ZULMAT GULI
"Men siz bilan Yaponiyaga bormayman," deyman qo‘limdan kelganicha dadil bo‘lib. Ammo buning o‘rniga ovozim ishonchsiz va past chiqadi.
Jungkook menga qaraydi, uning yuz ifodasi har doimgidek bo‘sh. U gapirishdan oldin boshini biroz yon tomonga egadi. "Seni bu borada tanlash huquqim bor deb o'ylashga nima majbur qildi?"
Uning shunday deyishini kutgan bo‘lsam ham, baribir hayratda qolaman va o‘rindiqda noqulay qimirlay boshlayman. Keyin o‘rnimdan turib, Jungkook va beparvolik bilan divanda o‘tirib, bu suhbatni kuzatayotgan jimindan uzoqlashaman.
"Men bormayman," deyman g'azab bilan
"Men B-baqirib, chinqiraman va odamlarning shubhasini uyg‘otmasdan meni bojxonadan olib o‘ta olmaysiz."
Jimin o‘tirgan joyida kulib yuboradi va yana bir hovuch chips oladi. Paketning shiqirlashi hammamiz orasidagi noqulay sukunatni yanada kuchaytiradi.
"Men sendan boshqa hech narsa kutmayman ham," deydi jungkot xotirjamlik bilan.
Men jahlim chiqib, jag‘imni qisaman. "Meni xohlagan joyingizga, go‘yo bir qop go‘sht tashiyotgandek olib keta olmaysiz!"
U nihoyat istehzoli jilmayadi va bu meni uni mushtlagimni kelishiga sabab bo‘ladi.
Men huvillab yana bir qadam orqaga chekinaman. "Meni o‘zingiz bilan olib keta olmaysiz. Men hali ham kasalman va samolyotda ahvolim yanada yomonlashadi," deyman, boshqa yondashuvni tanlashga qaror qilib. Men bilaman, u hatto ahvolim yomonlashishidan ham xavotir oladi.
"Mia, mening senga bo‘lgan hislarimdan foydalanma. Mazax qilinishini yoqtirmayman," deydi u. Uning yuz ifodasi odatdagidek jiddiy tusga qaytdi.
"Agar haqiqatan ham kasal bo‘lsang, ketishimizdan oldin Hemmel seni tekshirib qo‘yadi."
La'nati! Bundan qochishning iloji yo‘q!
Agar u meni qancha muddatga ekanini Xudo biladigan uzoq vaqtga Yaponiyaga olib ketsa, otamning meni topish imkoniyatlari milliarddan birga tushadi. Hech kim mening shtatdan tashqarida, hatto boshqa bir davlatda ekanimni kutmaydi.
"Iltimos, meni shu yerda qoldiring. Va'da beramanki, qochishga urinmayman. Yaxshi qiz bo‘laman," deya yalinaman, ammo jungkook hayratlanmagan ko‘rinadi.
"Sen men bilan ketyasan, bu qat'iy," deya g‘azablanib. "Jimin, men o‘n daqiqadan keyin pastga tushgunimcha uni tayyorlab qo‘y."
Jungkook ketib, meni butunlay yordamsiz qoldirganida, men turgan joyimda qotib turaman. Jimin esa, go‘yo yorug‘likka tushgan kiyikdek, menga tikiladi. U divandan turib, men tomon yurganini ko‘raman, ammo men juda tez harakat qilaman va u yaqinlashishidan oldin divanning narigi tomoniga o‘tib olaman.
"Yo‘q! Men Yaponiyaga bormayman!" deya unga qarab baqiraman. "Orqaga chekin!"
Qo‘llarimni oldinga cho‘zaman, bu uni to‘xtatadi, deb umid qilib, ammo u yaqinlashishda davom etadi.
"Kechirasan, Mia. Lekin jungkook menga biror narsa qilishni buyursa, men uni qilaman."
"Ikkalangiz ham mutlaqo dahshatli odamlarsiz!" deya g‘azabdan chinqiraman. Bir necha kundan beri ichimda to‘planib yotgan barcha g‘azab va cheklangan jahl, hattoki podvalda qamalgan vaqtimdagi nafrat ham bir lahzada portlab chiqadi
"mendan uzoqlash! Ikkovingiz ham ahmoqsizlar. Qasam ichamanki men bu yerdan chiqsam ikkovingizni ham o'lim nafasingizgacha azoblayman"
Men o‘zimga eng yaqin turgan narsani – jimining s pivo shishasini shoshilinchda olaman va uni unga qarab otaman. Yaxshiyamki, jiminga tegmaydi, devorga tegib qattiq sinadi. Shisha parchalari hamma joyga, polga tarqaladi.
" Kalmati Mia ( tinchlan Mia)" deydi jimin xotirjamlik bilan, u qurollari yo‘qligini ko‘rsatishga urinayotgandek, qo‘llarini cho‘zgancha menga yaqinlashishda davom etadi.
Men istehzo bilan kulib, orqaga chekinishda davom etaman.
"Men jangsiz yutqazmayman, la’nati!" deya tajovuzkorlik bilan g‘o‘ldirayman. Go‘yo men ilgari bo‘lgan uyatchan, cheklangan qiz g‘oyib bo‘lib, o‘rniga vahshiy ayol kelgandek edi.
Men xonani yana bir bor jinnilarcha qurol qidirib ko‘zdan kechirishni boshlayman, ammo hech narsa topmayman. To men katta lampaning yorug‘ligiga ko‘zim tushmagunimcha, bu esa kimnidir boshiga urish uchun mukammal ko‘rinardi
Simini rozetkadan uzib, lampani boshim uzra tutib turaman, agar jimin yaqinlashishga jur'at qilsa, uni qurol sifatida ishlatishga tayyor turaman.
"Mia, nima qilayotganingni o‘yla. Jungkook senga zarar yetkazmaydi," deya g‘o‘ldiraydi jimin.
Men vahshiy ayol kabi kulib yuboraman. " Sta zitto ( O‘chir ovozingni)" deya baqiraman. "Menga bu yolg‘onlarni aytma!"
Ko‘zlarimdan to‘kilgan g‘azab va hissiyot ko‘z yoshlari oqadi. Ichim shunday g‘azabga to‘lgan-ki, tanam titraydi va nafas olishim shunchalik yuzaki bo‘lib qolganidan, boshim aylana boshlaganini his qilaman. "Men itoatkor bo‘lishni o‘ynashdan charchadim! Men ozod bo‘lishni xohlayman!"
Men lampani jiminga otishga tayyor holda yanada balandroq ko‘taraman, ammo bir qo‘l bilan og‘zim yopilgan holda to‘xtatib qolinaman. Bu esa meni cho‘chitadi va lampani qo‘limdan yerga tushirib yuborishga majbur qiladi, u millionlab parchalarga bo‘linib ketadi.
Ularning ba'zilari terimni kesib o‘tganini his qilaman, ammo men uni o‘zimdan olib tashlashga urinib kurashish bilan shunchalik chalg‘iganimdan, og‘riqni zo‘rg‘a sezaman.
Men uning kaftidagi mato va ushlagan joyida chinqiraman. "Shunchaki nafas ol," deya pichirlaydi jungkook qulog‘imga.
Men esa buning butunlay aksini qilaman, nafasimni ushlab turaman. Ammo ko‘p o‘tmay, o‘pkam yongandek bo‘ladi. Men shunchaki chidashim kerak. Unga g‘alaba qozonishga yo‘l qo‘ya olmayman.
"Tinchlan Hammasi joyida, Mia Nafas ol." U ko‘z yoshlarim nafasimni ushlab turishdagi og‘riqdan yuzim bo‘ylab oqib tushayotganini ko‘rib, meni yupatishda davom etadi. Men bunga uzoq dosh bera olmayman, va agar dosh berolmasam ham, kislorod yetishmasligidan baribir hushimdan ketaman.
Endi chiday olmasdan, bir katta nafas olaman, va kimyoviy moddalarning o‘pkamga kirganini his qilaman, bu esa meni istalmagan uyquga majburlaydi. Zulmat ko‘zlarimning burchaklariga siyoh kabi o‘tib borishni boshlaydi va men hozir juda charchaganimni his qilaman.
Men jungkookning quchog‘ida tanamni bo‘sh qolayotganini his qilaman va u meni tutib qoladi.
"Yaxshi qiz," deya muloyimlik bilan pichirlaydi, yuzimdan sochimni orqaga silarkan.
"Hammasi joyida, shunchaki uxla"
Meni bu yerga olib kelishganidan beri birinchi marta uning aytganiga bo‘ysunaman.