September 27, 2023

#yangilik #новости #news  


Fargʻona viloyati yuridik texnikumida “Sudya va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Fargʻona viloyat sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati sudyalari J.Akramova va M.Ummatova, viloyat sudining fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati sudyasi M.Musaxonova, Fargʻona tumanlararo maʼmuriy sudi sudyasi N.Tojiyeva hamda Fargʻona tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi S.Maxmudovalar ishtirok etdilar.

Shuningdek, “Gender tenglik va xotin-qizlarning jamiyatdagi oʻrni” mavzusida oʻtkazilgan ushbu uchrashuvda Fargʻona viloyati IIB xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori, mayor M.Fozilxoʻjayeva hamda viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi masʼul xodimi Yo.Sharipovalar xam ishtirok etdilar.

Qizgʻin savol-javoblarga boy boʻlgan ushbu uchrashuv texnikum oʻquvchilarida katta taassurot qoldirdi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube