#yangilik #новости #news
Har bir davlat oʻz istiqlol va taraqqiyot yoʻlini tanlar ekan, xalq farovonligini taʼminlashga xizmat qiladigan eng muhim maqsad va vazifalarini oʻzining Konstitutsiyasi-Asosiy qonunida mastahkamlab oladi.
🔹 Konstitutsiyamizning 30 yilligi munosabati bilan texnikumning bibrinchi bosqich oʻquvchilari oʻrtasida "Siz konstitutsiyani bilasizmi?" koʻrik tanlovi oʻtkazilishi belgilangan. Shu munosabat bilan joriy yilning 1-7- dekabr kunlari jamoalar oʻrtasida saralash hamda final bosqichi oʻyinlariga start berildi.
🔹 Tanlovda texnikumning 21-22 guruhining "Qomus" va 22-22 guruhining "RENESSANS" hamda 25-22 guruhining “LEGAL PLUS “ jamoalari ishtirok etishdi.
🔹 Tanlov Nizomida ko‘rsatib o‘tilgan shartlar bo‘icha qizg‘in bellashuv natijalariga ko‘ra "QOMUS" jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritib, final bosqichiga yoʻllanmani qo'lga kiritdi.