April 30, 2019

Stimul va motivatsiya

Stimul va motivatsiya treyder uchun juda kerakli ish quroli desak ham bo’ladi. Ularsiz treyder birja bozoridagi qiyinchiliklarni yengib o’tishi qiyin kechadi. Agar odamni qalbi treyder bo’laman deb yonib tursa-yu o’sib rivojlanish uchun qanday qilib o’zida kuch topishi mumkin?

Birja sohasiga kopchilik treyder yuragi motivatsiyaga to’lib, ko’zlaridan olov chaqnab, Million jamoasi aytganidek hamma Makrolarni sotib olaman degan hayol bilan kirib keladi.

Biroq ilk yoqotishlar treyderni motivatsiyasini tushishiga, hatto depressiya holatlariga olib kelishi mumkin.Shuning uchun treyder o’z oldiga maqsad qo’yishi, stimul izlashi va har doim o’zini motivatsiya qilib, bu yoqotishlar vaqtinchalikligiga ishontirib o’zida olg’a intilish uchun kuch topishi kerak.

Treydingda stimul haqida gapirish bir tomondan oson, lekin, har bir treyderni alohida olib qaralsa bir tomondan juda qiyin.

Treydinga kirib kelishdagi maqsadlarni bir qancha guruhga bo’lish mumkin:

- ko’p mablag’ topish va moliyaviy erkinlikka erishish

Odamlarning treyderlik kasbini tanlashiga eng asosiy sabablaridan biri bo’lsa kerak.

- doimiy adrenalin va his-hayajon olish istagi

Ba’zi tur odamlar bor ular kuchli hissiyotlar, adrenalin olib yashashni yoqtiradilar.

- erkinlikka erishish va uyda ishlashga o’tish

Bu soha vakillari o’zlarini doim erkin his qiladilar

- har xil tajribalar qilib ko’rish istagi

Narxlar xaotik harakatlangani uchun turli tajribalar o’tkazish imkonini beradi

- orzularni amalga oshiruvchi resurs

Agar treyder o’z ustida ishlab, moliyaviy qaramlikdan qutila olsa, unga orzularini amalga oshirish uchun juda ko’p imkoniyatlarga eshiklar ochiq bo’ladi.

Eng asosiysi treyder o’ziga bo’lgan ishonchni yoqotmasligi, doimo ko’z oldida orzulari motivatsiya berib turishi kerak.

Qanday qilib doimiy motivatsiya olish mumkin

Faqat bir muammo bor – motivatsiya tez tugaydi va o’z ta’sir kuchini yoqotadi. Motivatsiyani huddi narkotikka o’xshatish mumkin. Eyforiya olish uchun yana va yana, iloji boricha yangicha motivatsiya bo’lishi kerak.

Avvaliga treyderman deb his qilishni o’ziyoq katta lazzat beradi, keyin foyda ketidan olinayotgan foyda dengiz bo’yidagi dam olishlar-u qimmatbaho mashinaga ulanib ketadi.

Lekin afsus ketma – ket olingan zararlar hisobiga dengiz ham mashina ham oldingidek motivatsiya bera olmaydi. Albatta bunday holat kimda bo’lmaydi deysiz. Shuning uchun treyder ish jarayonidan lazzat olishni, treyding huddi sizga berilgan vazifa, shuni ado qilishingiz zarurligiga o’rganishingiz kerak.

Treydingni eng katta shartlaridan biri – siz pulni maqsad va orzu qilib olmasligingiz talab etiladi. Albatta hammamiz bu sohaga moliyaviy erkinlik uchun kirib kelamiz. Lekin bu hohish unchalik ham yordam beravermaydi. Taniqli treyderlar haqida o’qishingiz mumkin, ular dunyoni o’zgartirishga, odamlarga yordam berishga va yaxshi ishlarda bosh bo’lishga harakat qiladilar.

Xullas motivatsiya uchun:

- oldingizga aniq maqsad qo’yishingiz

- maqsadingizni iloji bo’lsa yozib qo’yishingiz va ketma ketlik bilan unga erishishga harakat qilishingiz

- tijoratga faqatgina omad kulib boqavermaydigan yuqoriintellektual o’yindek qarashingiz

- doim olg’a intilish uchun o’zingizda kuch topishingiz talab etiladi.