmasdi go'yo, oyoqlarini sudrab televizorxonasidagi devanga o'zini otishga tayyorlanardi. Otdi ham... o'yladi nega hammasi tinchgina tugamayapdi? Oldidagi kitoblari yoyilib yotgan tokchadan radioni eshitmoqchi bo'lib, qo'llarini cho'zdi. Radio ham undan charchagandi ochig'i. Uni quchoqlab olib qiynardi. Har bir knopkasini 100 martalab bosmasa hisob emasdi. U radioni shunday eshitardi. Televizorni taxminan shunday ko'rardi.
Bir soat o'tdi...
Unga 2 yil chidagan radio endi taqdirga tan berdi. Ishlamay ovozi o'chib qoldi. Hamid o'rnidan turib, radioni devorga tomon o'z kuchi bilan uloqtirdi-da, baland ovozi bilan baqirib kula boshladi. Kulish ham joniga tekkandan keyin, oshxona tomonga shishalarga bo'kkan oyoqlarini olib borib, shkafdan pichoqni oldi-yu, xonasiga kirdi. Xonasida joylashgan oyna oldiga borib, uzoq vaqt gaplashib o'tirdi, keyin qo'lidagi pichoqqa e'tibori tushib, uni yaxshilay keyin esa yomonlay boshladi. Yana hammasi joniga tegdi.
Vaqt tunggi 3:00.
Xonasida chiroq yo'qligini 40 daqiqadan so'ng esladi, yana timirskilagan holatda o'zini siniqlar oldiga sudray boshladi. Borgan sari u majoldan toyib borardi, oyoqlaridagi uvushish, vujudidagi sovuqlikdan charchagandi. Baxtiga qarang-ki, bu safar pichoqni topilishidan ham tezroq sham topildi. Sudralgancha xonasiga qaytib kirib, oynaga qaradi. Cho'ntagidagi gugurtni oldi va shamni yoqdi.
Xona yorishdi... endi u ko'zlarini ko'ra boshladi, oqargan yuzlarini pichoq bilan avaylab siladi, keyin shamni raqsiga ko'zi tushib hayoli bo'linib ketdi. Shamdagi olov huddi uni valsga taklif etardi, Hamid muzlagan qo'llarini olov tomonga jilovlab, u bilan raqs tusha boshladi, tana esa og'riqqa o'zini tutib bo'lgandi... u og'riqdan yig'iga burkangan emas, raqsdan lahzaga cho'lg'angan edi. Ko'zlaridan chiqayotgan yoshlari ham undan nafratlanardi, undan hamma narsa nafratlanishni boshlagan edi... Shamni uning qo'llariga rahmi kelib, birdan so'ndi... Hamid yana uni yoqmoqchi bo'lganda, tugab qolgan gugurt qutisini ko'rdi-yu, uni g'ijimlab tashladi.
-Yana yolg'izman... - deb baqirdi. Kun ham yorishishni boshlagandi, soat ham oynaga tikilganicha, 5:00ni urib qo'yibdi. Quyoshning o'rmalangan nurlari ko'zlariga tushgan on, u balkoni tomon o'zini yo'naltira boshladi, endi oyoqlari madorsiz, barmoqlari esa imkonsiz bo'lib qolgandi.
Balkon ehsigini ochganda, xonaga qo'shin bilan shabada kirib keldi, ivigan qon hidi-yu, eskirgan va singgan qalb isi birdan tashqariga otilib chiqib ketdi. Hamid erib ketgan barmoqlari bilan ko'zlarini silay boshladi, balkondagi stulga oyoqlarini qo'yib, bag'rini ochdi va bor ovozi bilan :
-Osmon men ketayapman - deb qichqirdi.
Narigi uyda dars qilib o'tirgan Sayyora ovozdan hayiqib, o'zini ayvondan otib atrofga qaray boshladi. Qarasa, yerda kimdir yotibdi. Ro'molini boshiga o'radi-da tashqariga uyqu kiyimida otilib ketdi... pastga tushdi... Oppoq qirov ustida qonga burkangan tana yotardi, barmoqlari kuyganidan ezilib ketgan, oyoqlari esa shishalaga burkangan... Sayyora bor ovozi bilan yig'lay boshladi, baqira boshladi, hammani uyqudan uyg'otishga harakat qilardi, uni qutqarmoqchi edi, muzdek tanani bag'riga bosgancha hayqirardi... oxiri u ham holdan toydi... quloqlariga egilib shivirlay boshladi:
-Nega meni kutmading... Devona?!