ZULMAT GULI
Shiftdan ko‘z uzmay, bir bo‘lak kek yeyabman. Hayotimda shu nuqtagacha aynan nimalar bolganini chuqur mushohada qilaman.
Garri yonimda, divanda o‘tiribdi, u ham kek yemoqda va "Amerika Ota" serialini tomosha qilmoqda.
Ishonchim komil, u ham xuddi men kabi, uni shu damgacha nima yetaklab kelganiga qiziqyapti.
Klubdagi hodisadan so‘ng, garrining odamlari mehmonxonalarni ijaraga olib, Garri bilan birga Mia qayoqqa ketgan bo‘lishi mumkinligini uzoqdan turib tekshirishmoqda.
Hozircha qo‘limizda hech qanday iz yo‘q, faqatgina Jeon Jungkook o‘sha kecha Mia og'irlab ketilgan kun VIP xonalardan birni bron qilgan
Bir necha kun oldin uning kotibasiga qo‘ng‘iroq qilib, uchrashuv belgilashni so‘radim, ammo kotiba uning bir haftalik ta’tilga chiqqanini va to‘rt kundan keyingina ishga qaytishini aytdi. Bu esa bizni shu yerda o‘tirishga va Mia bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha odamlarni tadqiq qilishda davom etishga majbur qiladi.
"Jimin haqida-chi?" deb so‘radi Garri, boshi menga qarab burildi, lekin men unga parvo qilmadim.
"U Mia bilan universitetdagi ish bo‘yicha gaplashgan odam edi."
Men bosh irg‘ab, davom etaman "Ha, lekin u jungkook bilan ishlayapti, shunday ekan, ikkalasini bir guruhga qo‘shib ketaveramiz"
"Bunday qilishimiz kerak, deb o‘ylamayman " e'tiroz bildirdi u.
"Har bir shaxsga alohida shubhali kishi sifatida yondashishimiz lozim. Hamma chuqur tekshirilganiga ishonch hosil qilishimiz kerak"
Tishlarimni qisdim. Uning ba'zan shunchalik haq bo‘lishidan nafratlanaman.
"Jungkookning holatini inobatga olsak, ehtimol, shu orada Jimin bilan uchrashuv tashkil qilsak bo‘lar. Undan jungkook haqida so‘rab, vaziyatni o‘rganib chiqa olamiz"
"Ha, to‘g‘ri aytyapsan," — rozi bo‘ldim
"Albatta, to‘g‘ri aytaman-da," dedi u. Men uning hissiz yuziga tikildim. Garri doim shunchalik jiddiy bo‘lgan, hatto kulishga ham jur'at etmaydi. O‘ylaymanki, agar u kulsa, butun dunyo parchalanib ketadigandek tuyuladi.
Ammo tushunaman, hozirgi vaziyatda u og‘ir stress ostida bo‘lishi tabiiy. Roman unga juda qattiq bosim o‘tkazmoqda, va men ularning telefon suhbatlari vaqt o‘tgani sayin yanada keskinlashib borayotganini eshitib turibman.
Agar Miamizni yaqin orada topmasak, Roman Garrini jazolashni ham boshlab yuborishi mumkin. Ularning munosabatlari qanday bo‘lmasin, bilamanki, Mia Roman uchun butun dunyosi edi. U har doim Roman xohlagan hamma narsa bo‘ldi, va to‘satdan u yo‘q, kim uni olib ketganini esa u bilmaydi
Men bo‘lsam, Garrining atrofida imkon qadar sovuqqon bo‘lishga urinayapman. Albatta, u bizning o‘tmishimizni mutlaqo yo‘qdek ko‘rsatadi, bu esa asabimga tegadi. U faqat ish haqida o‘ylaydi, bu esa uning yonida bo‘lishni shunchaki og‘riqli qiladi.
Men bu insonni sevganman. Men u meni sevadi, deb o‘ylaganman.
Ammo hozir biz shunchaki begonalarmiz.
"Men Jiminga qo‘ng‘iroq qilaman va kechki ovqatni tashkillashtiraman," — dedim, divandan turishga harakat qilib.
"Yo‘q, buni men qilaman," — dedi Garri tezda. "Uning seni kimligingni bilib qolish xavfiga yo‘l qo‘ya olmaymiz"
Yana bir bor xo‘rsindim. Garri yana haq. Men divanga qaytib cho‘kdim va o‘zimdan oldindagi o‘sha ahmoqona multfilmga ko‘z tikdim.
"Jungkookning bu ishga aralashishiga shubham bor" dedim, tirnoqlarimga tikilib. — "Axir, nega u Mia bilan shug‘ullanishi kerak? Uning yelkasida butun Nyu-York mafiyasi va Italiya mafiyasini qabul qilib olish tayyorgarligi turibdi-ku!"
"Nima deb o‘ylashimizning ahamiyati yo‘q, biz shunchaki ishni bitirishimiz kerak," — dedi Garri o‘zining hissiz va past ovozi bilan.
"Nega bunchalar xissizsan Harri?" — deya so‘radim, nihoyat uning sovuqqon, xotirjam va o‘zini tutgan holatiga chiday olmay. "Nega biz bir-birimizni sevmagandek harakat qilyapsan?"
Men unga qarayman, ammo u esa ko‘zlarimga tikilishdan qochib, oldinga termuladi. Xuddi o‘ziga xos tarzda.
"Rain, nima bo‘lgan bo‘lsa o‘tmishda qoldi va men bu haqda muhokama qilishni istamayman. Bo‘lgan ish bo‘ldi, unga yopishib yuraverma"
Garri divandan turib, eshik tomon yo‘l oldi. "Men mehmonxonamga qaytib, qo‘ng‘iroqni amalga oshiraman. Agar biron yangi ma’lumotga duch kelsang, men bilan bog‘lan," — deya shivirladi va ortidan eshikni ohista yopib chiqib ketdi.
Xudoyim! U hatto lan'ati eshikni qattiq yopaolmaydi!
"Bilasan men buni qila olmayman Mia" — dedi Jungkook ovozida keskinlik bilan. So‘rashdan avval uning javobini bilsam-da, uning so‘zlaridan keyin o‘zimni bo‘shashgandek his qildim.
Yuragimning bir chekkasi umid qilgan edi.
Shunga qaramay, men hali ham Dadam meni izlayotganiga umid bog‘layman. Men uni bilaman. O‘ylashimcha, atigi bir hafta o‘tdi. Hali ham umid bor, meni topishlari uchun vaqt bor.
"Senga shifokorni olib kelaman, u bularning hammasini yechib tashlashi mumkin," — u qo‘llari bilan atrofni imo qilib ko‘rsatdi, men uning barcha quvurlar va apparatlar haqida gapirayotganini tushundim.
Unga qisqa bosh irg‘adim va xonadan chiqib ketishini kuzatdim, u eshikni qulflashga ham urinmadi. Lekin nima foyda? O‘zim mustaqil turishga ham juda zaifman.
Oradan daqiqalar o‘tib, xonaga keksa bir kishi kirdi, jungkookdan esa darak yo‘q.
Yengil nafas chiqarib, uni sinchkovlik bilan kuzatdim. Uning sochlari qalin, olovrang-to‘q sariq rangda bo‘lib, professional tarzda kesilgan va turmaklangan edi. Ko‘zlari och jigarrang bo‘lib, ularda iliqlik yashiringandi. U oq xalat kiygan, shuning uchun men jungkookning aytgan shifokori shu, deb taxmin qildim.
"Xayrli tong Mia, nihoyat siz bilan uchrashganimdan xursandman," — dedi u kishi otashin ovozda. "Mening ismim Hammel, men bir hafta davomida sizni davolagan shifokorman."
U menga yaqinlashdi va darhol yurak monitorini o‘chirishga, tomirdan quyilayotgan suyuqlik (IV) xaltalarini uzishga kirishdi.
"Men ham siz bilan uchrashganimdan xursandman," — dedim, ovozimda uyatchanlik yaqqol sezilib. "Rahmat."
Uning yuziga qarasam, charchoq alomatlari bor tabassum paydo bo‘ldi. "Ruxsat etasizmi?" — deb so‘radi, qo‘lini uzatib. Men qo‘limdagi tomir ignasiga qaradim va qo‘limni uning kaftiga qo‘ydim.
"Mia, bu yerda ekaningiz uchun uzr so‘rayman. Tushunaman jungkook ba'zan juda qaysar va egalik qilishi mumkin."
U qo‘limdan ignani tortib oldi, men esa darhol tishlarimni qisdim. U igna bo‘lgan joyga paxta tamponni bosdi.
Hammelning so‘zlari menga biroz yengillik berdi, chunki u har kim ham jungkook kabi axloq va qadriyatlarga ega emasligini bilardi. Hammel menga hamdardlik bildirayotgandek tuyuldi. Yoki balki u shunchaki rahmi kelayotgandir.
Noqulay sukunat lahzalari o‘tdi, Hammel o‘z ishini davom ettirdi va asta-sekin hamma narsani yig‘ishtirdi. U tomoqdan naychani tortib oldi, bu meni deyarli qayt qilishga majbur qildi, ammo Xudoga shukur, o‘zimni tiydim va uning ishini tugatganiga ko‘ra yengil tortdim.
Ammo uning yuzidagi ifoda menga boshqa narsani aytayotgandek edi.
Hammel barcha narsani olib bo‘lganidan so‘ng, nihoyat o‘zimni yostiqlarga to‘liq bo‘shashtirdim. "Endi, o‘zingizni asosan qiynamasligingizga ishonch hosil qiling. Tanangiz hali ham tuzalmoqda va agar biron bir mashaqqatli faoliyatga urinsangiz, kasallik qaytalanishi mumkin."
Hammelning ko‘zlariga tikildim, u nimani nazarda tutayotganini tushundim.
Qochish yo‘q. Toki o‘zimga kelib olmagunimcha.
"Rahmat," — dedim yana bir bor, bu so‘zlarimni chin yurakdan aytib.
"Shunchaki ishimni qilyapman," — deb javob berdi u va xonadan chiqib ketdi. Shu zahoti jungkook qaytib kirdi, xuddi eshik tashqarisida kutib turgandek. Bunga zarracha shubham yo‘q edi.
"O‘zingni qanday his qilyapsan?" deb so‘radi u. Men mushtlarimni siqdim
"Yaxshi," — dedim, ichimdagi nafratni doim past darajada ushlab turishga urinib. Men u bilan bir muddat shug‘ullanishimga to‘g‘ri keladi, shunday ekan, bu tajribani o‘zim uchun imkon qadar yoqimli qilishim kerak. "Tashqariga chiqishni istardim."
Ko‘rpa-to‘shakni tanamdan artib, oyoqlarimni karavot chetiga osiltirdim. Jungkook yonimga shoshilib keldi, go‘yo men har qanday lahzada sinib qoladigan buyumdek. Uning iliq qo‘llari yalang oyoqlarim ustiga ehtiyotkorlik bilan joylashganini his qildim.
Yaxshiyamki, men yalang‘och emasdim va ancha vaqtdan beri kiyib yurgan kiyimlarim emas, balki yangi pijama kiygan edim.
Jungkookning teginishidan jirkanmaslikka harakat qildim, ammo bu oson emasdi.
"Yordam beray, yiqilib tushishingni istamayman."
Ikkilanib bosh irg‘adim, chunki rozi bo‘lmasam, xonadan chiqishga ruxsat bermasligini bilardim.
U o‘zining mashhur tabassumlaridan birini ulashdi va meni karavotdan ehtiyotkorlik bilan tushirdi. Tanamning deyarli butun og‘irligini uning ustiga qo‘ydim va u buni osonlik bilan ko‘tardi.
Qo‘llari oyoqlarim ostidan va belimga o‘ralgan holda turganida, uning qattiq mushaklarini sezmay ilojim yo‘q edi.
Ichimda o‘zimni shapaloqladim.
Bunday fikrlar bilan chalg‘iy olmayman
Jungkook menga xonadan chiqishga yordam berganidan so‘ng, qiyinchilik bilan yurganimda, qornimning aniq eshitiladigan guldurashini eshitdim, go‘yo u ovqat so‘rayotgandek.
Yuzim qizardi, chunki Jungkook buni men kabi eshitganini bilardim. Eshik yonida turgan ikki qo‘riqchi ham eshitgan bo‘lsa kerak, deb o‘yladim.
Jungkook irshaydi. "Kel, oldin biron nima yeb ol shundan keyin to‘g‘ri fikrlay olsang, gaplashamiz."
"Gaplashamiz?" — asabiylik bilan yutindim.
"Senga beradigan bir nechta savollarim bor," — deydi u beparvolik bilan. "Buning evaziga, o‘z savollaringni berishingga ruxsat beraman. Bilaman, savollaring ko'p."