April 26

#yangilik #новости #news


Joriy yilning 26-aprel kuni texnikumning “Mutaxassislik fanlari” kafedrasi o’qituvchisi D.Salimova va O’zbekiston Respublikasi Notarial palatasi Farg’ona viloyat hududiy boshqarmasi boshlig’I U.Sapayev hamda xususiy amaliyot bilan shug’ullanuvchi Sh.Sharabiddinovlar ishtirokida “Fuqarolik huquqi” modulidan “Sud-huquqiy faoliyat” yo’nalishi 25-22 guruhida “Наследственное право” mavzusida binar dars o’tkazildi.

Binar dars davomida notarius kasbining o’ziga xos jihatlari, uning faoliyati nimalardan iboratligi haqida tanishtirib o’tildi. Vorislik huquqi haqida umumiy tushunchalar berilib, uning turlariga amaliyot va nazariya uyg’unligida alohida to’xtalib o’tildi.

Shuningdek, o’quvchilar notariuslik kasbini egallash uchun qanday sifatlar zarur bo’lishi, amaliyotdagi yangiliklar kabi savollarga mutaxassislardan javob oldilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube