QIROLICHA
Burnimni achishtirayotgan qandaydir o'tkir hid sabab uyg'ondim, hid shunchalar yoqimsizki boshimni og'rig'ini yanada kuchaytirayotgan edi.
Ko'zlarimni ochgan zahotim Qo'llarim bilan burnimni bekitib qoshlarimni chimirdim, xonani o'sha hid go'yo tutun kabi egallab olgan edi.
Atrofga qaraganimda menga qarab turgan bir qancha nigohlarga duch keldim
Xonani to'ldirgan hid hammadan ham ko'ra menga eng yaqin o'tirgan ayolning qo'lidagi qopchadan tarqalayotgan edi.
Ayol och ko'k rangdagi xanbok ustidan oppoq va toza ustki kiyim kiygan, ustki kiyim belidan biroz tortib bog'langan. Qora sochlari esa ortiga mahkam qilib turmaklangan lekin hech qanday bezaklar yo'q edi, chunki uning boshida qandaydir oq rangli bosh kiyim bor edi. Oyoqlarida esa soddaligi bilan ajralib turadigan paxtadan tikilgan oq oyoq kiyimlari bor edi
"Seo xonim, yosh xonim uyg'ondilar"
Yana o'sha notanish qizning ingichka va quvonchli ovozi yangradi, meni qizim deb atagan ayol menga quvonchdan porlagan ko'zlari bilan qarab
"Nihoyat....." Deb pichirladi va Lablarida kichik jilmayish paydo bo'ldi
Men hali ham o'sha g'alati xona va begona ayollar qurshovida ekanligimni anglaganimda xo'rsinib yubordim, boz ustiga endi yoqimsiz hid ham boshimni og'ritayotgan edi
Soojin xonim menga bir soniya qarab turdida keyin nigohini yonimdagi ayolga qaratib buyruq ohangida gapirdi
"Tabib xonim ketishingiz mumkin"
Soojin xonim meni xonani to'ldirgan bu hidni yoqtirmayotganimni payqadi shekili yonimda o'tirgan ayolga ketishini buyurdi
"Choi xonim tabib xonimni kuzatib qo'ying"
Soojin xonimning buyrug'i bilan uning ortida o'tirgan yashil xanbokdagi ayol sekin o'rnidan turib boshini pastga egib, kichik qadamlar bilan orqalab yurgan holda tabib ayol bilan birga chiqib ketishdi
"Oynalarni oching, xonani shamolating"
Soojin xonimning yana bir buyrug'i bilan uning orqasida tartib bilan saf tortib turgan qizlar harakatga tushib, xonadagi derazalarni ochishdi. ichkariga biroz toza havo kirdi
Men ustimdagi ipak matoli choychabni o'zimdan itarib sekin qaddimni ko'tarib o'tirdim,
menga havotir bilan qarab turgan soojin xonim va notanish qiz meni ch'ochitib yuborishdan qo'rqgandek bir og'iz so'z ham aytmay menga tikilib turishardi.
Men yana xo'rsinib bir nuqtaga tikilib qoldim
O'zimni yolg'iz va adashgan insondek his qilyabman
Men chindan ham o'ldimi yoki yo'q, buni bilmayman. Lekin shunisi aniqki men mutlaqo boshqa zamon va boshqa makondaman. Boz ustiga begona tanadaman. Haqiqatni qanchalik rad etishga urinmay men hozir o'tmishdaman, o'z zamonimdan bir necha asr ortda.
Ovozim, ismim, tanam, oilam barchasi menga begona. Men o'zimni g'alati his qila boshladim
Bu yerda nima qilishimni? Qanday tirik qolishimni bilmayman. Hatto bu yerga qanday kelib qolganimni bilmayman.
Men hayotim davomida juda ko'p tarixiy filimlar tomosha qilganman, lekin endi o'zim o'sha filmarning biridaman.
Ko'zlarimga yosh kela boshladi, men qo'rqyabman, bu yer bu olam, odamlar, barchasi menga begona, men bu yerda hatto o'zimni ham tanimayman.
Men bu filimda ro'l o'ynashni istamayman.
Men ko'zlarimdagi yoshni to'xtatib qololmayabman. Men o'zimni juda yomon his qilyabman.
Oyoqlarimni quchib, peshonamni tizzamga tirab yig'lay boshladim.
Uyimga ketgim kelyabdi, bu yerdan ketgim kelyabdi
Shu on kimdir sekin va mayin harakat bilan sochlarimdan silayotganini his qildim. Bu soojin xonim ekanligi aniq. Uning ifori qandaydir tarzda menga juda tanish.
Lekin men boshimni ko'tarmadim, yig'lashda davom etdim, sochlarimni silayotgan ayol qo'lini yelkalarimdan o'ralib meni ohista bag'riga tortdi.
Men unga qarshilik, qilmadim, o'zimdan itarmadim, aksincha meni ovutishiga ruxsat bersim.
Nega unday qilganimni bilmayman lekin bu menga yoqmoqda.
Balki menga yig'layotganimni berkitish uchun yoki ovunish uchun shunday quchoq kerakdir.
Uning iliq va mehirga to'la bag'ri menga qandaydir taskin bermoqda edi.
Men ayolning bag'rida yig'lashda davom etdim. Soojin xonim esa hech narsa demay ahunchaki sochlarimdan silab meni hohlaganimcha yig'lashimga imkon berdi
Bosh Saroyning g'arbiy tomoni. ""Gukgwan Muyeonwon".(Imperatorlik harbiy mashg'ulotlar maydoni)
Bosh Saroyning gʻarbiy tomonida joylashgan maxsus mashg'ulotlar maydoning asosiy kirish-chiqish eshigining tepasida, qora yogʻochga oltin harflar bilan oʻyib yozilgan "Gukgwan Muyeonwon" nomi koʻzga tashlanadi.
Havo hali salqin, tongning ilk shudringi oʻtlar uzra marvariddek tovlanadi. Atrof-muhitda qadimiy yogʻoch va toshlarning nafasi, yengil shabada shovqini hukmron.
Maydonning markazida, silliq qilib tekislangan tuproqda, ikki jangchi oʻzaro mashq qilmoqda. Ularning har bir harakati aniq va chaqqon, xuddi raqsga tushgandek.
Quyoshning ilk nurlari saroyning oltinrang bezakli tomlariga urilib, maydonga iliq shu’la taratadi.
Yaqin atrofda, eski, ammo mahobatli qaragʻay daraxtlari ostida, sokin va diqqat bilan kuzatib turgan bir shaxsning salobati seziladi.
Maydonning markazida, yuzi jiddiy, ammo har bir harakatida saroy ahliyu-davlatmandlarga xos tarbiyaning nozikligi seziladigan bir yigit qilichini chaqqonlik bilan boshqarmoqda. Uning kiyimi qora rangli, ustiga tilla ip bilan tikilgan ajdar tasviri tushirilgan, boshida esa shaxzodalar tojiga hos bezak bor, bu uning yuqori martabasidan darak beradi. Har bir zarbasi aniq va kuchli, ammo hali baʼzida ehtiyotkorlik namoyon boʻladi.
Uning qarshisida esa, bir qarashda oddiyroq kiyingan, ammo har bir harakatida yillar davomida sayqallangan mahorat seziladigan, jigarrang jangchi libosidagi boshqa bir yigit turibdi. Uning sochlari mahkam bogʻlangan, yuzida esa matonat va sabr aks etadi. Uning koʻzlari xuddi burgutnikidek oʻtkir, har bir qadamida esa yer bilan mustahkam bogʻliqlik seziladi.
Ularning mashgʻulotini oʻn yoshidan beri bu ikki yigitni qilichbozlik sirlariga oʻrgatgan, harbiy sanʼatning ulugʻ ustasi, Bosh qoʻmondon Seo Jinhwan kuzatib turardi. Uning koʻzlari har bir harakatni, har bir nafasni sinchiklab nazorat qilmoqda.
Seo Jinhwan yosh emas, ammo uning qaddi tik, nigohi esa oʻtkir. Uning yuzida chuqur ajinlar bor, bu uning janglarda orttirgan tajribasi va hayot sinovlarining guvohi
U baʼzida bosh irgʻab qoʻyadi, goʻyo shogirdlarining mahoratidan mamnun boʻlgandek, baʼzida esa qoshlarini chimiradi, goʻyo kamchilik topgandek. U hech qanday his-tuygʻusini oshkor qilmaydi, lekin uning har bir qarashida ustozlik mehr va talabchanlik uygʻunlashib ketgan.
Ikkala yigit qilichlarni bir-biriga urib, maydonni jang sadosi bilan toʻldirishadi. Ularning qilichlari havoni kesib oʻtayotgan shovqin eshitiladi, goʻyo ikkita ilon oʻzaro raqsga tushgandek.
"Uchinchi Shahzoda jungkook bilagingizda hali kuch yetarli emas! Tananing markazi mustahkam boʻlsin!" — Seo Jinhwan tinch, ammo buyruq ohangida aytadi. Uning ovozi maydonda aks sado beradi.
Shahzoda jungkook chuqur nafas oldi va zarbasini yanada kuchaytiradi. Unga qarshi turgan yigit esa ustozining har bir soʻzini ilib oladi, uning harakatlari yanada mukammallashadi.
"Baek Dohyun, ortga chekinishga shoshilma! Hujumda ham mudofaa yashirinadi!" — Seo Jinhwan yana bir tanbeh beradi, bu safar askarlarga hos bolgan jigarang kiyimdagi yigitning yani Dohyunning chaqqonligini biroz qattiqqoʻllik bilan tahlil qildi.
Mashgʻulot davom etadi. Ter tomchilari ularning peshonasidan sizib tushadi, ammo ular charchoqni his qilishmayotgandek. Ular uchun bu shunchaki mashgʻulot emas, bu oʻz-oʻzini takomillashtirish, Ustozning ishonchini oqlash va kelajakdagi janglarga tayyorlanish jarayoni.
Seo Jinhwan esa ularga tikilib turar ekan, uning koʻz oldida yoshlikdan beri oʻz qoʻli bilan yoʻnaltirgan ikki kuchli jangchi gavdalanardi. Ularning har birining kelajagi turli boʻlishi mumkin, ammo qilichga boʻlgan muhabbat va vafodorlik ularni birlashtirardi.
Tonggi shafaqning yangi nurlari maydonni yanada yoritib, uchta insonning — Ustoz, Shahzoda va jangchining siluetini chizib beradi.
Bosh qoʻmondon Seo Jinhwan oʻz shogirdlariga soʻnggi koʻrsatmalarini berib, maydonni tark etarkan, uning salobatli qomati uzoqlashib, saroyning tinchligiga singib ketdi
Shahzoda Jungkook esa, ustozining nigohidan xalos boʻlgancha, darhol oʻzini yerga tashladi. U charchoq bilan yotib oldi, ammo yuzida hech qanday magʻlubiyat alami yoʻq edi, aksincha, yengil tortganlik va biroz erkalik ifodasi aks etardi. U koʻzlarini yumgancha, tonggi havodan bahra oldi.
"Oʻlgudek charchadim" – Shahzoda koʻzlarini ochmay gapirdi, Uning ovozida hech qanday mag'lubiyat alami yoʻq edi, chunki u Dohyunning har doim yutishini bilardi. Bu ularning odatiy mashgʻulotlarining bir qismi edi, doimiy sinov
"Hoy sen.! Zarbang shunchalar kuchliki bilagim sinib ketay dedi.." shaxzoda ko'zlarini ochib Dohyunga bilagini ushlab ko'rsatarkan, dohyuning hissiz yuzini ko'rib soxta og'riqdan ingrab ham qo'ydi.
Dohyun xotirjamlik bilan Shahzodaga tikildi. Uning yuzida ortiqcha his-tuygʻu yoʻq edi, faqatgina shogirdlik odobi va shaxzodaga hurmat bor edi.
"Shahzodam, bu mening zarbam tufayli emas, shunchaki siz qo'lingizni noto'g'ri ishlatyabsiz" – dedi u sokin ovozda. Dohyun hech qachon oʻz mahoratini oshkor qilmasdi, har doim kamtarin edi, garchi u mamlakatdagi eng zoʻr qilichboz ekanligini bilsa ham. U har bir mashgʻulotni oʻzini takomillashtirish uchun navbatdagi imkoniyat deb bilardi.
Dohyun egildi, avval Shahzodaning, keyin oʻzining qilichini ehtiyotkorlik bilan yerdan koʻtarib oldi. Ular ogʻir va jilolangan boʻlib, tonggi nurda yaltirardi. Dohyun ularni olib, maydon chetidagi maxsus oʻrindiqlarga borib, har bir qilich uchun ajratilgan joyga qaytarib qoʻydi. Uning har bir harakati tartibli va aniq edi.
Shahzoda oʻrnidan turishga urinib, ingrandi. "Voy, shunchalik charchadimki, oʻrnimdan tura olmayapman, Endi bu yerdan qanday ketaman?" –
u yana hazillashib, Dohyunga nigoh tashladi.
Dohyun hech bir soʻz demay, Shahzodaning tepasiga keldi. Uning sovuqqon koʻrinishiga qaramay, shaxzoda turishiga yordamlashish uchun qoʻllarini choʻzdi , Shahzoda uning kuchli qoʻllariga suyanib, osonlikcha oʻrnidan turdi. Uning yuzida yengil tabassum paydo boʻldi.
"Aytgancha, sen yana baxsda g'olib bo'lding, kelishganimizden endi nima istashingni ayt"
Shaxzoda yengil kulib dohyuning javobini kutdi.
Mashq jangiga kirishmasidan oldin ustozdan yashirincha bahs qilgan ikki jangchidan kim g'olib bo'lsa yutuq sifatida o'zi istagan narsani mag'lub tomon berishi kerak, bu ularning odatiy kichik baxislari. Lekin odatda bunday baxslarda Dohyun g'olib bo'lardi.
Dohyun yengil bosh egdi. "Shahzodam, Markaziy bozordagi ustaxonada yasalgan oʻq-yoy haqida juda ko'p mish-mishlar tarqagan" Uning ovozida odatdagidan koʻra biroz koʻproq intilish sezildi. "U juda qimmat, lekin u yerda eng zoʻr oʻq-yoylar yasaladi, deyishadi. Men uni sinab ko'rishni istayman. Men u bilan oʻzimning kamonchilik mahoratimni yanada oshirmoqchiman"
Shahzoda quvnoqlik bilan uning yelkasiga urdi. "Tamom! Uni senga olib beraman. Sen bunga loyiqsan! Bugun darrov saroy ustalarga buyruq beraman."
"Tashakur" Dohyun kichik bosh egib qo'ydi.
Ikkalasi maydonni birga tark etsharkan Shahzodaning yuzi xushchaqchaqlikdan porlab tursa, Dohyunning yuzida odatdagi sovuqqonlik va kamtarlik hukmron edi, ammo koʻzlarida ichki mamnuniyat uchqunlari yashiringan edi.
Tonggi quyosh endi toʻliq koʻtarilib, Gukgwan Muyeonwon maydonini yorqin nurga choʻmgandi. Bu yerda faqat jang sanʼati emas, balki sadoqat, hurmat va chuqur doʻstlik ham oʻrgatilar edi.
sekin qadamlar bilan Seo oilasi qoʻrgʻonining ichki hovlisi boʻylab yurardim, Atrofimda yam-yashil daraxtlar, gullab turgan butalar va ohista shildirab oqayotgan suvli kichik xiyobon bor edi. Yonimda esa o'sha doim tabasum bilan yuradigan notanish qiz.
"demak sening ismin hwari shundaymi?" – ovozim hanuz biroz titroqli edi.
Men hanuz oʻzimgakela olmagandim. Miyamni minglab savollar gʻijimlardi. Men bu gʻalati holatni tushunishga qayerda ekanligimni aniqlashtirishga harakat qilardim.
Men bu yerga qanday, qay yo'l bilan kelib qolganimni bilishim kerak, shundagini men ortga yo'l topa olaman.
Hwari xavotir bilan menga qaradi.
"Ha Yosh Xonim, mening ismim hwari, yoshligimdan beri siz bilanman. Tugʻilganimdan beri sizning yonizdasiz. men sizning shaxsiy xizmatkoringizman. Har doim sizga xizmat qilganman," dedi u, sodiqlik bilan.
Men bosh irgʻadim
"Tushunarli... Demak, mening ismim... Seo Jiyeon, shundaymi?"
"Ha, xonim, sizning ismingiz Seo Jiyeon," dedi hwari muloyimlik bilan.
"Siz ushbu qoʻrgʻonning egasi, Buyuk Qoʻmondon Seo Jinhwanning yagona qizisiz. Onangiz esa Seo Soojin xonimlar"
"Lekin hwari men.. men qanday qilib hushimni yoʻqotdim?"
Hwari bir oz ikkilanib, soʻngra soʻz boshladi: "ikki kun avval kechasi....butun mamlakatda Qonli oy bayrami nishonlanayotgan edi..... Men markaziy maydonda siz bilan birga edim, siz "qonli oy"ni qo'rg'ondan tashqarida tomosha qilishni istagan edingiz, shuning uchun siz bilan men qo'rg'ondan yashirincha chiqib ketdik, lekin biz ko'chada paytimiz siz yoqolib qoldingiz, men sizni topolmay qoldim, odamlar ko'p bo'lgani uchun adashib qoldingiz deb o'yladim, lekin keyin birdan siz shoshganch qayerdandir yugurib keldingiz, va bexosdan suvga tushib ketdingiz va Hushingizni yotingiz, uchinchi shahzoda sizni qutqarib bu yerga, qoʻrgʻonga olib keldi. Oʻshandan beri siz hushsiz edingiz, xonim. Biz hammamiz sizdan juda xavotir oldik."
men yana bir chuqur nafas oldim.
"demak Men o'z davrimda avtohalokatga uchragan vaqtimda bu yerda jiyeon suvga tushib ketgan."
Men bu ikki hodisani bir-biriga qanay aloqasi bor?
Men qanday qilib bir necha asr ortga qaytib qolishim mumkin?
"Voy...hwar... Hozir nechanchi yil"
Men o'z zamonimdan necha yil orta ekanligimni bilsam bu menga ko'p narsalarni tushunishimni osonlashtirardi.
Lekin hwari mening savolimni tushunmagandek menga g'alati qarab turardi
"Sizlar yil hisobini bilmaysizlarmi? Jin ursin hozir nechanchi yil ekanligini endi qanday bilaman"
Hwari go'yo bir nima yodiga tushgandek chaqnab ketdi
"Oh.. yosh xonim .... Bu yil Qirol Taejongning hukumdorligining 15 yili"
"Qirol Taejongmi?"
Men hayratda qoldim, lekin ko'proq qo'rquv ayni dam men his qilayotgan narsa edi.
"Qirol Taejong, markazlashgan boshqaruv va shavfqatsiz qarorlari bilan tarxda iz qoldirgan, Qirol Taejong taxtga chiqish uchun o'z aka-ukalarini va boshqa siyosiy raqiblarini yo'q qilgan."
Fikr va reaksiya qoldirishni unutmang
Muallif: Aylin
Kanal: @Cruel_fanfic