#yangilik #новости #news
“Оброзование и наука в XXI веке” elektron-onlayn jurnalining 25-sonida texnikumning “Yuridik xizmat” yoʻnlishi, 1-bosqich 16-21 guruh oʻquvchisi Poʻlatova Moxinur Nurali qizi ““Jinoyatchilikka qarshi kurashish. Kiber jinoyatchilik” nomli maqolasi chop etildi.
Yangi O'zbekistonning - buyuk yoshlari, har sohada ilg'or va chaqqon. Ular O'zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi hlsoblanadi. O'zbekiston yoshlari- kelajagimiz va istiqbolimiz poydevoridir. Bugungi kunda Ilm-fan va zamonaviy texnalogilarni mukammal egallashda shart-sharoitlar mujassamdir. Yoshlarimiz kelajakdagi o'ziga bo'lgan ishonchi tobora oshib bormoqda. Inson o'z oldiga shunday maqsad qo'yadi uni amalda to’g'ri bajarish, bajarmaslik o'z qo'lidadir. Yillar mobaynida ko'p e'tiborga qaratilgan va ko'p muhokama bo'ladlgan mavzulardan biri Kiber jinoyatchiligidir ya'ni Ijtimoiy tarmoqlarda jamiyatga tarqalayotgan saytlarni buzib kirish va virusli dasturlar tarqatish, sms habarlar kelishi va shunday holatlar ko'p uchraydi.
Kiber jinoyatchiligi bu nima? - kiber jinoyatchiligi atamasi kompyuterlar, tarmoqlar yoki internetni qamrab oluvchi jinoiy faoliyatni nazarda tutadi.
Hayotda shunday o'g'rilik holatlari ham borki, u odatiy o'g'rilikdan butunlay farq qiladi. Uni juda aqlli, chaqqon kimsalar amalga oshiradi, shu biian birga, ular juda ham ayyor bo'ladilar. Bunday o'g'rilarning o'zlarini ham, bosgan izlarini ham aniqlash oddiy o'g’rilarni aniqlashdan ko'ra 10-20 barobar qiyindir. Gap kim yoki nima haqidaligini anglab ulgurgandirsiz. Bu haqiqatdan ham kiber o'g'rilardir. Kiber o'g'rilar- kompyuter viruslari va xakerlar (cracker, reverser) bo'lib, ular kompyuter xotirasida kim hamda nimaga aylanadilar. Kompyuter xotirasiga kirgan, uni zararlayotgan viruslarni- "kimdur", ya'ni kiber oVrilardan biri- xaker amalga oshiradi. Xaker (ingliz tilida Hack- yorib tashlash, chopish, buzish degan ma'nolarni anglatadi)-ular haddan ziyod malakali va ixtisosli axborot texnologiyalari mutaxassisi hamda kompyuter texnologiyalarini biluvchi insondir. Lekin yaxshi xakerlar hech qachon qasddan server kompyuterlarni buzmaydilar, ya'ni ular har doim hamma ixtirolar va yangi yaratilgan dasturiy ta'minotlaming xatoliklarini topishga harakat qiladilar. Kiber-jinoyatning umumiy misollari quyidagilardan iborat:
Jinoiy harakatlarga ilib keladigan har qanday axmoqlik va yolg'onchilik Spyware turlarga bo'linadi. Kiber jinoyatchilikda noqonuniy yo'llar bilan ish boshlagan shaxslarga nisbatan- Jinoyat kodeksining 278s-moddasiga binoan- o'zganing komputer uskunasini yoki xizmatda foydalaniladigan kompyuter uskunasini qasddan ishdan chiqarish, huddi shuningdek kompyuter tizimini buzish (kompyuter sabotaji)-
Uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, bazaviy xisoblash miqdorining uch yuz baravaridan to'rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklashyoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
A) Bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
B) Takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo’lsa,
Ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yuxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi va huddi shunday shu kabi moddalarga asosan 2781, 2782, 2783, 278a 2786- moddalarida - Kompyuter axborotini modifikatsiyalashtirish, ya'ni kompyuter tizimida saqlanayotgan axborotni qonunga xilof ravishda o'zgartirish, unga shikast yetkazish, uni o'chirish, xuddi shuningdek bila turib unga yolg’on axborotni kiritish fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko'p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo'ladi deyilgan.
Biz yoshlar orzuyimizni va maqsadimizni to'g'ri yo’lga qo'yishimiz lozim. Biror bir ishni uddalashimizdan avval, o'ylab bir qarorga kelishimiz, bu mashaqqatli ishda biz ham yelkadosh bo'lishimiz kerak.