#yangilik #новости #news
Viloyat sudining sudyalari bilan uchrashuv o'tkazildi
Joriy yilning 16-mart kuni Fargʻona viloyat sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudyalari M.Ummatova va F.Amanovlar tomonidan texnikumning oʻquvchi-yoshlariga Oʻzbekiston Respublikasida sud hokimiyati, Korrupsiya davr kushandasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmonining mazmun-mohiyati xususida maʼlumot berdilar.
F.Amanov oʻz maʼruzasida Oʻzbekiston Respublikasida hokimiyatlar boʻlinishi prinsipiga koʻra, qonun chiqaruchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatidan iboratligini, sud hokimiyati Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 12-bobi va “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan tartibga solinishini bildirib, sudlarni tashkil etish va ularning faoliyat koʻrsatish tartibi qonun bilan belgilanadi. Favqulodda sudlar tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi deb belgilab qoʻyilganligini bayon qildi.
Shuningdek, Konstitutsiyaning 110-moddasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va maʼmuriy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi.
U tomonidan qabul qilingan hujjatlar qatʼiy va Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududida bajarilishi majburiydir. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi quyi sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga ega.
Shuningdek, 111-moddada Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalar hamjamiyatining organi boʻlib, u Oʻzbekiston Respublikasida sud hokimiyatining mustaqilligi konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini taʼminlashga koʻmaklashadi deb belgilab qoʻyilganligi taʼkidlab oʻtdi.
Shundan soʻng, viloyat sudining sudyasi M.Ummatova soʻzga chiqib, M.Ummatova oʻz maʼruzasida kun tartibidagi “Korrupsiya davr kushandasi” mavzusida qoʻyidagilarni soʻzladi: Korrupsiya - bu mansabdor shaxsning oʻz mansabi boʻyicha berilgan huquqlarni shaxsiy boyish maqsadlarida bevosita suiisteʼmol qilishdan iborat qilmishdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, odamlar xavfsizligiga tahdid soladi. Taʼkidlash joizki, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish hamda ushbu turdagi jinoyatlarni sodir etilishini oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirilayotganligini aytib o'tdi.
Shuningdek, M.Ummatova oʻz maʼruzasini davom ettirib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda 2022-yil – “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi imzolanganligini maʼlum qildi.
Davra suhbati ishtirokchilari oʻrtasida qizgʻin bahs-munozaralar va savol-javoblar boʻlib oʻtdi.