#yangilik #новости #news
🏛 Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Buriyev tomonidan tasdiqlangan “2024-yilning yanvar-fevral oylari davomida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yuridik texnikumning kalendar rejasi”ning 8-bandi ijrosini ta’minlash yuzasidan ta’limda muvaffaqiyatlarga erishgan, “El yurt umidi” jamg‘armasining birinchi qaldirg‘ochlaridan biri, xalqaro grantlarni qo‘lga kiritib, dunyoning yetakchi davlatlarida taxsil olgan va malaka oshirish baxtiga muyassar bo'lgan Farg‘ona davlat universiteti “Chet tillari va adabiyoti” kafedrasi doktoranti M.Zaylobiddinova bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda M.Zaylobiddinova xalqaro darajadagi raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash borasida o‘z bilimi va xalqaro amaliy tajribalarini texnikumning o‘quvchi-yoshlari bilan o‘rtoqlashdi hamda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.
Bo'lib o'tgan munozaralar ingliz tilida olib borildi.