#yangilik #новости #news
⚖️ Farg'ona viloyati yuridik texnikumi jamoasi hukumat farmoyishiga asosan “Navruz” umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish maqsadida an’anaviy umumxalq xayriya hasharida faol ishtorok etmoqdalar. Bu yilgi umumxalq xayriya hashari “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkazilmoqda.
🔹 Hasharda texnikum hududiga mevali va manzarali daraxtlat hamda gul-ko‘chatlari o‘tkazildi.
🔹 Yo‘laklar oqlanib, hashar vaqtida to‘plangan chiqindilar texnikum hududidan chiqarildi.
🔹 Hasharda texnikumning barcha xodimlari va o‘quvchilari faol ishtirok etmoqdalar.
♻️ Hashar-ko‘pchilikni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadi. Albatta, bu kabi xayriya tadbirlari barchani yagona maqsad yo‘lida birlashtirish barobarida, kelajagimiz egalari qalbida mehnatsevarlik tuyg‘usini shakillantirishi bilan ahamiyatlidir.