May 16, 2023
#yangilik #новости #news
⚖️ 2019-yil 9-yanvardagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida"gi PF-5618-son farmoni ijrosi yuzasidan maxsus fan o'qituvchisi "Street Law" loyihasi koordinatori F.Mirjavxarova boshchiligida Farg'ona viloyat yuridik texnikumi o'quvchilaridan tashkil topgan "Street Law" volontyorlik guruhi Farg'ona viloyati Oltariq tumani 15-umumta'lim maktabining 8 "A" va 8 "B" sinflarida "Biz korrupsiyasiz hayot tarafdorimiz" mavzusida 9 "A" va 9 "B" sinflarida "Voyaga yetmaganlr o'rtasida huquqbuzarlikni oldini olish" mavzusida interaktiv usulda dars mashg'ulotlari tashkil etildi.