April 30, 2019

Boshlang'ich treyderlar uchun foydali maslahatlar

1.Ehtimolni qabul qiling

Ochilgan bitimingiz zararga kirishi ehtimoli bu fakt, buni to’g’ri qabul qiling. Moliyaviy bozorlarda yo’qotishlardan hechkim kafolatlanmagan, buni barcha treyderlar bilishi lozim. Moliyaviy bozorlarda savdo qiluvchi treyderlar uchun muhim qoidalardan biri bu – olinayotgan daromad doimo avvalgi zararlarni qoplaydigan darajada bo’lishi lozim, buning uchun maxsus, mablag’ni boshqarish qoidalari mavjud.

2.Aniq rejaga asoslanib savdo qiling           

Savdo jarayonida treyderlar turli noqulay vaziyatlarga uchrashi mumkin, buning oqibatida esa treyder vahimaga tushib, o’ylanmagan hatti-harakatlar qilishi natijasida yanada chuqur zararga kirishi mumkin. Bunday noxushliklarni oldini olish uchun, avvaldan tuzilib, yozilgan rejaga asoslanib ish tutish lozim. Rejada, bitim ochish uchun turli shartlardan tortib, ehtimoliy zarar va daromad miqdorigacha barcha narsa hisobga olingan bo’lishi kerak. Muvaffaqiyatli treyderlar, hech qachon oldindan tuzilgan rejasiz savdolarga kirishmaydilar. Reja asosida savdo qiluvchi treyder, turli vaziyatlarda nima qilishni aniq biladi va turli vaziyatlardan, vahima qilmagan holda oson chiqib keta oladi.

3.Xavotir va qo’rquvga yo'l qo'ymang

Yangi treyderlar avvaldan o’ylangan reja asosida ishlashga qaror qilganida ham, reja bo’yicha bitim ochish shartlari amalga oshganida ham ko’pincha bitim ochmaydilar, oqibatda ko’pgina daromadli xarakatlarni boy berib, afsuslanib o’tiradi. Bunga sabab – qo’rquv, xato qilib zarar ko’rishdan xavotir olishdir.

4.Barcha qarorlar uchun javobgarlikni qabul qiling

Ayrim yangi kelganlar, zararga kirganidan so’ng, brokerdan tortib bozor ishtirokchilarigacha turli ayblo’vlarni oldinga sura boshlaydi, go’yoki uning mablag’ini kimdur olibqo’ygan. Bunday fikrlash xato! Muvaffaqiyatli treyderlar javobgarlikdan qochmaydilar. Savdoga kirish qarorlarini faqatgina siz qabul qilasiz, ochgan bitimingiz zararga kirsa ham bunga faqatgina siz javobgar bo’lasiz, bozor sizni zararga kirishingiz uchun atayin sizga qarshi xarakatlanmaydi.

5.Ochko’zlik qilmang

Moliyaviy bozorlarga odatda ko’pchilik tez boyibketish ilinjida keladi. Deyarli barcha yangi kelganlar (xattoki ayrim tajribali) treyderlar, ko’proq daromad olish maqsadida, oldindan rejada belgilangan meyyorlardan chiqa boshlaydilar, bitimlar hajmini asossiz ravishda oshiradilar, bu esa ehtimoliy riskni keskin oshirib yuboradi, bunday savdo qilish odati mablag’ingiz uchun zararli va tez orada mablag’ning to’liq yoqotilishiga ham sabab bo’ladi. Shuning uchun, tezroq va ko’proq daromad olish maqsadida kotta risk bilan savdo qilish o’rniga, kam-kam lekin uzoq muddatli, mo’tadil daromad olishga intiling.

6.Hissiyotlarni o’chiring

Intizomsizlik natijasida kutilmagan zararlar kelibchiqadi, intizomning buzulishiga esa insonning hissiyotlari sabab bo’ladi. Savdo qarorlarini qabul qilayotgan payitda, bitimlar zararga yoki daromadga kirayotgan payitlarda treyder doim so’vuq aql bilan ish tutishi lozim. Daromad ko'rsangiz ham zararga kirsangiz ham hissiyotga berilmang! Doimo esingizda tuting, shoshqaloqlik, ochko’zlik, qo’rquv va azart treyderning asosiy dushmanlari!

7.Juda ko’p bitimlar ochmang

Bozorga ko’p kirishning aslida yomon joyi yo’q, tajribali treyderlar birvarakayiga 50-100 tagacha bitimlarni nazorat qilaoladilar, lekin endigina boshlagan, tajribasiz treyderlar uchun birvarakayiga uzog’I bilan 5 ta bitim ochish tafsiya etiladi, aks holda ko’plab bitimlar ustidan nazoratni yo’qotib qo’yishingiz aniq.

8.Qasoskorlikni unuting

Ayniqsa yangi kelganlarda ko’p kuzatiladigan holat: biror bir bitimi zararda yopilganidan so’ng treyderda darhol zararni qoplash, yo’qotilgan mablag’ni qaytarish istagi – azart paydo bo’ladi, buning natijasida treyder bozordan qasos olishga xarakat qila boshlaydi va oxir oqibat yanada ko’proq yo’qotishlar botqog’iga botibqoladi. Shuning uchun, zararga kirgan payitlarda buni tinch qabul qiling, bozordan qasos olishga intilmang, buning oqibati yoqimsiz bo’lishi mumkin.

9.Vaqti vaqti bilan daromadni yeching

Inson biror ishbilan shug’ullansada lekin o’z mehnatining mevasini olmasa o’z ishidan zerika boshlaydi, ishdan zavqlanish hissi kamayadi. Shuning uchun xar oy qilgan daromadingizni, qisman bo’lsa ham yechib yurishni o’zingizga maqsad qiling. Qachonki o’z mehnatigniz natijasini qo’lingiz bilan ushlab his qilsangiz kayfiyatingiz ko’tariladi, bu esa ish unumdorligiga ta’sir ko’rsatmay qolmaydi.

10.Yoqotishlarni cheklang, daromadga yo’l

oching

Eng tarqalgan xatolardan yana biri – zararga kirayotgan bitmlarni cheklamasdan, qachon daromadga kirishini kutib, bitimlar daromadga kirganidan so’ng esa tezda bitimlarni yopish, yan’i, daromadni ko’payishiga yo’l qo’ymaslik. Aksincha bitimlarning zararining oshibketishiga to’sqinlik qilish lozim, daromadli bitimlarga esa o’sishiga yo’l qo’yish kerak.