🎄 Farg'ona yuridik texnikumida “Sud-huquqiy faoliyat” 44-24 guruhi o'quvchilari tomonidan "Ertaklar olamiga sayohat" nomli yangi yil bayram dasturi namoyish etildi.
🏛 Joriy yilning 24-dekabr kuni texnikumning Yoshlar bo‘limi hamda texnikumning iste‘dodli oʻquvchi- yoshlari tomonidan tayyorlangan “Xush kelibsan, Yangi yil!" bayram dasturi namoyish etildi.
🏛 Farg‘ona viloyati yuridik texnikumida 2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini 2024-yilda amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining 10-bandida “Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, erta nikoh, erta tug‘ruq holatini tahlil qilish” belgilangan.
Farg'ona yuridik texnikumi direktori boshchiligida texnikumning o'quvchilar turar joyida yashovchi o'quvchilarga "Yangi O'zbekiston armiyasi-mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri" shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.
🏛 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 16-sentabr kuni tasdiqlangan “Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil davomida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar kalendar rejasi”nig 8-bandida “Mashhurlar yoshlar bilan birga” shiori ostida va “Ma’naviyat ulashib” dasturlari doirasida adib, yozuvchi Hamid Burxon hamda Oliy ta'lim fan va inovatsiyalar vazirligi Farg'ona viloyati hududiy boshqarmasi xodimi bilan o‘quvchilar o‘rtasida davra suhbati tashkillandi.
🏛 Farg'ona viloyati yuridik texnikumining “Umumta’lim fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Valiqo‘ziyeva Matluba Farxodovna boshchiligida “Yuridik xizmat” yo‘nalishi 42-24 guruhi o‘quvchilari tomonidan pedagog-xodimlar va o'quvchi-yoshlarga pozitiv kayfiyat ulashish hamda hafta davomida yaxshi kayfiyatda bo'lishlari uchun “Baxt Siz uchun nima?” shiori ostida kutib olish jarayonlari tashkil etildi.
♻️ Prezidentimiz tomonidan yoshlarimizga yaratilayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalangan holda texnikumning 1-bosqich “Yuridik xizmat” yoʻnalishi, 42-24 guruh oʻquvchisi To’xtabekova Mushtariybegim Sardor qizi oʻzining iqtidori, serqirra faoliyati bilan turli ilmiy jurnallada chop etilayotgan maqolalari bilan koʻplab yutuqlarni qoʻlga kiritmoqda.
Texnikum o’quvchilarining darsdan tashqari bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida 1-bosqich o’quvchilariga ilmiy-ommabop maqola yozish bo’yicha “Mutaxassislik fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi D.Salimova tomonidan seminar-trening tashkil etildi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni texnikumning “Mutaxassislik fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi SH.Jiyanova tomonidan “Mehnat huquqi” fanidan 2-bosqich “Davlat-huquqiy faoliyat” yo‘nalishi 29-23 guruhida "Mehnat intizomi. Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi" mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi.