ZULMAT GULI
24- episode
Qo'l siltashim bilan chiroq yonib, qorong'ulikni yoritdi va zinalardan pastga tushishni boshladim. Muzdek havo birdaniga butun tanamni qamrab olib, yuragimni qaltiratdi.
Yana yuragimni ezguvchi gunohkorlik hissi butun vujudimga yoyildi. Mia muzlab qolmasligi uchun unga g'amxo'rlik qilishim kerak. Uni yana yuqoriga, zinapoyalardan olib chiqib ketishim kerak. Balki, uni kechki ovqatga taklif qilsam... Tashqariga. Albatta, bu xavfli, lekin menimcha, buni qilishim kerak, chunki bu bizga bir imkoniyat beradi.
Men hamma narsani barbod qilganimni bilaman, lekin endi tuzatishni xohlayman. Mianing kulgusini eshitish, yuzida tabassum ko'rishni istayman. Va shuning uchun u endi uzr so'rashga majbur bo'lmasligi uchun bu mening unga sovg'am, deb qaror qildim
men uni bu dahshatli yerto'ladan olib ketish uchun bir necha soat oldin keldim. U qanchalik baxtli bo'lishini ko'rish uchun sabrsizlik bilan kutaman.
Men yo'lak bo'ylab shoshilib borarkanman, odamlarim orqamdan ergashishdi. Men bu yerda saqlagan barcha mahbuslarga bir nazar tashladim. Ancha vaqtdan beri bu yerga tushmagandim, qiynash uchun odatda menga hamroh bo'lishardi. Lekin Mia qafasda qolganida bu yerga hech kim kirmasligiga ishonch hosil qildim.
Ba'zilari o'lib qolgan bo'lsa, ajablanmayman.
Mia yotgan kameraning yonidagi boshqa kameraga qarab toʻxtadim. Ichkarida portda boʻlgan oʻsha sirli bola, oʻzi kimligini, kimga ishlashini aytishdan bosh tortgan yigit bor edi... Uni koʻndirish uchun bir necha barmogʻini kesib tashlagan boʻlsam ham, u hamon hech narsa demayabdi.
U burchakda, devorga suyanib oʻtiribdi, uxlayotganga oʻxshaydi. Yoki hech boʻlmaganda u oʻzini shunday koʻrsatishni xohlayapti.
Men qaytib kelib, undan javob olishim kerak boʻladi. Buni albata qilaman.
Chuqur nafas olib, Mianing kamerasiga qarab yurdim. Koʻzlarim darhol burchakda yostiqlar uyumiga tashlangan adyolga oʻralib, oʻtirgan unga qaratildi. U shu qadar zaif va kichkina, shu qadar begunoh koʻrinardi. Unga shunday munosabatda boʻlganimdan oʻzimni yomon his qildim.
Odamlarim yonimda toʻxtadi, men esa Mianing koʻzlarini qidirdim. U sekin boshini koʻtarib menga qaradi. Yuzi xuddi arvohday oqarib ketgan, yonoqlari ichiga botib kirgan. Sochlari chigal boʻlib ketgan va yuzida qoʻrqinchli porlash bor.
Uning koʻrinishi dahshatli edi.
Nihoyat, oʻsha goʻzal koʻzlarga duch kelganimda, uning chekayotgan barcha azoblarini his qildim.
"Eshikni hoziroq och! — dedim,
Eshik qulfdan chiqarilishi bilan xonaga asta kirib bordim. Uni qoʻrqitishni istamadim, garchi uni quchoqlab, hammasi yaxshi boʻlishini aytishni qanchalik istasam ham.
U adyolni yuziga tortdi. Shunda unga yaqinlashib, yoniga o‘tirdim. "Mia, nima bo‘ldi? Ahvoling yaxshimi?" – deb so‘radim, uning holatidan xavotir olib. Uning tanasidan taralayotgan issiqlikni deyarli his qildim.
"Mia, iltimos, yuzingni ko‘rsat," — deb uni adyoldan chiqishga ko‘ndirishga harakat qilib, adyolning chetidan tortdim va sekin chetga surdim. U bunga qarshilik qilmadi, bu esa meni yanada ko‘proq tashvishga soldi. To‘rt kun oldin menga vilka sanchgan qizga nima bo‘ldi o‘zi?
Iyagini qo‘lim bilan ushladim va uning naqadar issiqligini his qildim, xuddi pechday yonayotgandi. "Sen yonyabsan," dedim. Uning yuzini o‘zimga qaratish uchun tortdim. U mendan qochishga ojizona harakat qildi. "Malikam."
"Meni kechir," — deb unga pichirladim, ammo u boshiga qo‘lini olib borgancha yuzidan yoshlar oqa boshlaganida, gapimni eshitmadi, deb o‘yladim.
Uni bu ahvolda ko‘rish menga juda og‘riqli edi.
“Buni to‘xtating. Iltimos, buni to‘xtating,” — deb yig‘ladi u, bu so‘zlar yuragimni ezib yubordi.
“Hammelga qo‘ng‘iroq qil, favqulodda holat ekanini va darhol kelishi kerakligini ayt!” — deb odamlarimga baqirdim.
“O‘zimiz bilan olib kelgan barcha tibbiy asbob-uskunalarni yotoqxonamga olib kelinglar!”
“jungkook og‘riyapti, to‘xtating. Iltimos!”
Qo‘llarim o‘z-o‘zidan uning zaif tanasi tomon cho‘zildi va uni qo‘llarimga oldim, kelin uslubida ko‘tarib, kamerasidan tashqariga olib chiqdim, u ko‘kragimga bosh qo‘ygancha yig‘lardi. Uning tanasi shunchalik issiq ediki, bu issiqlikni ko‘ylagim orqali ham his qildim.
Mia qattiq nafas olib, qandaydir cheksiz azob ichida ingranarkan, uning ko‘zlariga pastga qarab tikildim. U o‘z xayollarida adashib qolgandi, ammo ko‘zlarimga tikilgancha uning ko‘zlarida cheksiz dahshat ifodasi bor edi.
Mia hushdan ketganiga ikki kun bo‘ldi.
Uyg‘oq bo‘lgan har bir soniyamda uning karavoti yonida o‘tirib, qanchalik ahmoq bo‘lganim va afsusda ekanligimni aytaman. Qo‘lini ushlab, yana baxtli bo‘lishi uchun bir kun kelib uyg‘onib, tuzalib ketishi uchun duo qilaman.
Agar men uning baxtiga sababchi bo'lmasam ham, baribir baxtli bo'lishini istayman. Uning kulishini, yashashini xohlayman.
Hayotim davomida shuncha odamni o'ldirdim, ammo Mia men tufayli o'lsa, o'zimni kechirolmasdim, endi yashay olmasdim. U judayam begunoh, judayam pokiza.
"Hammasi joyida bo'ladi. Unga o'ziga kelishi uchun biroz vaqt bering"
Hamnel tongda uchinchi marta uning sog'lig'ini tekshirar ekan, shunday dedi. Men ehtiyot shart uni yonidan bir zumga ham ketmaslikka harakat qildim.
"Rahmat senga, Hamnel" deya uning gapini bo'ldim. U oq xalatining ostidan ko'rinib turgan to'q sariq kostyumda xonadan chiqib ketayotganini kuzatdim. Sochlari oltmish yoshni qoralagan bo'lishiga qaramay, hali ham zich va qo'pol edi. Bolaligimdan beri oilamiz shifokori bo'lgan Hamnelga butun hayotimni ishonib topshirishim mumkin. U ketishi bilan chuqur xo'rsinib, yana diqqatimni Miga qaratdim.
Uning yuzi hali ham oqargan, ammo avvalgi rangiga qayta boshlagan. Endi u men bir ko'rishda oshiq bo'lgan qizga o'xshardi. Uning yuziga tushgan bir tutam sochini sekin tortib qo'ydim, chunki endi terisining harorati ikki kun oldingidek yondiradigan darajada emasdi.
O'rnimdan turib, Mianing yonida bo'lishim uchun xonaga olib kirgan yozuv stolimga qarab yo'naldim. Men Mianing o'tmishini iloji boricha chuqurroq o'rganishga harakat qildim, buning sababi uni izlayotgan odamlar kimligini aniqlash edi.
Ular aniq tayyorgarlikdan o'tgan va xavfli ekanligi, Mianing kimdir kuchli shaxs bilan aloqasi borligini bildiradi. Ammo men uning bunday odamlar bilan aloqasini topa olmadim.
Men hatto uning otasi tomondagi oilasini ham o'rganishga harakat qildim, lekin bu ham foydasiz bo'ldi. U shunchaki yoshligida avtohalokatda vafot etgan oddiy bank xodimi edi.
Hatto uning Avstraliyadagi do'stlari ham Miani topish uchun jamoa yuborishga qodir emas edi. Hammasi oddiy.
Bu esa kimdir nimadirni yashirayotganini, kimdir ochiq-oydin juda kuchli ekanligini anglatadi.
Miani kim izlayotganini bilishimning yagona yo'li Mianing o'zi.