March 6, 2025

MAG'RUR SEVGI

5-episode

O'n kundan so'ng

"U o'tkir diareya bilan murojat qildi. Men bu E Coli ekanligiga ishonaman...." Men hamkasbimga biroz oldin OPDga taqdirm etilgan ishni tushuntirdim.

U boshini qimirlatib, bir necha eslatma oldi "unga tomchilama yubordingizmi"

"Ha , Ringer laktati" deb javob berdim.

U yana bosh irg'adi "u kuzatuvga muhtojmi"

" Ha uning ahvoli unchalik yahshi emas, uning qon bosimini va suyuqlik chiqishini kuzatish maqul" men javob berdim.

"Yahshi men buni o'zim ko'rib chiqaman"

Men bosh irg'ab OPDga qaytdim

" Hoy Elif , qarab yuboring "

"Ha Endryu "

Bugun kechqurun rejalaringiz qanday

"Hmm..., menda bugunga reja yo'q kasalxonada ishm tugagach uyga ketaman. Nega"

U sal yelka qisdi "sizni kechki ovqatga taklif qilmoqchi edim"

" Eh...,,, agar do'ktir Esra xonim men oxirgi daqiqalarda shu yerda tunashga majbur qilmasa, men roziman " men javob berdim.

U kukdi. "O'ylaymanki , Esra honim dastlabki ish kunlarida travmatik tajribani boshdan kechirgan, shuning uchun u endi bizdan alamini olmoqchi"

" Bu hamma narsani oydinlashtiradi. Rostini aytsam odamlar o'z jarohatlarini boshqalarga ko'rsatishni yomon ko'raman , masalan sizga qanday qilib to'g'ri munosabatda bo'lmaganligimiz uchun biz aybdormizmi? Nega bizga achiq ailishingiz kerak" menimcha, men bir nafasda gapirdim

" Juda to'gri gapirdingiz" u meni fikrimga qo'shildi

" Xo'sh men OPDga qaytishim kerak"

" Albata..., menga kechki ovqat haqida yozing" u turib oldi

" Hop"

"Elif" meni orqamdan Asyani shoshilinch ovozi chaqirdi.

" Ha" men unga qaradim

"Bu yerda kim borligini tahmin qiling" dedi u , men va Endryu unga indamay qarab qoldik.

"Aras Kaplan" u e'lon qildi , va men xirilladim.

" Menga barbir" dedim yuz o'girib

"Majbursan, Do'ktir Esra sizga tikuvlarni olishda yordam berishimni aytishimni tayinladi"

Men bezovtalanib ingradim "uning men bilan qanday muamosi bor, nega u buni boshqa birovga buyurmaydi"

"Xavotir olma, barbir bu uning kasalxonaga oxirgi safari"

" Haqiqatdan ham shunga umid qilaman " men xo'rsindim.

u yotgan stol yonida turganimda ko'zim sovuq odamning ko'zlariga qamalib qoldi. Men unga ko'zlarini yumish yoki boshqa qaramaslikni aytish istagi bilan kurashdim.

Do'ktir Esra xonim menga uning tikuvlarini olib tashlashni buyurgan edi, Esra xonim stolning qarama- qarshi tomonida turib , uning tikuvlarini olib tashlash ustida ehtiyotkorlik bilan ishlayotganimni kuzatib turardi.

Xayolimda bundan keyin u menga nisbatan koproq qora gaplar aytadimi deb o'yladim. Yoki u meni xayollarida alaqachon so'kayotgan bo'lsachi.

" Yana qancha" u to'ng'illadi

Qanday qilib shikoyat qilmayotganini hayron edim.

"Yana bir necha daqiqa" men javob berdim

Men uning manfaati uchun juda ehtiyotkor bo'ldim, shuning uchun u meni vaqt masalasi bo'yicha ayblamasin. Lekin u haqiqatdan ham hech narsa uchun minaddor bo'lolmasdi, shunday emasmi?

"Men bir necha daqiqada qaytaman" dedi do'ktir Esra xonadan chiqib ketmasidan oldin.

Jin ursin

Aras Kaplan hafsalasi pir bo'lib xo'rsindi " siz bir kunlik tatil olishingiz kerak edi"

Men ko'zlarim yumdim. "Men unutibman... Bundan tashqari do'ktir Esra meni yana sizga qarashim uchun shunchalik yomon ko'radi deb o'ylamagan edim.

" Men tikuvlarni olib tashlash tezkor protsedura ekanligini o'qidim" deb pichirladi

"Men siz uchun juda ehtiyotkorman" e'tiborimni uning tikuvlariga qaratishdan oldin, bir lahza unga qarab qo'ydim.

U masxara qildi "siz sekinroq bo'lsangiz qobiliyatsizligingizni qoplamaydi"

Boshimni ko'tarib unga qaradim. "Hozir bunday so'zlarni aytish uchun o'zingizni juda murosasiz ahvolda deb o'ylamaysizmi"

U chuqur nafas oldi, yuzidagi nigoh bo'shashdi va befarq edi. "Birgina notog'ri harakat qil kichkintoy oilang sen uchun aza tutadi"

Men oxirgi tikuvlarni olib tashladim va unga qarab yana xo'rsindim "kichkintoymi?"

U xirriladi

Men unga qaradim -" do'ktir Elif"- men unga qattiq gapirdim " menga shunday murojat qilasiz Kaplanbey, kichik shifokor bo'lish hurmatga loyiq emasligimni anglatmaydi"

U jilmayib qo'ydi, ko'zlarida o'yin kulgu raqsga tushdi. Shu payt Do'ktir Esra qaytib keldi.

" Bajarildimi? Yahshi endi tez tibbiy yordamga shoshiling. Yangi bemor keldi" dedi u

Boshimni qimirlatib xonadan chiqidim. Shaxsiy himoya vositalarim, qo'lqoplarim va niqobimni tashlaganimdan song tez yordamga shoshildim.

Biz bemorni tezda barqarorlashtirishga muaffaq bo'ldik, keyin men kasalxona tashqarisidagi yo'lakda turdim. Do'ktir Esra uyga borishim mumkunligini aytdi, chunki bizda ko'proq bemorlar oqimi deyarli yo'q edi.

Mening mashinam ustaxonada edi, shuning uchun men Endryuni kutib turdim. Men ishdan erta chiqanim uchun uning kechki ovqat taklifiga rozi bo'ldim.

" Mashina kerakmi" orqadan chuqur ovoz eshitildi. Manbaga qarayman deb o'girildim, yuragim tezlashdi.

Uning 6 futlik figurasi menga hech narsa bo'lmagandek tik va baquvvat qarab turardi.

" Yo'q, Kaplanbey" dedim asabiylashib atrofga alanglab. Atrofimni o'rab turgan zulmatni ko'rib umurtqamga sovuq yugurdi.

Go'yo kimdir meni bu odamdan qutqara oladi.

" Menimcha esa mashina kerak" u turib oldi ko'zlari bir marta ham meni tark etmadi "yetkazib qo'yaman"

Men chuqur nafas oldim. "Yo'q, Kaplanbey, taklifingiz uchun Rahmat "

Uning lablari yana ochildi , lekin u gapirishga ulgurmay, orqadan Endryuning ovozi eshitildi.

Men ichimdan yengil tortdim

" Hey , ketishga tayyormisiz" u o'sha yerda turgan devni qandaydir sezmay, oldimga chiqdi.

Men gapirishga so'z topa olmay bosh irg'ab qo'ydim.

Men Kaplanbeyning peshonasida qovog'i chimirilib ketganini ko'rdim , u xuddi o'zining eng matta dushmanidek Endryuga o'tli nigoh bilan qarardi.

Qanday achiq , nafratli odam.

Men orqamga o'girildim va sovuq odam bilan xayirlashmasdan Endryu bilan uning mashinasi tomon yura boshladim.

Bu hikoya vip kanalda deyarli tugallangan agar barchasini bir vaqtda o'qishni istasangiz 10 min so'mlik tarifni sotib oling va barcha qismlarni mutola qiling.

Muallif:Aylin
Kanal: @cruel_fanfic