April 30, 2019

Treyder kundaligi

Oldi-sottilarni hisobotini olib borish yoki treyderlar tili bilan aytganda har kunlik pozitsiyalarni kundaligni tuzish bu tijoratning ajralmas qismi.

Pozitsiyalar kundaligi – bu nima

Har qaysi treyder tanlagan strategiyasi va valyuta juftligidan qat’iy nazar bir oy ichida bir dona bo’lsa ham order ochadi. Har bir orderning kirish, zarar va foyda olish joylari bo’ladi. Bularning hammasi ish jarayonidagina ko’rinadi va avtomatik tarzda hech qayerda yozib qolinmaydi. Shuning uchun statistikani olib borishga treyderni o’zi majbur.

Kundalik nima uchun kerak

Ko’pchilik malakali treyderlarni maslahatlariga qaramay yangi treyderlar kundalik yozishga har xil bahonalar – erinchoqlik, vaqtning yo’qligi yoki shunday ham bo’laveradi degan o’ylar bilan cheklanishadi.

Kundalik bo’lmasa rivojlanish ham bo’lmaydi

Statistika qilib borishdan asosiy maqsad – treyderning o’z malakasini oshirishida. Kundalik orqali u o’zining xatolarini vaqtida aniqlab, to’g’rilash imkoniga ega bo'ladi.

Statistika strategiyani samaradorligini ko’rsatadi

Statistika faqatgina foydadagi pozitsiyalar foizini emas, balkim, tanlangan strategiyaning qanchalik samaradorligini ko’rsatadi.

Biz insonlarga vaqt o’tgan sari ma’lumotlarni unutish xos hislatdir. Kundalik treyderga o’zining yillar davomida yig’gan malakasini saqlab qolish imkonini beradi. Bular orqali u har xil qonuniyatlarni aniqlab o’zining foydasiga ishlatishi mumkin. Kundalik tutishning yana bir foydali tarafi bu treyderni intizomga o’rgatadi. Intizom esa treyder uchun juda muhim hislat hisoblanadi.

Hozirgi texnika rivojlangan zamonda avvalgidek daftar tutish shart emas. Uning o’rnini Excel programmasi bosa oladi. Bu programmada hisob kitoblar, foizlar bir qancha bo’limlar bo’yicha avtomatik tarzda chiqariladi. Ayniqsa vaqtni ham tejaydi.

Ba'zi malakali treyderlar o’zlarining ish faoliyatini video ko’rinishida saqlashga harakat qiladilar. Bu ularga faqatgina statistik ma’lumaotlarni berish bilan cheklanib qolmasdan, hissiy va ruhiy o’zgarishlarni ham ko’rsatib bera oladi.

Xulosa qilib aytganda kundalik tutishdan faqatgina naf olish mumkin.