ZULMAT GULI
"Menga enaga kerak emas, hatto to'g'ri yura olmayotgan vaqtimda meni qochishga urinadi deb o'ylaysizmi?" deyman zahar to'la ohangda.
Jimin meni hech qanday hayratsiz nigoh bilan kuzatadi. Yaxshiyamki, meni kimdir ushlab olishidan avval podvaldan chiqib olishga muvaffaq bo'ldim, ammo afsuski, men duch kelgan birinchi odam jimin bo'ldi. Endi u uy ichida yurganimda ham orqamdan ergashib yuribdi.
Albatta, men jungkook Yaponiyaga ketganda qochish yo'lini izlayapman, lekin buni jiminga aytishga sira ham keragi yo'q.
"Mia men seni xafa qilishni istamayman, ammo jungkook menga kuzatib turishimni buyurdi, shuning uchun shunday qilaman."
Men po'ng'illab ko'zlarimni olib qochaman. "Xo'sh, endi ovqatlarimni tayyorlab, meni yotog'imga yotqizib qo'yasanmi?" deyman kinoya bilan.
"Agar shuni xohlasang, ha" deya javob beradi u, shilqimlik bilan qoshini ko'tarib.
"Sen dahshatlisan," deyman oshxona tomon yo'l olar ekanman.
"Ey, unaqa bo'lma, Mia. Biz birinchi uchrashganimizda qanday qilib meni yaxshi ko'rib qolganingni bilaman..."
Xudo haqi, agar butun kunni u bilan o‘tkazishga to‘g‘ri kelsa, miyam yorilib ketadi! Qanday qilib u shunday deya oldi?! Yaxshiyamki, yuzimga yoyilib borayotgan qizarishni yashirish uchun undan teskari o‘girildim.
Mayli, tan olamanki, u jozibali. Buni sezmaslik uchun ko‘r bo‘lishim kerak. Ammo bu uni sevib qoldim degani emas. Bu esa, o‘z navbatida, u bilan yaqinlik qilishni xohlayman degan ma’noni anglatmaydi.
"Jin ursin!" deya pichirlayman.
"Bu yerdan chiqqanimda, xuddi jungkookning o‘zidek, seni ham qamoqqa tushirishimga ishonch hosil qilaman."
Jiminning hazilkash ifodasi yo‘qolmaydi, aksincha, kuchayadi. U mening gapimdan xursand bo‘lganga o‘xshaydi, bu esa uni yanada bo‘g‘gim keladi.
"Nega kulyapsan?"
"Haqiqatan ham jungkookni qamayolaman deb o‘ylaysanmi?" deydi jimin, kulgusini bosishga urinarkan, yuzi qip-qizil bo‘lib ketadi.
"Jungkook butun shaxar politsiyasini nazorat qiladi. Agar qochishga muvaffaq bo‘lsang ham, bu uzoqa cho'zilmaydi."
Uning so‘zlarini eshitarkanman, ko‘kragimni og‘ir yuk bosganday bo‘ldi. Bu rost bo‘lishi mumkin emas. Albatta, jungkook qudratli, lekin bunchalik qudratli emas, shundaymi? Agar shunday bo‘lsa, men qanday qilib qochaman? Buning uchun mamlakatni tark etishim kerak...
Dadajonim albatta biror narsa qila oladi. Jungkook otamdan ko‘ra qudratliroq bo‘lishi mumkin emas.
Jimin yuzimning birdan o‘zgarishini sezganday tuyuladi. "Xavotir olma, jungkook senga yaxshi munosabatda bo‘ladi. Tòğri U odamlarni o‘ldirishi mumkin, lekin u yomon odam emas."
Men jiminga nafrat bilan qarayman, uning menga qilgan dahshatli ishlarini aytib o‘tirishga ham urinmayman.
O‘sha podvalda boshimdan kechirgan qo‘rqinchli voqealarni yengib o‘ta olaman deb o‘ylamayman. Hammasi bitta do‘zaxiy tushga aylanib ketdi, tush va haqiqatni farqlashim qiyin.
Bu dahshatli xotirani eslab titrab ketaman. Biroq, jimin buni sezmaganga o‘xshaydi.
Men oshxonadan chipslar va bir stakan suv olaman, so‘ngra dam olish xonasi tomon yo‘l olaman.
U yerda hech bo‘lmaganda televizor ko‘rib o‘zimni ovuta olaman, hamda jungkook qaytib kelgunicha qo‘rquvlarimdan chalg‘iyman.
Lekin dam olish xonasiga kiradigan yo‘lakka qadam qo‘yishim bilan, ko‘zim homilador ayolga va katta, baquvvat erkakka tushdi. Erkak o‘z qo‘llarini ayolning qorniga qo‘yib, unga qandaydir gapni aytarkan, pastga egilib jilmayar edi.
Men orqaga, oshxona tomon qadam tashlay boshladim, ammo uzoqqa bormay, orqamda turgan jiminga urilib ketdim.
"Ahaaa, Taehyung Hanna bizga qo'shilganingizdan xursandman!" deya hayajon bilan qichqiradi jimin va meni ularga tomon turtdi. Men istamay bo‘ysundim.
Ayol menga burildi va ko‘zlari mening ko‘zlarimga tushishi bilan uning tabassumi so‘ndi.
Biroq, erkak menga hatto qaramadi ham, faqat o‘zining rafiqasi deb gumon qilgan ayolga yaqinlashgandek bo‘ldi
"Jiminaaa endi biz bir uyda yashayapmiz!" Ayol kulib yuboradi va yonoqlarida kichik kulguchlar paydo bo‘ladi.
Sochlari uzun va sarg‘ish, Ko‘zlari teshib o‘tuvchi yashil rangda, shunday yorqin-ki, kontakt linza taqqanmi deb hayron bo‘ldim.
U charchagan va holdan toygan ko‘rinardi, lekin uningchalik og‘ir homilador bo‘lgan har qanday ayol shunday ko‘rinardi, deb o‘yladim... Uning qorni yoriilgudek bo‘lib turardi!
"Va men siz bilan bir muncha vaqtdan beri ko‘rishishni xohlayotgan edim, mashhur Mia..." U menga qarab jilmaydi
eri Taehyung istaksiz ravishda uni qo‘yib yuborganida menga tomon yuradi. "Mening ismim Hanna, va jungkook siz haqingizda menga hamma narsani aytib bergan! U sizning ismingizni tilga olganida yuzi qanday yorishib ketishini ko‘rishingiz kerak edi!"
Hanna mening qo‘llarimni ushlaydi. Uning qo‘llari yumshoq va iliq, ammo nozik ham edi. Agar ularni juda qattiq siqsam, sinib ketadigandek tuyuldi.
Jungkookning tilga olinishi bilan tanamda g‘alati sezgi paydo bo‘ladi... U men haqimda tez-tez gapiradiganga o‘xshaydi.
"Siz kasal bo‘lganingizda u qanchalik xavotir olganini ko‘rishingiz kerak edi..." deydi Heyli o‘zicha pichirlab.
"Men ham siz bilan tanishganimdan xursandman," deya g‘o‘ldirayman. Bunday vaziyatda nima deyishni bilmay turardim.
Hayronman, u meni o‘g‘irlab kelishganini bilarmikan? Shubhasiz, jungkook men haqimda gapirishdan tiyilmaydi, ammo u bir qizni o‘g‘irlaganini hamma oldida ochiq aytishiga shubham bor.
"Men siz bilan yaxshi tanishishni istardim, Mia. Keling, o‘tiramiz va qizlarcha gaplashamiz," u jilmayadi va mening bilagimdan tortib, noroziligimga qaramay, dam olish xonasi tomon yetaklaydi va ikkimizni ham divanga o‘tqazadi.
"Hanna, agar biror narsa kerak bo‘lsa, menga ayt xo‘pmi? Men o‘z kabinetimda bo‘laman" deydi Taehyung burchakdan mo‘ralab, Hannaning javobini intizorlik bilan kutgancha.
"Ha ha" deydi u, qo‘li bilan uni ortga qaytarib. "Shuningdek, iltimos, jiminga ham uzoqroq turishni ayt, suhbatimizni jungkookga yetkazish shart emas, deb o‘ylayman."
Men Taehyungning bosh irg‘ib, jiminga nimadir deb g‘o‘ldirab, kirish eshigi tomon qaytganini kuzataman. Mening tushunimcha, jimin ham xonaga kirmasdan ortga chekinganga o‘xshaydi.
Hanna qo‘llarimni yana bir bor o‘zinikiga olmasidan avval, stakanim va chipslarimni kofe stoliga qo‘yaman.
"Nihoyat, yolg‘iz qoldik," deydi Hanna qo‘llarimni yana qattiqroq siqarkan. Uning yuzi endi jiddiy tus olgan va zumrad yashil ko‘zlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri mening ko‘zlarimga tikilgan.
"Mia, men senga yordam berish uchun qo‘limdan kelgan hamma narsani qilaman."