ZULMAT GULI
27- episode
Men jungkookning deyarli qora ko'zlariga tikildim. Ularning ichida g'azab, ulkan g'azab yashiringan, ammo ayni paytda qiziqish ham bor edi. Ko'zlari bir hissiyotni ko'rsatayotgan bo'lsa-da, lablari boshqacha tus olgan edi, men uning aslida nima his qilayotganini ajratib olishga qiynaldim.
Og'zimni ochib biror narsa demoqchi bo'ldim, biroq telefon jiringlashi tufayli tezda to'xtadim. Men ko'zimni uning cho'ntagiga o'tkazdim. Jungkook asta-sekin, ko'zlarini mendan uzmasdan, telefonni kostyumidan chiqardi va qo'ng'iroqqa javob berdi.
"Nima?" – dedi Jungkook, hali ham mendan nigohini olmasdan.
Men labimni tishladim va ko'z aloqasini uzgan birinchi bo'ldim.
Telefonning narigi tomonidagi erkakning vajohatli ovozini eshitdim, ammo so'zlari g'uborli edi. Men yana jungkookga qaradim, uning diqqati endi stol ustiga qadalgan edi.
Telefonning narigi uchidagi odam nima deyotgan bo'lsa ham, jungkook judda jiddiy edi "Yo'q, bandman. Mening hal qilishim kerak bo'lgan ishlarim bor. Dagli i soldi e una volta che avremo le nostre pistole, sparagli a tutti. C’è una ragione per cui ti ho dato meno di quello che chiedevano. (Ularga pulni ber va qurollar qo'limizga tushgach, barchasini otib tashla. Ularga so'raganidan kam berganimning sababi bor.)"
Uning so'zlaridan jirkanib ketdim. Bu odamning nimalarga qodirligini yaxshi bilaman. Kimdir boshqasini o'ldirishga buyruq berayotganini eshitganimda ham, qandaydir uzoq joyga chekinishni istamasdan ilojim yo'q.
Onam doimo shuni aytardi: men tug'ilgan hayot men yashashim kerak bo'lgan hayot emas. U mening yahshi o'sishimga, axloqiy qadriyatlarni o'rganishimga, to'g'ri bilan noto'g'ri o'rtasidagi farqni bilishimga ishonch hosil qilardi. Shunda bir kun kelib, o'lim kundalik hodisa bo'lgan hayotni yashashimga to'g'ri kelmasdi.
Onam yodimga tushganida yuragim zirqirab og'ridi. Uni sog'indim. Nyu-Yorkka ko'chganimda unga yetarlicha qo'ng'iroq qilmadim. Kollej va bazmlar bilan shunchalik band bo'lib qoldimki, meni haqiqatda tarbiyalagan insondan ko'ra, Dadam bilan ko'proq gaplashdim.
"Cazzo, (Lan'at) ho una chiamata in arrivo. Fallo e fai trasportare le armi al molo. Ricontrolla l’importo, se qualcosa va storto fammelo sapere, non partiremo per il Giappone per qualche giorno, quindi se qualcosa va storto, c’è ancora tempo. Ma non penso che non ucciderò la tua famiglia se succede qualcosa." (Menga qo'ng'iroq kelyapti. Ishni Bajar va qurollarni Dockga olib ketishsin. Miqdorni yana bir bor tekshir, agar biror narsa noto'g'ri ketsa, menga xabar ber. Yaponiyaga bir necha kun kechroq bormaymiz, shuning uchun biror narsa noto'g'ri ketsa, hali vaqt bor. Lekin biron narsa yuz bersa, oilangni o'ldirmayman deb o'ylama)
YAPONIYA? U bir necha kundan keyin Yaponiyaga ketyaptimi?
Jungkook menga ko'z tashlaganida, labim tabassumga tortildi, men bu tabassumni tezda yashirdim. Bu ayni muddao! U ketganidan so'ng qochib qutula olaman. Bir necha kunda esa, shunchaki yaxshilanib qolmasdan, o'z holimga qaytishimga ishonchim komil.
Hayajondan baqirishga tayyor edim! Bu g'azabnok telbadan ozod bo'lganimdan keyin qiladigan barcha ishlarimni tasavvur qilishim mumkin edi.
Nihoyat, u umrining qolgan qismini qamoqda o'tkazishini bilib olgach, uning yuzidagi bu o'zidan mamnun ifodani yo'qota olardim. Bu, albatta, Dadam uni tirik qoldirsa.
Men yana jungkookning suhbatiga quloq tutishga harakat qildim, ammo u butunlay boshqa birov bilan gaplashayotgandek tuyuldi Uning ovoz ohangi yumshoqroq edi, garchi u hali ham har qanday lahzada meni o'ldira oladigandek gapirayotgan bo'lsa ham.
"Shunchaki ertaga kechki ovqatni bron qilib qo'y."
U go'yo har doim qayerdaligini bilishimni istayotgandek, qochishimni xohlayotgandek edi.
Agar u shunchaki meni mazax qilayotgan bo'lsa-chi? Agar u qochib ketishimni ko'rishni istasa-chi?
Kursimga suyanib, tinglashni davom ettirdim. "Hisobotni darhol menga yubor va shaxsiy samolyotim chorshanba kuni uchishim uchun tayyorligiga ishonch hosil qil."
Shu bilan, jungkook telefonni o'chirib, cho'ntagiga soldi. Uning diqqat-e'tibori yana menga va faqat menga qaratildi.
Uning ko'zlari yuzimni, keyin esa tanamni o'rgandi. U har bir santimetrim bo'ylab kezdi, men o'zimni narsaday his qildim.
"Borishim kerak bo'lgan joy bor," – dedi Jungkook yumshoq ohangda. "Uyda bemalol yuraver, nima xohlasang qil, Faqat, hozirgi holatingda qochishga urinmaslikni maslahat beraman."
Shundan so'ng, u o'rnidan turdi va xonadan chiqib ketdi. Men esa ortda qolib, nima sodir bo'lganiga hayron bo'lib turardim.
U aqldan ozganmi? U nimalarni rejalashtirmoqda?
U mening qoqilishimni sezmagan bo'lishi mumkin emas. Uning xatti-harakatining o'zgarishi, meni qo'lga tushirganini aniq ko'rsatib turardi.
Unday bo'lsa, nega ketmoqda? Bu bir sinov bo'lishi mumkinmi?
Men oqibatlardan qo'rqmasdan nafas ham ololmaydigandek edim. Doim xavf ostida ekanligim haqida qayg'urishdan charchadim. Men shunchaki o'z karavotimda uxlashni, Avstraliyadagi eski do'stlarimni ko'rishni istayman. Poyezdga o'tirib shaharga boradigan, hech narsadan xavotirlanmay xarid qilishga chiqadigan kunlarni sog'indim.
Hatto o'sha paytlarda ham, men mashhur mafiya boshlig'ining qizi ekanligimni ba'zan unutib qo'yardim.
Boshimni qo'llarim orasiga olib, chuqur nafas oldim.
Kema port atrofida suzib yurganida yuzimni o'pib o'tadigan okeanning sho'r shabadasini sog'indim. Do'stlarim bilan kechqurun dahshatli filmlar tomosha qilib o'tkazadigan tunlarni sog'indim. O'rta maktabdagi yigitlar bilan g'alati uchrashuvlarga borib, keyin ertasi kuni ular haqida g'iybat qilgan kunlarimni sog'indim.
Men erkin bo'lishni sog'indim.
Podvalda o'tkazilgan o'sha bir necha kun aqliy jihatdan holsizlantiruvchi edi. Agar bu holatdan chiqishimga yordam berish uchun Skott bo'lmaganida, ehtimol ruhan tushkunlikka tushib qolgan bo'lardim. Zulmat dahshatli edi, u hamma joyda edi. Men hech qachon katta bo'lganimda qorong'ulikdan qo'rqib yig'lab o'tirishimni o'ylamagandim.
Men hatto skottni yuzini ham ko'rmadim.
Ey Xudo, men uni besh kundan beri ko'rmadim!
U o'lgan yoki o'ldirilgan bo'lishi kerak! Men uni topishim kerak, yaxshiligini bilishim kerak.
Men darhol stuldan qaltirab turdim va yerto'laga tushadigan yo'lakka qarab yurishda stolni tayanch qildim. Agar jungkook to'satdan chiqib kelib, meni tutib olsa ham, uning qanday jazo berishi menga farqi yo'q. Men shunchaki Skottni ko'rishim kerak. Uning tirikligini bilishim shart.
Men yo'lak devoriga suyanib, ko'z oldimdagi podval eshigi tomon qoqilgancha yurdim.
Boshim biroz og'riy boshladi. Yo'limni davom ettirishdan oldin to'xtab, bir nafas oldim va bir necha soniya ichida eshik oldiga yetib bordim.
Tutqichga yopishdim va Xudoga shukur, u ochiq ekan. Eshikni itarib ochganimda uning g'ijirlashini tingladim va pastdagi dahshatli zulmatga tikildim.
Lablarim titray boshladi, tanam qaltiradi. Bu yerda o'tkazgan qisqa va yoqimsiz kunlarim yodimga tushganida, miyamda zulmat va yolg'izlik uchqunlari paydo bo'ldi.
Elektr chirog'ini yoqdim va zinapoyaning pastki qismidan taralayotgan iliq nurdan biroz taskin topdim. Vaqtimni behuda sarflamay, yiqilmaslikka harakat qilib, zinadan pastga tusha boshladim.
Meni urgan birinchi narsa tanish achchiq sovuqlik bo'ldi. U meni qurshab oldi va muzdek titroq umurtqa pog'onamdan pastga yugurdi. Men sudrab olib kelingan zal bo'ylab oqsab ketdim, hech qanday vaqtni behuda sarflamay, xonalar ichiga yaqindan qaramaslikka harakat qildim.
Qandaydir narsa chiriyotgandek hid taralardi va men bunga guvoh bo'lishni istamadim.
Nihoyat, azobli bir soatdek tuyulgan narsadan keyin zalning oxiriga yetib keldim. Men o'zim saqlangan kameraga tikildim.
Burchakda hali ham yotgan adyol va yostiqlar uyumiga qaradim – men u yerda qandaydir bir panoh topishga muvaffaq bo'lgan edim.
"Skott" – yonimda turgan kameraga shivirladim.
Yorug'lik men uchun xonaning burchagida bukchayib yotgan shaklni aniqlashga yetarli edi, ammo uning yuzi hali ham zulmatda edi. U uxlayaptimi, uyg'oqmi yoki o'likmi, bilolmadim.
"Skott, bu men Mia" – yana shivirladim. Bu safar u reaksiya berdi, va o'sha odam ingrab, oyoq-qo'llarini yozdi.
"Mia?" – men chirillab yubordim, kameraning panjaralari tomon shoshilib, ularni jon-jahdim bilan ushladim.
"Skott, voy Xudoyim, Skott! Yaxshimisan?"
Men oramizdagi masofani juda qisqartirishni, qo'llarimni uning atrofida o'rashni va bu yerda ushlab turilganida o'z aqlini shubha ostiga olgan bo'lishiga ishonch hosil qilgan bo'lsam ham, meni es-hushimni joyida tutgani uchun unga minnatdorchilik bildirishni xohlardim. Men u bilan qochib, meni olib borishi mumkin bo'lgan Angliyaga borishni xohlayman.
Skott o'rnidan turdi va kamera eshigi tomon qoqilgancha yurdi. O'shanda men nihoyat uning yuzini ko'rdim.
U mendan baland, aslidan ham balandroq ko'rinar edi. Sochlari uzun va jingalak, yuziga tushib turardi. Jigarrang va sarg'ish ranglarning aralashmasi edi.
Uning yuzi qontalash va ko'kargan, kiyimlari esa qon dog'lari bilan to'liq yirtilib, tanib bo'lmas darajada edi.
Uning holatini ko'rib o'ksib yubordim. Unga jon-jahdim bilan yordam berishni xohladim. Unga "hammasi yaxshi bo'ladi" demoqchi edim. Ammo qalbimning tubida yolg'on gapirishimizning hech birimizni hech qayerga olib bormasligini bilardim.
Skottning qo'llari panjaralar orasidan o'tib, qo'llarimni quchdi. Uning qo'llari katta va iliq bo'lib, menga butun hayotim davomida berilgan barcha iliqlikdan ko'proq taskin berdi. Uning ko'zlari menga tikildi. Uning yuziga shunchalik aniq yozilgan narsani tushunish uchun menga so'zlarning keragi yo'q edi.
"Rahmat, Skott. Menga yordam berganing uchun rahmat," – o'ksib yubordim.
U shunchaki qo'llarimni ishqalashda davom etdi va men barmoqlarimga qo'pol materialning tegayotganini sezdim. Pastga qaradim va uning qo'li atrofida bog'ichlar o'ralganini ko'rdim. Ular bir paytlar barmoqlari bo'lgan uchta qoldiqni yopib turardi.
Men yana bir marta o'ksib yubordim. Skott uchun ham, o'zim uchun ham yig'ladim
"Men kechir, Skott. Nima qilishni bilmayman, senga qanday yordam berishni bilmayman..." – so'zlarim tutuqib qoldi.
"Shshsh, Mia, hechqisi yo'q. Senga bu yerdan chiqib ketishimizni aytgandim. Tez orada ozod bo'lamiz." Uning so'zlariga g'amgin tabassum qildim. Ular ilgari meni juda taskin topardi, ammo hozir qanday his qilishni bilmayman.
"Yaxshi ekanligingdan juda xursandman, Mia. Men u seni o'ldirib yuborgan deb o'yladim."
Men titrab ketdim. Jungkook yordam olmasam o'lishim mumkinligini aytgandi.
"Men yaxshiman," – yolg'on gapirdim. Bosh og'riqlarimdan biri yana paydo bo'ldi.
"Shunchaki sen shu yerda bo'lganingdan xursandman, sen bo'lmaganingda nima qilardim, bilmayman."
"Men seni hech qachon tashlab ketmayman, Mia. Buni bilishing kerak." Skott g'amgin tabassum qildi va qo'llari qattiqlashgan bosh barmog'ining bilan ko'zimdagi yoshni artdi.
Uzoqdan kelayotgan oyoq tovushlari va eshikning qarsillab yopilgan ovozini eshitib, orqaga sakradim.
"Bor, Mia. Men tufayli muammoga tushishingni istamayman."
Lablarimni qisdim. "Men qaytaman."
Skottning ko'zlari ustimizga yog'ilayotgan iliq nurda porladi.