March 27, 2024

#yangilik #новости #news    


27-mart- “Xalqaro teatr kuni” munosabati bilan oʻquvchi-yoshlarning maʼnaviyatini yuksaltirish, ularda milliy qadriyatlarimizga, sanʼatga boʻlgan hurmatlarini oshirish maqsadida “Umumtaʼlim” fanlari kafedrasi oʻqituvchilari M.Abdullayeva va Sh.Kamolovalar boshchiligida texnikumning 29-32 guruhi oʻquvchilari Yusufjon Shakarjonov nomidagi Fargʻona viloyati drama teatriga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida oʻquvchi-yoshlar teatr xayoti va ijodi bilan yaqindan tanishdilar hamda teatrlashtirilgan sahna koʻrinishlari, konsert dasturlari namoyishlarini koʻrib, madaniy xordiq chiqardilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube