October 10

#yangilik #новости #news 


“Sudya va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Fargʻona davlat universitetida boʻlib oʻtgan “Sudya va yoshlar” uchrashuvida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi oʻrinbosari Ikram Muslimov, Oliy sud Kadrlar boshqarmasi boshligʻi Muzaffar Muxitdinov, viloyat sudlari raislari, professor-oʻqituvchilar, talabalar va texnikum o‘quvchilari ham ishtirok etdilar.

Dastlab M.Muxitdinov sud tizimi hamda sud tizimidagi xodimlar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar, ijtimoiy kafolatlar haqida maʼlumot berdi.

Shundan soʻng, I.Muslimov sohadagi islohotlarga toʻxtalib, sudyalik kasbining masʼuliyatini, adolat, inson huquq va manfaatlarini taʼminlashdagi ahamiyatini, kelgusida mazkur tizimda faoliyat olib borishni istagan yoshlar chuqur bilim olishga intilishlari, oʻz ustida tinimsiz ishlashlari zarurligini taʼkidladi.

Tadbir doirasida, Yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan sud-huquq masalalari, qonunlarning qoʻllanilishi va sud tizimidagi oʻzgarishlar haqida savollar berishdi. Sud tizimi vakillari bu savollarga atroflicha va tushunarli tarzda javob berib o‘tdilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube