May 27, 2025

MAG'RUR SEVGI

23- episode

Aras O'n besh daqiqadan beri eshigimni taqillatar ,men esa hol kiymim va ko'z yoshlarim bilan karovatda qotib o'tirardim. Har bir tomchi o'tmishimning og'ir yukini eslatgandek edi.

"Elif eshikni och" u buni to'qizinchi marta takrorladi, endi uning ovozi umidsizlik va sabirsizlik ohanglarini o'zida mujassam etgan edi

"Elif" u ovozini ko'tardi. "Bu oxirgi marta agar hozir ochmasang eshikni sindiraman"

Uning kichik tahdidi nihoyat meni harakatga keltirdi, zaifgina o'rnimdan turib eshikni ochishga yo'naldim.

U eshikni itarib ochganida, uning g'azablangan qiyofasi yuzimdagi ko'z yoshlarni ko'rganida tashvishga aylandi. Men chetga qaradim, uning nigohidan qochdim

"Elif,..... Kechir, men hazilashgandim, seni noqulay ahvolga solmoqchi emasdim" uning ovozi muloyim afsus bilan chiqdi.

Men notekis nafas oldim "mayli" deb pichirladim ovozim xirillab chiqdi, va karavotga qaytib o'tirar ekanman uning nigohidan qochishda davom etdim. "Sizning aybingiz yo'q"

U ehtiyotkorlik bilan oldimga yaqinlashib tiz cho'kib o'tirdi. "Nima bo'ldi?"

Ko'z yoshlarimni artib boshimni chayqadim. "Hech narsa, shunchaki..... Bazida hech qanday sababsiz his-tuyg'ularga berilib ketaman"

U qoshlarini chimirdi. "Bunga ishonmayman"

"Unday bo'lsa ishonmang" mening ovozim beixtiyor qo'polik bilan chiqdi.

U o'rnidan turib xonadan chiqib ketdi, men uni xafa qildim deb o'ylayotganimda u qo'lida sochiq va futbolka bilan qaytib keldi. Men hayratda qotib qoldim, u esa avval meni sochiq bilan artdi, keyin futbolkani kiydirdi.

"ishga borishim kerak, senga biron narsa kerak emasmi?" Deb so'radi u

Men boshimni silkitdim

"Mayli, agar biron yordam kerak bo'lsa qo'ng'iroq qil"

Men yana bosh silkib qo'ydim.

U bir necha soniya menga tikilib turdi, go'yo men bilan hammasi yahshi ekanligiga ishonch hosil qilayotgandek. Keyin u ketdi.


O'sha tun uyquga ketishga tayyorlanayotganimda eshigim taqilladi. Yostiqlarni tog'irlab "ha" deb javob berdi.

Eshik ochilib Aras boshini ichkariga suqdi. U o'zining asl his-tuyg'ularini yashirib "yashimisan?" deb so'radi.

Men uning ko'zlariga qaradimva bosh chayqab qo'ydim. "Ha yahshiman"

"Biron narsa kerakmi?"

"Yo'q, Rahmat" men javob berdim.

U bosh irg'adi "mayli, xayirli tun"

"Xayirli tun" deb javob berdim ohista keyin u eshikni yopib ketdi.

Chiroqni o'chirib karavotga yotdim va ko'zlarimni yumolmay xo'rsindim. Men nima qliyabman o'zi? Hayotim qanday burilish yasadi? Men hech narsa bilmaydigan odamning uyida tunayotgan edim. O'z uyimga qaytishga imkonim yo'q edi, tashqarida meni yomon niyat bilan kutayotgan kimdir bor edi. Va mana men , notanish odamning uyida bemalol yotibman. Garchi u notanishdek tuyulmasa ham. U bilan har o'tgan kun u yanada oddiy va insoniy bo'lib tuyulardi, garchi u o'z his tuyg'ularini yashirishga urinib, sovuqqon niqobini saqlab qolishga harakat qilsa ham.

Yolg'iz erkak bilan birga bo'lishga ko'nikishim uchun menga biroz vaqt kerak bo'ldi. Bu men hatto eslashni ham istamaydigan bostirilgan travma edi. Ammo mana men u bilan edim. Uning uyida yashab, uning huzurida o'zimni xavfsiz his qilib, u bilan yarim yalang'och holda jakuzida suhbatlashishga ham ulgurdim.

Menga nima bo'ldi o'zi?


Ertasi kuni ertalab

Kiyib olganimdan keyin Arasning eshigini taqillatdim "Kiring" dedi u.

Eshikni itarib ochib xonaga kirdim. U xonaning o'rtasida och ko'k rangli ko'ylak va qora shimda turardi.

"Men Uber chaqiraymi yoki men kasalxonaga olib borib qo'yasizmi deb so'ramoqchi edim" dedim men barmoqlarimni o'ynayab.

"Men seni olib borib qo'yaman" dedi u qatiy ohangda.

Boshimni silkitdim va tasodifan nigohim uning tungi stoli tomon tushganda ko'zlarim qo'rquvdan chaqnab ketd va men Beixtiyor ortga qadam tashladim.

U mening hayratomuz nigohimni kuzatdi, keyin esa mening ifodamdagi keskin o'zgarish sababini anglab xo'rsindi. "Tinchlan Elif" dedi u.

"Nega qurolingiz bor" so'radim qo'rqib.

Uning lablari ingichkalashdi "nima deb o'ylaysan?"

Men uning ko'zlariga tikildim, dahshatdan yana bir qadam ortga chekindim.

U xo'rsindi "bu himoya maqsadida"

"himoyami yoki qotillikmi?" Og'zimdan chiqib ketayotgan so'zlarni to'xta olmadim.

Uning nigohi qorong'ulashdi,u menga yaqinlashib, qo'limdan ushlab o'ziga tortdi. U tog'ridan tog'ri ko'zimga tikildi. "Ko'pchilikning fikriga zid ravishda, men qotil emasman" dedi u past va xavfli ovozda. "Men hech qachon begunoh odamni o'ldirmagan bo'lardim, lekin haqli ravishda bunga loyiq bo'lgan har qanday odamning boshiga o'q uzishdan tortinmayman"

Men ko'zlarimni yumib, qattiq yutundim. "Siz.....m-meni otasizmi"

"Nega seni otishim kerak?" Deb so'radi u, uning ohangi yana oddiy tus oldi.

"G'azabdan" dedin men, o'zimni o'nglab. "Men sizning o'ljangizman , esingizdami?" Men uning avval aytgan so'zlarinu takrorladim.

"O'ljaga aylantirishning boshqa yo'llari ham bor" uning ovozi bir oktava pasaydi

Men nafas oldim. "Bazida siz juda qo'rqinchilisiz, sizni oldindan bilib bo'lmaydi. Bir kun bexosdan meni otib yuborsangiz ham ajablanmayman"

"Men shundayman " dedi u qo'limni qo'yib yuborib, oramizda masofa yaratdi.

"Nega siz bundaysiz" dedim men talabchan ohangda.

U menga g'azab bilan qaradi. "Men shundayman tamom, endi mashinaga bor va menu kut"

Ajoyib uning kayfiyati yana o'zgardi qoldi. Men endu uni biroz normal bo'lishiga ishona boshlaganimda.....

Qovog'imni uydim. "Siz haqingizda hech narsani bilmasligimni tushunasiz tog'rimi? Men uning ismi, kasbi va obro'sidan boshqa hech narsa bilmaydigan odam bilan yashayabman"

"Agar bu muammo bo'lsa, unda ket" deb baqirdi u.

Men unga hayrat bilan tikildim, keyin asta boshimni silkitdim. "Men barbir bu yerda o'z hohishim bilan qolmagandim"

Ortimga burilib shiddat bilan xonadan chiqdim va tog'ri xonamga narsalarimni yig'ish uchun yo'l oldim.

"Elif" u bir daqiqadan so'ng xonamga bostirib kirdi. "To'xta, bunday qilma"

Men unga javob bermay narsalarimni sumkamga joylashda davom etdim

"To'xta" dedi u qatiy ohangda, qo'llarimdan ushlab meni toxtatdi.

Mening hayratim g'azabga aylandi. "Qo'yib yuboring meni"

"Yo'q" dedi u qatiy ohangda. "Kechir, men buni mazarda tutmagan edim. Sen hech qayerga ketmaysan"

Men nafrat bilan kuldim. "Ha, doim siz nimadir deysiz va keyin uni nazarda tutmaganligingizni aytasiz"

"Kechir men o'zimni tutib turolmadim," dedi u

Men unga g'azab bilan tikildim "men bu yerda qolishni hohlamayman, siz meni majburlay olmaysiz"

"Men qila olaman va qilaman ham" dedi u tasdiqlab.

"Men.....men Endryuga qo'ng'iroq qilib meni bu yerda olib ketishini aytaman" dedim men qattiq ohangda.

U huddi kulgili bir narsa eshitgandek hazilsiz kuldi. "Endryu? Hatto butun dunyo yo'limga to'siq bo'lsa ham, ular seni mendan tortib ololmaydilar"

Undan eshitgan so'zlarimdan lablarim ajablanishdan ochilib qoldi. U bilagimdan qattiq ushlab sumkamni qo'limdan oldi va uni yon tomonga uloqtirdi. Qo'limdagi tutqichi esa yanada kuchaydi.

"Endi men bilan mashinaga yur, sen ishga kech qolding men esa uchrashuvga" dedi u xonadan chiqib ketishga tayyorlanib.

"Qo'yib yuboring, men o'zim yura olaman" dedim men jahlim chiqib, qo'limni uning qo'lidan tortib oldim.

U meni qo'yib yubordi va zinapoyadan lastga tushib ketdi

Nihoyat uning mashinasiga yetib keldik va yo'lga tushdik. Men butun yo'l davomida g'azablandim va undan boshqa hamma narsaga qaradim.

"Kechirim so'radimku, Elif" u bir necha daqiqadan so'ng xo'rsinib aytdi

"Siz men ko'rgan eng qo'pol odamsiz" dedim men

"Ha , men shundayman, senga aytdim-ku " dedi u

"Hech qanday normal odam bunday bo'lmaydi, ota-onangiz sizga odobni o'rgatoshmaganmi?" Dedi men g'azab bilan unga o'qday nigoh tashlab

Uning jag'i qisildi, rul chambaragidagi tutqichi yanada kuchaydi.

"Shunday" dedi u bir necha daqiqadan so'ng. "Lekin yahshi yoki mehribon bo'lishdan foyda yo'q. Agar sen kuchli bo'lmasang odamlar seni ezib tashlaydi va butun dunyoingni ko'z o'ngingda tortib oladi"

Men qoshimni chimirdim. "Bu juda salbiy fikr, dunyoga qanday yahshilik qilsangiz u albata sizga qaytaradi"

U mensimay kuldi. "Bu hayot ertak emas, agar sen yagona bo'lishni istasang ularning barchasidan kuchli bo'lishing kerak"

Men qovog'imni uydim "bunday fikirlarni qayerdan olasiz?"

"sen o'zingnikini qayerdan olasan? Bolalar telekanalidanmi?" Deb kinoya qildi u

Men peshonamni uqaladim. "Siz o'z xarakteringiz va fe'l atvoringiz ustida ishlashingiz kerak"

"Sen hali mening fe'limning yarmini ham ko'rmading" deb g'oldiradim u.

"Xo'sh, uni ko'rganlarga achinaman"deb javob berdim men.

"Kerak emas, ular achinishga loyiq emas"

Men xo'rsindim. Qanday g'alati odam. "Mayli, xoxlaganingizcha bo'lsin. Eshiting men paranoyak bo'lib ko'rinishni hohlamayman, lekin bu mashina bizning orqamizdan kelyabdi deb o'ylayman" dedim men, men yon oynalarga qarashdan charchadim va mashina doim bizning dumimizda ekanini sezdim.

"Siz paranoyak emasan, kichkintoy, u bizning orqamizdan kelyabdi" dedi u beparvolik bilan.

"N-nima?" Deb hayron bo'lib qoldim men. "Kim u?"

"Bilmayman, hotirjam bo'l" dedi u telfonini chiqarib kimgadir qo'ng'iroq qildi.

"Men senga o'z joylashuvimni yubordim, bizning orqamizdan mashina kelyabdi. Raqami NX-848 , menga uning kimligi haqida ma'lumot kerak" dedi u va qo'ng'iroqni uzdi.

Men qo'rquvdan titray boshladim. "Endi nima qilamiz?"

"Hotirjam bo'l kichkintoy" dedi u sokin ohangda.

"Bizni qayyoqa olib ketyabsiz " deb so'radim biz kasalxonaga ketmayotganimizni payqab.

"Bu odam seni ish joyingacha kuzatib borishiga yo'l qo'yolmayman" dedi u

"Unda qayerga ketyabmiz?" Deb so'radim men burilishga tayyorlanayotganimizni ko'rib, o'rtamizdagi mashina ham burilganini payqadim.

U javob bermadi, gazni qattiqroq bosgancha, nigohi yo'l va orqa ko'zgu o'rtasida o'ynadi. Men qo'rqib, xavfsizlik kamarini mahkam ushladim.

Shu payt yuragim ko'ksimdan chiqib ketishiga sal qoldi, orqamizdan o'q ovozi eshitildi.

23- episode tugadi......

Fikir va reaksiya qoldirishni unutmang .

Keyingi qismda ozgina sirni ochamiz.😉

Mualif: Aylin
Kanal: @cruel_fanfic