May 1, 2019

Risk menejment

Birjada savdolashayotganda hech bo‘lmaganda risk menejmentning eng oddiy qoidalarini bilishingiz zarur, lekin bu borada puxta bilimga ega bo‘lsangiz bundan ham yaxshi, chunki moliya bozorida tuziladigan har qanday bitimning asosiy belgisi – bu riskdir. Savodsizlarcha yoki bilimsizlarcha boshqaruv bilan, shuningdek, risk menejmentsiz bunday bozorlarda uzoq vaqt pozitsiyada turishning imkoni mavjud emas. Omadi chopgan treyder (savdogar) bo‘lish uchun ehtimoliy xatarni baholashni, muvozanatga keltirishni hamda uni kamaytirishni o‘rganishingiz lozim. Faqat shundagina sarmoyangiz saqlanibgina qolmay, ko‘payadi ham.

Risk Menejment – bu bozor kritik nuqtasiga chiqqan paytda ishga tushuvchi va Sizni egallagan pozitsiyangizdan chiqarib turuvchi Sizning SOS tugmachangizdir. Bu – bitimlarda Sizning chiqimingizni kamaytirishga xizmat qiluvchi strategiyadir. Risk Menejment «Bitimda men qancha mablag‘ni boy berishim mumkin?» degan savolga javob beradi. Bu savol yonib-o‘chib turuvchi qizil chirog‘dek har doim xayolingizda turishi lozim. Agar avval boy bermaslikni o‘rganib olsangiz, shundagina Siz birjada daromad topa olasiz.

Qanday qilib xatarni chetlab o‘tish mumkin?

* Bor vaqtingizni faqat savdogagina sarflamang. Kun bo‘yi qancha ko‘p bitim tuzgan bo‘lsangiz, xatoga yo‘l qo‘yish xataringiz ham shuncha yuqori bo‘ladi. Bozorga bunday imkoniyat berish esa yaxshi emas. O‘zingiz uchun «Bir kunda – 3 ta bitim»ni qoida qilib oling. Agar bitimlar salbiy natija bersa, u holda Siz, albatta, ishtirok etishdan bosh tortasiz – shunda ruhiyatingizni ham, depozitingizni ham saqlab qolasiz. Agar ijobiy natijaga erishayotgan bo‘lsangiz, xohlasangiz bas qilishingiz yoki birinchi chiqimga qadar davom ettirishingiz mumkin. Axir ertaga ham kun bor, bozor esa o‘sha Siz bilgan bozor!

* «Kundalik yuritish» – barcha tuzgan bitimlaringizni «bitimlar daftari»ga qayd etib boring. «Bitimlar daftari» va statistikani yuritish Siz qaysi aksiyalarda daromadga ega bo‘lganingizni, qaysinisida esa boy berganingizni, yuritgan savdoingizning kun-hafta-oylar bo‘yicha harakatini, qaysi instrument yordamida savdoingiz baroridan kelganini kuzatib borish imkonini beradi. Bundan tashqari, tanlagan aksiyalaringiz bo‘yicha bitimlarni kuzatar ekansiz, ular qanday natija berganini eslab qolasiz va buning yordamida bozorni ishonch bilan avvaldan taxmin qilishni o‘rganasiz.