#yangilik #новости #news
🏛 Farg‘ona viloyati yuridik texnikumida 2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini 2024-yilda amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining 10-bandida “Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, erta nikoh, erta tug‘ruq holatini tahlil qilish” belgilangan.
🔹Ushbu reja ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 20-dekabr kuni texnikumga Farg‘ona shahar perinatal markazi akusher ginekologi K.Ahmadaliyevar tashrif buyurib, “Erta nikohning salbiy oqibatlari” mavzusida o‘quvchi-yoshlar bilan davra suhbati o‘tkazildi.
🔹Tadbirda soha mutaxasislari yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, erta nikoh, erta tug‘ruq va uning salbiy oqibatlari, reproduktiv salomatlik, reproduktiv huquq hamda gender tenglik to‘g‘risida fikr-mulohazalarini bildirdilar.