ZULMAT GULI
26 episode
Jungkook meni quchog'iga ko'targancha ovqatlanish xonasi tomon yo'l oldik. Bu, bir haftacha avval uni sanchqi bilan urib yuborgan joyim edi. Bir haftadan oshiq vaqt davomida yo'q bo'lib qolganimni, odamlar meni topa olmayotganini bilish qanchalik g'alati tuyuladi.
Men sezayotgan bezovtalikni zo'rg'a yashirdim. U qornim tomon ilgarilab, ochlik tuyg'usini xastalik hissi bilan almashtirayotganday edi.
Jungkookning iliq nafasi yuzimni siladi. Uning nigohi meni tortib, terimni kuydirayotganini his etdim.
Yuzim qizib ketdi, biroq asirlikda yotganimda yanoqlarimning sharmandalikdan qizarish yuzimda abadiy muhrlanib qolgandek edi.
Jungkook iliq jilmaydi, lekin men undan ko'zimni olib qochishga harakat qildim.
Uning yordamini menga ishonch qozonish uchun qilayotgan harakat deb o'ylashlarini istamayman. Unga ishona olishimga shubham bor.
Qisqa masofaning oyoq-qo'llarimga berayotgan zo'riqishini sezdim. Bu, sog'ayib ketmagunimcha qochish shunchaki xayol ekanligini tasdiqladi.
Oyoqlarimga bosim tushayotganidan oyoqlarimning tagi yonardi
"Deyarli yetib keldik," dedi Jungkook Biz ovqatlanish xonasiga kirar ekanmiz, men yengil nafas chiqarib yubordim.
Ko'zlarim stol ustidagi ikki likopchali tuxum va bekon solingan taomga tushdi. U meni bir hafta avval o'tirgan stulim tomon boshlab, sekinlik bilan o'rindiqqa tushirdi.
U mendan qo'lini olganida, shu lahzaga minnatdor bo'ldim, biroq uning tanasidagi iliqlik ketganidan qanchalik sovib qolganimni sezmasdan ilojim yo'q edi.
U stol boshida, yonimdan joy oldi, lekin ovqatlanishni boshlamay, faqat mengagina tikilib turdi. Men esa, aksincha, ikkilanmadim, darhol pichoq va sanchqi tomon qo'l uzatdim. Shunda ularning plastmassa ekanligini angladim.
Bunga hech qanday munosabat bildirmadim. Ovqatimni kesishga kirishdim va non ustidagi tuxumni katta-katta luqmala bilan yeyishni boshladim. Ichimdan kemirayotgan ulkan ochlikni qondirish uchun yetarlicha kattalikda tishlay olmasdim.
Va shu payt davomida, jungkook shunchaki tikilib turardi.
Likopchamni bo'shatib, tozalaganimdan so'ng, jungkookga yuzlandim. U ham o'z taomini yeb bo'lgan ekan. Uning qachon ushbu asboblarni olganini ham sezmabman. Men o'z ovqatimga shunchalik berilib ketgan bo'lishim kerak.
"Shunday qilib..." deb boshladi u. "Menga oilang haqida gapirib ber, Mia."
Bu savoldan tishlarimni qisdim. Nega u mening oilam haqida bilmoqchi? U shubhalanyaptimi? Yoki men qochishga urinmasligim uchun ularni o'ldirmoqchi bo'lyaptimi?
"Onam โ meni tarbiyalagan yagona inson. Men bilgan yagona oilam ham shu," โ tishimni tishimga qo'yib yolg'on gapirdim. Lekin bu shunchalik tayyorlangan yolg'on ediki, uni aytish oson bo'ldi. Boshimdan o'tkazishga majbur bo'lgan barcha axmoqliklarim bilan professional aktrisa bo'la olardim.
"Otang-chi?" deb jungkook qistadi. Chap qoshini bir oz ko'targanidan bu uning haqiqatan ham bilishni istagan narsasi ekanligini angladim. U shubhalanayotgani aniq. Agar haqiqatni bilsa, meni qanday dahshatlar kutayotganini faqat tasavvur qila olaman.
qo'limni sochim orasidan o'tkazdim. "Otam men yoshligimda, avtohalokatda vafot etgan."
"Uning kasbi nima edi? Uning biron bir aloqalari bormidi? Oilangiz Roman Marino bilan do'stmidi?" Uning savollari go'yo o'qday uchib kelardi. U meni qoqintirishga, o'tmishimdagi bo'shliqlarni bilib olishga urinayotgandek edi.
"Bilmayman" dedim "aytdim-ku, men yosh edim, shunchaki go'dak." Tishlarimni g'ijirlatib, otam haqida boshqa savol bermasligiga umid qildim, ular haqiqiy bo'ladimi yoki yolg'on.
Menimcha, junhkookda men haqimda biron bir ma'lumot bor. U Nyu-York mafiyasi rahbari bo'lgani uchun, ehtimol, hamma haqida hamma narsani bilsa kerak.
Bu esa mening aytgan har bir so'zimni xavfli qilib qo'yadi. Men qoqilmasligim kerak.
Jungkook bosh irg'adi va kursisiga suyanib, bir stakan suvini ho'pladi.
"Bo'pti. Men savollarimdan birini berdim, endi navbat seniki."
Menga savol berishga ruxsat bermaydi deb o'ylagan edim.
Endi nima so'rashim kerakligi haqida aqlli bo'lishim kerak. Uni g'azablantirishga haqqim yo'q.
"Biz qayerdamiz?"
Uning benuqson yuzida masxaraomuz tabassum paydo bo'ldi. "Meyn."
Og'zim ochilib qoldi. Meynmi? Men Meyndami? Hatto Nyu-York bilan bir shtatda ham emasman-ku.
Meni hech qachon topishmaydi, Meynda meni hech kim izlamaydi. Ko'zlarim yana jungkookga tushdi. U o'zidan mamnun, xuddi g'olib chiqqandek ko'rinardi. U meni boshqa shtatdan topish ehtimoli nihoyatda past ekanligini biladi.
Ko'zlarimni yumdim va chuqur nafas oldim. Hech bo'lmasa qayerda ekanligimni bilaman, garchi bu katta farq qilmasa ham. Chunki men faqat Nyu-Yorkda bo'lganman va u yerdan tashqarida hech qayerga yo'lni bilmayman. Umrim davomida AQSH xaritasiga bir-ikki marta ko'z tashlaganman, xolos.
"Do'sting Elisni qanchalik yaxshi bilasan?" โ jungkook to'satdan so'rab qoldi.
Nega bunday savol berganidan hayron bo'lib, boshimni sal egdim. "U qadar emas. Biz shunchaki klub va shunga o'xshash joylarda birga bo'ladigan do'stlarimiz," โ yelka qisdim.
"U senga nima uchun tinmay qo'ng'iroq qilyapti?"
Oldimdagi likopchaga tikilgancha ko'zlarimni yumdim.
"bilmadim, balki men yo'qolib qolganim uchundir?" โ zardam aralash javob qaytardim.
Jungkookning yuzi hech qanday hissiyotni ifodalamadi, u menga javob bermadi. Uning jahli chiqqanini yoki o'z maqsadiga erishganini bilmasdim. Bu g'azabimni qo'zg'atardi.
"Mendan nima istaysiz?" โ so'radim.
Endi yelka qisish navbati unga keldi. "Malikam, bu haqda hali ham o'ylayapman," โ u lablarida mayin tabassum bilan shivirladi.
Uning bu nozik iborasidan tanamning harorati ko'tarilganini his qildim. Nega bu odam bunchalik juda jozibali bo'lishi kerak?!
"Italiyaning qayerida tug'ilgansan?"
"Florensiyada," โ javob berdim. U yerda juda oz yashaganman, hech narsani eslay olmayman, biroq bir kun kelib qaytishni orzu qilardim. Agar bu vaziyatdan chiqib keta olsam, hali ham shunday bo'lishiga umid qilaman.
"Nima uchun Avstraliyaga ko'chib o'tgansan?"
"Senga qayta-qayta qo'ng'iroq qilgan nomalum raqam kimniki?"
Voy Xudo, agar jungkook qo'ng'iroqlardan biriga javob bergan bo'lsa-chi? Yo'q, agar u javob berganida, telefon signali orqali kuzatib meni topa olishardi, va uning bunday ahmoqlik qilishiga shubham bor.
"Bilmayman," โ deb takrorladim.
U istagan javoblarni ololmayotgani uning asabiga tegayotganini sezyapman.
"Sevimli ranging nima?" โ deb so'radi u. Bu g'alati savol oldingi so'rovlariga qaraganda ancha yoqimli bo'lsa-da, meni hayratda qoldirdi.
"Maktabda sevimli darsing nima bo'lgan?"
"Rostdanmi?" โ jungkook kulib, marvariddek oq tishlarini ko'rsatdi. "Men tillar bo'lsa kerak deb o'ylagandim."
Uning yuzi javobimni kutib biroz hayrat aralash chimirildi.
Bu odam bilan odatiyga o'xshash suhbat qurish juda g'alati tuyulardi. Tanam va ongim asta-sekin bo'shashib, o'zimni qulayroq his qila boshladim.
"Men tillarni ham yaxshi ko'rardim, lekin san'atdagi tartibsizlik menga ko'proq yoqardi. Unda so'zlar bilan emas, balki mo'yqalam yoki qalam zarbalari bilan o'z tilimni yaratish imkoniyati bor edi."
Jungkook kuldi, u chin dildan kuldi. "Bu hislating menga yoqdi" โ dedi u.
Men javoban hech narsa demadim, kichik tabassumimni qo'lim orqasiga yashirdim. O'zim haqimdagi bu narsalarni aytib berayotganimdan o'zimni juda ahmoq his qildim.
Nega birdan bu odamga o'z fikrlarimning ichki ishlarini ochib beryapman?
"Italiya tili," โ hech ikkilanmay aytdim. Doim shunday bo'lgan. Chunki bu til meni Dadamga eng yaqin his qilishga majbur qiladi.
U cheksiz ko'p Skypedagi darslar orqali menga tilni o'rgatgan. Darslar og'riqli edi, lekin men qaysar bola edim va Italiya tilini o'rganishga qat'iy bel bog'lagandim, shunday qildim ham.
"Qiziq, va senga Italiya tilini kim o'rgatgan?"
Jungkookning yuzi biroz oldin uning yuzida bo'lgan xotirjam, hazilomuz ifodadan tushib ketdi va juda zulmatli tus oldi.