October 6, 2025

ZULMAT GULI

28- episode

Men monitordan ko‘z uzmay kuzataman. malikam qiynalib, podval eshigi tomon sudralmoqda. Muvozanatni saqlash uchun qo‘llarini devorlarga tiragan, yuzini shunday burishtirganidan bilamanki, u og‘riqdan azoblanayapti.

Uni ovqatlanish xonasida yolg‘iz qoldirishim bilan, u tanishib olgan yigitning yoniga ketishini taxmin qilishim kerak edi, shuning uchun ajablanmayman.

Podvalda kameralar bor, ammo mikrofonlar yo‘q. Shuning uchun Mia u yerda qolib, shu yigit bilan anchadan beri gaplashayotganini tushunishimga biroz vaqt ketdi.

Ular, shubhasiz, bir-biriga shunchalik qadrdon bo‘lib qolishgan-ki, hatto o‘zini xavf ostiga qo‘yib ham u yigitning yoniga qaytmoqda.

Uning jasoratiga qoyil qolaman. U mendan avvalgidek qo‘rqmayapti, yoki balki endi butunlay qo‘rqmayotgandir.

Qaysi biri bo‘lishidan qat’i nazar, buning ahamiyati yo‘q. U oqibatlari borligini bilsa ham, podvalga tushyapti.

Kutishdan tishlarimni g‘ijirlatib, uning eshikni ochib, zulmatga tikilishini kuzataman.
Nazarimda, u hatto pastga tushish fikridan qaytishi ham mumkin... Uning butun vujudi qaltirayapti, ko‘zlari vahshatdan qotib qolgan.

Men uning keyingi harakatini kutib nafasimni ichga yutaman. Agar u pastga tushishga qaror qilsa, uni jazolashni istamayman, ammo bu unga dars bo‘lishi kerak...

Miа yorug‘likni yoqadi va qaltiroq oyoqlarida pastga tusha boshlaydi. Men bir nafas olaman-u, kursimga suyanaman. Ochig‘ini aytsam, hafsalam pir bo‘ldi.

Menimcha, uning bir qismi bo‘lsa ham, mendan yomon odam yasashga intilmaydi

Axir, men yaxshi bo‘lishim mumkin.

Men uning uchun yaxshi bo‘lishni xohlayman.

U zinadan qaytib chiqqanida ham uni jazolay olishimga shubham bor. U shundoq ham azob chekmoqda; biror narsaga suyanmasdan zo‘rg‘a yura olmaydi.

Agar men unga yana og‘riq bersam, o‘zim allaqachon bo‘lganimdan ham battarroq maxluqqa aylanaman.

To‘g‘ri, men narkotik, qurol sotaman va odam o‘ldiraman, ammo bu Nyu-York mafiyasini boshqarishning bir qismi xolos. Bu otam nafaqaga chiqqanida Italiya mafiyasini boshqarishni o‘z qo‘limga olishim uchun o‘zimni isbotlash usuli.

Men qilayotgan ishlarim shunchaki biznes, ammo shundoq ham qiynalayotgan himoyasiz qizga aziyat berish... bu hatto men uchun ham juda pastkashlik bo‘lar edi

Qolaversa, ba'zan men odam savdogarlari va zo‘ravonlik kabi bunga loyiq bolganlarni oldiraman

Menimcha Mia yashirincha chiqib ketgani uchun jazolanmaydi. Men uni bu ishni yashirincha qilayapman va jazosiz qolaman deb o'ylashiga ruxsat beraman. Bu menga hech qanday ta'sir qilmaydi, shuning uchun uni shundayligicha qoldiraman.

Oldimdagi ekranga tikilgancha kuzataman. Mia yo‘lakdan pastga tushib bormoqda, uning nigohi kameraning ichiga emas, boshqa joyga qaratilgan. U tezda yo‘lakning oxirini topadi va o‘zi ushlab turilgan kamerani tekshiradi.

U kamida ikki daqiqa qimirlamay unga tikilib turadi.

Yana bir bor vijdon azobi meni qamrab oladi.

Uning ismini aytib chaqirganini eshitib, bu hisni o‘zimdan itarib tashlayman.

"Skott." Uning mayin, farishtadek ovozi men kameraning ichiga o‘rnatgan mikrofonlar orqali yangraydi.

Men uning pastga tushishni xohlashini bilardim, shuning uchun eshikni ochiq qoldirganman va mikrofonlar o‘rnatganman. Shu yo‘l bilan men ular orasida aytiladigan har qanday ma'lumotni to‘play olaman. Hozircha mikrofonlar o‘zlarini foydali ekanligini isbotladi, chunki men bolaning ismini bilaman.

Skott.

Men Richardga uni kimligini tekshirtirishini buyuraman. Balki shundagina men kokainimni kim o‘g‘irlaganini nihoyat aniqlay olarman.

"Meni chaqiribsizmi xo'jayin?" Mening ofisimga qo‘llarini shimlari cho‘ntagiga solib, beparvolik bilan kirib kelayotgan Jiminga ko‘zim tushadi. Men monitorni o‘chiraman, lavhalarni keyinroq ko‘rib chiqaman.

"Nega senda zarracha odob yo‘q?" deyman, ko‘zlarimni olib qochib. Agar ofisimga shunday kirib kelgan boshqa kim bo‘lsa edi, men uni shu yerdayoq otib tashlagan bo‘lardim. Ammo jimin mening eng yaqin do‘stim, shuning uchun qanchalik xohlamasan ham uni otmayman, u esa buning qadriga yetmaydi deb o'ylayman.

Jiminning lablari istehzoli jilmayishga aylanadi. "Qattiq jadvalga ega bo‘lgan yagona odam men emasman."

"Kechirasan men sizning yotoq rejangni bo‘lib qo‘ydimmi?"

"Aslida buzding. U hozir yotoqxonamda yolg‘iz meni kutib o‘tiribdi. Shuning uchun bu ishni tezroq buyur men esa ketay..."

"O'sha fohishanga ishlaring borligini ayt. Sen Miani kuzatishing kerak," deyman, soatimga qarab. Soat deyarli o‘n ikki bo‘ldi va Yaponiyaga oid barcha rejalar, shuningdek, bo‘lajak qurol savdosini yakunlash uchun ofisga kirishim kerak.

Jiminning yuzida hech qanday ifoda yo‘q, ammo u barmoqlarini g‘ijirlata boshlaganidan g‘azablanganini bilaman. Lekin u menga gap qaytarish yaxshi emasligini biladi.

"Hop xo‘jayin."

"Uning tushlik va kechki ovqat qilganiga ishonch hosil qil. U uydan chiqmasligi kerakligini eslatishim shart emas, deb o‘ylayman."

Jimin bosh irg‘aydi. "Tushlik, kechki ovqat, uydan chiqmaslik. Tushundim."

Men kursimdan turaman va qurolim va telefonimni olaman. "Men hozir ketaman, bor uni top. U hozircha podvalda, lekin uni u yerda tutib olganingni ko‘rsatma. U, o‘zicha, jazosiz qoldi deb o‘ylasin."

"U qayerda uxlaydi?" deb so'raydi Jimin. Men unga qayrilib qarayman va uning yuzida shumlik tabassumi aks etganini ko'raman. Bu ahmoq buni kulgili deb o'ylayapti.

"Mening xonamda," deya tishlarimni qisib javob beraman.

Jimin esa kulimsiraydi.
"Men u bilan nima qilishim kerak?"

"Bilmadim, Hanna top? Shunchaki uni kuzat va ahmoqlik qilmasligiga ishonch hosil qil," deyman, ofisimdan chiqib ketar ekanman va jiminni ortda qoldiraman.

Men mashinam tomon yo'l olaman, haydovchim aytganimdek meni kutmoqda. Aeroportga ketayotgan yo'lda qilishim kerak bo'lgan barcha ishlar haqida o'ylash uchun vaqtim bor.

Chorshanba kuni, ya'ni uch kundan keyin Yaponiyaga uchib ketamiz, ammo Miaga men bilan birga borishini hali aytganim yo'q. Uning qanday munosabat bildirishini bilmayman va menimcha, chorshanbagacha aytmasam, uning uchun yaxshiroq bo'ladi.

Menga esa hozircha keraksiz muammo shart emas.

Umid qilamanki, Yaponiyada hamma narsa silliq o'tadi.

28- episode tugadi

Fikr va reaksiya qoldirishni unutmang