April 9, 2022
#yangilik #новости #news
"Street Law" volontyorlik guruhi tomonidan interaktiv usulda dars mashg'ulotlari tashkil etildi.
2019-yil 9-yanvardagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida"gi PF-5618-son farmoni ijrosi yuzasidan Farg'ona viloyat yuridik texnikumi "Street Law" loyihasi koordinatori F.Mirjavharova boshchiligida yuridik texnikum o'quvchilaridan tashkil topgan volontyorlari viloyatimizning turli hududlarida loyiha doirasidagi darslarni o'tishmoqda.